Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
126
— Bolta qani? 
— Mana. 
Ikkinchi navkar beliga qistirilgan boltani Tohirga olib berdi. 
— Shinakka bekin! — shivirladi No‘yon kimgadir. 
Kungura va shinaklar bo‘lmasa, devor ustidagi odamning qorasi pastdan ko‘rinib qolishi 
mumkin edi. Shuning uchun pastdan chiqqan navkarlar shinaklarga bekinib turdilar. 
Hamma chiqib bo‘lgandan keyin, sekin-sekin yurib, engashib, devor usti bilan Feruza 
darvozasi tomonga bora boshladilar. 
Devorning ma’lum bir joylarida qorovulxonalar bor edi. Bir qorovulxonaga yaqin 
kelganlarida ichkaridan kimdir naymancha talaffuz bilan uyqu aralash: 
— Irisbay, keldingma? — deb so‘radi. 
Devor ustidan kelayotganlar taqqa to‘xtashdi. Tohir qo‘lidagi boltaning sopini ikki qo‘llab 
qisdi-yu: 
— Ha, — dedi. 
Ammo ichkaridagi qorovul uning ovozini tanimay hadiksiradi shekilli, uyqusi birdan 
o‘chib: 
— Kimsan? — dedi. 
No‘yon Ko‘kaldosh qorovulxonaga qarab otildi. Qorovul ichkaridan shoshib 
chiqayotganda ko‘kragiga g‘archillatib xanjar sanchdi. Qorovul jon achchig‘ida chinqirib 
yubordi. Pastdagi qorovullar ham uyg‘onib ketdi. 
— Tohir to‘xtamasdan darvozaga yugur! — dedi No‘yon Ko‘kaldosh. U yigitlarning besh-
o‘ntasini pastda uyg‘ongan  qorovullarni  bir  yoqli  qilish uchun qoldirdi-yu, o‘zi boshqa 
navkarlarni ergashtirib, Feruza darvozasiga tomon yugurib ketdi. 
Shayboniyxon bu darvozani qo‘riqlashni Fozil Tarxon bilan uning yuz ellik yigitiga 
topshirgan edi. Hozir bu yigitlarning ko‘pchiligi uy-uyiga tarqab ketgan, darvoza 
qorovulxonasida yigirmatacha odam uxlab yotar edi. Ular to uyg‘onib, qurol-yarog‘larini 
qo‘llariga olgunlaricha bolta ko‘targan Tohir darvoza qulfiga yaqinlashdi. Otning 
kallasiday keladigan qulf bir-ikki zarbani pisand qilmadi. Uyi bu yerga yaqin bo‘lgan Fozil 
Tarxon mash’ala ko‘targan yigitlari bilan darvozaxonaga yetib keldi. Ularning biri 
darvoza qulfiga bolta urayotgan Tohirga qarab nayza otdi. Nayza Tohirning dubulg‘asiga 
yonlama tegib sirg‘alib o‘tdi-yu, darvoza yog‘ochiga qadaldi. Darvozaxonada nayzabozlik 
va qilichbozlik boshlandi. No‘yon Ko‘kaldosh boshliq yigitlar ko‘pchilik edi. Fozil tarxon 
bo‘ynidan qilich yeb, otdan yiqlib tushdi. 
Tohir boltani ikki qo‘llab ko‘tarib, goh qulfga, goh darvoza zanjirining zulfiga urar, 
temirdan uchqun sachrar, ammo zo‘r qulf, «qilt» etmas edi. Nihoyat, zulfin sindi-yu, 
zanjir sharaqlab tushdi. 
Qo‘rg‘on atrofida suv to‘ldirib qo‘yilgan enli choh bor edi. Chohdan darvozaga o‘tiladigan 
ko‘prik ham maxsus zanjir bilan darvoza tomonga ko‘tarib qo‘yilgan edi. Tohir darvozani 
ochayotganda yigitlardan biri ko‘prikning zanjirini ham bo‘shatdi. 
Bobur va Qosimbeklar ichkaridagi olishuv shovqinini eshitib, choh labiga kelib turgan 
edilar. Darvoza ochilib, ko‘prik tushishi bilan ular ichkariga ot qo‘yib, qilich yalang‘ochlab 
kirdilar. Fozil Tarxonning tirik qolgan navkarlari shahar ichiga qarab qochdilar. 
Qosimbek boshliq otliqlar ularni quvib ketdi. No‘yon Ko‘kaldoshga otini keltirib berdilar. 
Tohir ham, boshqa piyodalar ham yana otlandilar. Bobur navkarlarning bir qismini 
No‘yon Ko‘kaldosh bilan birga Chorraha darvozasini egallashga yubordi. O‘zi qolgan 
navkarlar bilan So‘zangaron darvozasiga qarab ot choptirib ketdi. Agar darvozalar tezroq 
egallanmasa, tashqaridan Shayboniyxon butun qo‘shini bilan kirib kelishi mumkin edi. 
Feruza darvozasi oldidan boshlangan jang shovqini birpasda butun shaharni qamrab 
oldi. Shahar dorug‘asi Jonvafo Shayxzoda darvozasi tomonda — Xo‘ja Yahyodan tortib 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish