www.ziyouz.com kutubxonasi
263
bo‘lgan nobakor jazolanmog‘i kerak! To‘fangandozlar otlanib, o‘rmonni aylanib o‘tsinlar!
To‘fangandozlar shosha-pisha otlanib, aylanma yo‘l izlay boshladilar. Ammo hammayoq
changalzor, botqoqlik edi.
— Qani, Hindubek, endi bizga siz rahnamolik qiling!
— Bosh ustiga, hazratim!
Hindubek kechki payt ularni keng bir ko‘klamzor vodiyga boshlab chiqdi. Behad
charchagan Bobur shu ko‘kalamzorga chodir tikdirdi.
O‘rmonda kiyimlari tirnalib yirtilgan, otlari loyga belangan to‘fangandozlar La’l Chandni
topolmay qaytdilar. Shuning ustiga Laxo‘rdan amir Davlatxon, uning o‘g‘li Dilovarxon
ellik-oltmishta mulozim va navkarlari bilan Boburning qarorgohiga yaqinlashishdi. Dilo-
varxonning avvaldan xayrixohligini yaxshi biladigan Bobur xirgohda uni o‘rnidan turib
kutib oldi va o‘ng tomonda o‘tirgan e’tiborli beklari orasidan joy ko‘rsatdi.
— Janob Dilovarxon, padari buzrukvoringiz nechun ittifoqni buzib, bizga yog‘iylik
maqomida qilich qayramishlar?
— Hazrati oliylari, otamni og‘am G‘ozixon yo‘ldan urdi. «Yot qo‘shin kelsa Laxo‘r bizdan
ketadi, bular ham bizga Ibrohim Lodiyday dushman», deb ishontirdi.
— Shuning uchun Davlatxon aldamchi rahnamo yuborib, bizni o‘rmon ichida adashtirgan
ekan-da?
— Ammo bu fitnadan otamning xabarlari yo‘q, hazrati oliylari! Bu — G‘ozixonning ishi.
Agar otam shunday qilganlarida bu yerga o‘zlari kelmas edilar. Laxo‘rda qon to‘kilmasin
deb, sizdan inoyat istab keldilar.
— Bizning inoyatlarimizga faqat siz munosibsiz, janob Dilovarxon! Ammo otangiz
qilmishlariga yarasha jazo olgusidir! — Bobur shig‘ovulga yuzlandi: — Davlatxon so‘nggi
paytlarda bellariga ikkita qilich taqib yurgan emish. Qani, o‘sha qilichlarini biz ham bir
ko‘raylik... Har ikki qilichni bo‘yniga osib kiritinglar!
Ko‘p o‘tmay ikki zo‘r navkar oppoq soqolli keksa Davlatxonni ikki bilagidan mahkam
ushlab chodirga olib kirdi. Chol navkarlarning qo‘lidan bo‘shamoqchi bo‘lib asabiy
siltanar, uning bo‘yniga osilgan ikkita uzun qilich ko‘kragiga urilib selanglar edi.
Davlatxon Boburga alam bilan tikilib dedi:
— Podshoh hazratlari, men asir olingan emasmen, o‘zim keldim! Bu qanday
shafqatsizlik?
— Siz mendan elchi bo‘lib borgan Hindubekni tuttirmoqchi bo‘libsiz! Agar niyatingizga
yetganingizda Hindubek omon qolmas edi! Keyin biz ham changalzorda balchiqqa botib,
G‘ozixonning qopqonida jon berarmidik? Bizga shafqat qilganlaring shumi? Shaf-
qatsizlarga biz ham shafqatsizmiz! — Bobur shig‘ovulga buyurdi: — Bu odam oilasi bilan
birga Laxo‘rdan Bhiraga badarg‘a etilsin. Bhiraning Milvat qo‘rg‘onida hibsda saqlansin!
Bo‘shashib hech narsa deyolmay qolgan Davlatxonni olib chiqib ketdilar.
_____________
* I s k a n d a r L o d i — Ibrohim Lodining otasi. 1517-yilda o‘lgan.
* K sh a t r i y — hindlardagi asosiy to‘rt tabaqaning biri, harbiylar.
2
Kuz va qish o‘tib borayotgan bo‘lsa ham, daraxtlar yashil libosini yechmas, «dun» deb
ataladigan bag‘ri keng, sayhon Hind vodiylari yil bo‘yi bahordagiday ko‘kalam bo‘lib turar
edi.
Jamna daryosi bo‘ylab janubga tomon harakat qilib borayotgan Bobur qo‘shini Dehlidan
ellik chaqirimcha shimoldagi Panipat shahriga kelib to‘xtadi. Dehli sultoni Ibrohim Lodi
Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Do'stlaringiz bilan baham: |