Kurs ishi mavzusi : Moddalar va energiya almashinuvi


Turli haroratli sharoitlarda hayot jarayonlari



Download 322,6 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/21
Sana14.09.2021
Hajmi322,6 Kb.
#174169
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
moddalar va energiya almashinuvi

Turli haroratli sharoitlarda hayot jarayonlari. 

     Turli turlarga xos bo'lgan organizmlaming hayoti uchun harorat 

chegarasi har xil bo'lib. ularning yashashidagi rivojlanish davrlariga, 

fiziologik holati va sharoitni yuzaga keltiruvchi harorat, jinsi (odatda 

erkak hayvonlar yuqori va past haroratlarga ancha chidamsiz) ga bog'liq 

bo'ladi. Haroratning o'zgaruvchanligiga nisbatan ikki guruh organizmlar 

farqlanadi; stenotermli - harorati unchalik katta o'zgarishga 

uchramaydigan sharoitda yashovchi, masalan tropik dengizlarida, katta 

chuqurliklarda yashovchilar va evritermli - turli haroratlarda 

yashovchilar, masalan quruqlikda, past iqlim chuchuk suvlarda 

yashovchilar. Optimal darajadan haroratni ko'tarilishida oqsillarning 

parchalanishi tufayli biologik reaksiyalar susayadi, optimol darajadan 

past haroratlarda esa hujayra ichidagi suvni muzlashi natijasida 

organizmning o'lim xavf  kuchayadi.  

     Moddalar almashinuvining qaytariluvchi bioximik reaksiyalari ikki 

yo'nalishda bajariladi: yuqori va quyi molekulali birikmalarning 

parchalanishi va sintezlanishi. Ma'lum chegaragacha harorat qancha 

yuqoriga ko'tarilsa Vant-Goff qoidasiga mos holda bioximik 

reaksiyalarning tezligi shuncha yuqori bo'ladi. Parchalanish reaksiyalari 

issiqlikning yutilishi bilan birgalikda kechsa (endotermik) va aksincha 

sintezlanish jarayonida ko'pchilik holatlarda issiqlik ajratilishi bilan 

(ekzotermik) birga kechadi.  

     Ekzotermik reaksiyalar uchun haroratning ko'tarilish muvozanatni 

asosiy javob beruvchi moddalar tomon og'dirsa, haroratning pasayishi 

muvozanatini sintez tomonga, ya'ni issiq ajratuvchi reaksiyalar tomoniga 

og’diradi. Reaksiyalarning tezligi javob beruvchi moddalarning 




 

25 


konsentrasiyasiga va haroratga proporsionaldir. Organizmda haroratning 

10

0



C ga ko'tarilishi konstant reaksiyalarning tezligini deyarlik 2-4 

martagacha oshiradi (Vant-Groff qoidasi).  

     Moddalar va energiya almashinuvida hal qiluvchi rolni biokimyoviy 

reaksiyalarning katalizatorlari hisobiga to'g'ri keladi. Fermentlar. 

gormonlar va vitaminlar ya'ni tana haroratiga juda samarali ta'sir 

ko'rsatadi.  

     Termoregulyasiya muammosi. Mo'tadil sharoitlarda tana harorati 

nisbatan doimiydir. Tana haroratining doimiyligi izotermiya deb 

nomlanadi. Tashqi muhit haroratining o'zgarishiga bog’liq bo'lmagan 

holda - barcha organlar va to'qimalar uchun nisbatan doimiy haroratni 

ta'minlash - hayotning eng muhim shart-sharoitlaridan biridir. Tashqi 

muhit sharoitlariga bog'liq bo'lmasdan termoregulyasiyaning fiziologik 

mexanizmlari bilan bajariladi. Moddalar va energiya almashinuvining 

boshqarilishida bosh rolni asab tizimi bajaradi. Shuning uchun 

izotermiyaning yuzaga kelishi asab tizimining rivojlanganligiga bog'liq. 

Rivojlanishning quyi bosqichlaridagi hayvonlarda izotermiya yo'q. 

Barcha umurtqasiz hayvonlarda, hamda amfibiyalar, baliqlar va 

reptiliylarda tana harortining o'zgarishi tashqi muhit haroratining 

o'zgarishiga bog'liq holda o’zgaradi. Tana harorati o'zgaruvchan 

hayvonlar-poykilotermli hayvonlar. tana harorati o'zgarmas hayvonlar 

esa gomoyotermli hayvonlar deb ataladi. Eski «sovuqqonli» va «issiq 

qonli» hayvonlar deb atalgan nomlar noto'g'ri, chunki «sovuqqonli» 

hayvolarning tana harorati tashqi muhit harorati yuqori bo'lganida «issiq 

qonli» hayvonlar tana haroratidan ham yuqori bo'lib ketadi.  




 

26 


     Poykilotermli hayvonlarda termoregulyatsiya yo'q yoki u deyarli 

rivojlanmagan, lekin ularda tana harorati hech vaqtda tashqi muhit 

haroratiga teng bo'lmaydi hamda ular organizmida moddalar 

almashinuvi natijasida issiqlik hosil bo'ladi. Shu sababli, tashqi muhit 

harorati past bo'lganida ularning tana harorati birmuncha yuqori bo'lsa, 

aksincha tashqi muhit harorati yuqori bo'lganida ularning tanasining 

harorati ko'tariladi.  

      Poykilotermli hayvonlar issiqlik hosil qilish va sarf qilishi bo'yicha 

o'lik tabiat bilan gamoyotermli hayvonlar o'rtasida oraliq o'rinda turadi. 

Turli gamoyotermli hayvonlarda tana harorati har xil: parrandalarda 

42

0

C ga yaqin. sut emizuvchilarda esa o'rtacha 39 



0

C ga yaqin.  

Tana harorati hosil bo'layotgan issiqlik bilan ajratilib chiqarilayotgan 

issiqlikni nisbatiga bog'liq.  

     Tana haroratining bir kecha-kunduzlik o'zgarish yo'li. Tana 

haroratining o'rtacha ko'rsatkichi deb qo'ltiq tagi chuqurligidagi harorat 

olinadi. Bu harorat odamlarda o'rtacha 36.5-37

0

 C ga teng. Hayvonlarda 



esa mo'tadil harorat to'g'ri ichakdan o'lchanadi.  

     Jadal almashinuv kechayotgan ichki organlarning harorati doimo 

o'rtacha tana harortidan yuqori, terining harorati esa past bo'ladi.  

Terming harorati 30-31 °C dan pastga tushsa sovuq seziladi. Hattoki 

sog'lom odamlarda ham jadal ravishda jismoniy ish bajarganida ayrim 

vaqtda tana harorati 39-40 C gacha ko'tarilishi kuzatiladi, bu holat esa 

juda tez o'z holatiga qaytadi.  

    Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan energiyaning bir qismi 

ximiyaviy energiya sifatida sintez prosesslari uchun qoladi. Eng ko'p 

qismi issiqlik energiyasi sifatida sarf qilinadi, faqat 1/4 qismigina 




 

27 


mexanik energiyaga aylanib ketadi. Juda oz qismi esa elektr 

energiyasiga aylanadi. Masalan: muskul qisqarib, anchagina mexanik ish 

qilishi mumkin, lekin bunda sarf etilgan energiya tashqariga issiqlik 

energiyasi tarzida chiqariladi.  

Yurak qisqarib qonni tomirlarga chiqarib beradi. Qon esa mexanik 

energiya kuchi bilan tomirlarda oqa boshlaydi. Qon yurakdan 

uzoqlashgan sari mexanik energiya kamayib, qon bosimi pasayadi. 

Natijada issiqlik energiyasi hosil bo'lib u tashqariga chiqariladi. Shunday 

qilib organizmda hosil bo'lgan har xil energiya pirovardida issiqlik 

energiyasiga aylanib, tashqariga chiqib ketadi. 

 

 

 



 

 


Download 322,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish