www.ziyouz.com kutubxonasi
65
Xonzoda begim o‘tirgan ko‘yicha ukasiga qo‘l cho‘zib, yig‘i aralash iltijo qildi:
— Men sizning pok qalbingizdan adolat izlaymen! Qalbingiz nima buyursa, siz menga
shuni buyuring! Men rozimen!
Bobur sakrab o‘rnidan turdi-yu, opasining qo‘llaridan olib, uni o‘rnidan turg‘azdi:
— Yig‘lamang, bas! — dedi. Ammo Boburning o‘zi ham ko‘ngli erib, ko‘z yoshini zo‘rg‘a
tutib turardi. — Siz menga barcha beklarimdan yaqinroqsiz. Bir tug‘ishgan yagona
egachimsiz. Siz tufayli ne og‘irlik kelsa, mayli, ko‘taray! Xotirjam bo‘ling! Toki bormen,
suymagan odamingizga uzattirmasmen!
Xonzoda begim azbaroyi quvonganidan ukasini mahkam quchib peshonasidan,
ko‘zlaridan o‘pdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |