Bog'liq QISQA VA UZOQ MUDDATLI MAJBURIYATLAR HISOBI kurs ishi
5. Obligatsiyalar hisobi
To‘lanadigan obligatsiyalar. Obligatsiya - katta summalardagi kapitalni uzoq mudsat asosida ximoyalash uchun kompaniyalar va davlat tashkilotlari tomonidan chiqariladigaya qarz guvoxnomalaridir. Obligatsiyalar - bu firma-emitentning obligatsiyalar egalari(investorlar) tomonidan investitsiya qilinayotgan kapitalni qaytarish uchuy asosiy summa va foizlarni to‘lash to‘g‘risidagi rasmiy bergan va’dasini ifodalaydigan qonunyay xujjatdir. Rasmiy obligatsiyey kelishuv yoki obligatsion kelishuv obligatsiya muddatlarini, emitent va obligatsiya egalarining xuquq va majburiyatlarini aniqlaydi. Kelishuv kompaniya-emitentga, emissiya uchun tasdiqlangan pul summasiga, foiz stavkasi va foizlarni to‘lash muddatlariga, qarz summasini to‘lash muddatlariga, investor va emitentlarning manfaatlarini hisobga olish uchun tayinlangan, mustaqil vasiy majburiyatlari konversiyasiga bo‘lgan har xil cheklashlarni belgilaydi. Vasiy bo‘lib, odatda zaruriy kayd qilishni yuritadigan hamda majburiyat va foizlarni to‘laydigan, moliyaviy tashkilot ishtirok etadi. Investorlar o‘zida emitent va investorlar orasidagi kelishuv majburiyatini aks ettiruvchi obligatsion sertifikatlar oladilar.
Obligatsiyalar odatda, 1 000 va 10 000 lik kichik qiymatda chiqariladi. Kichik qiymatdagi obligatsiyalarning chiqarilishi ularning yengilligini oshiradi va investorlarga har xil turdagi qimmatli qog‘ozlarga kapital kuyilma uchun katta imkoniyatlar beradi hamda investitsiyada tavakkalni kamaytiradi.
Investorlar keng investitsion maqsadlarga va siyosatga ega bo‘ladilar. Buning natijasida ko‘p turli obligatsiyalar chiqariladi.
Obligatsiyalar bo‘yicha qarzlar hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lanmagan chegirmalar
va ustamalar, odatda, balansda uzoq muddatli majburiyatlar kabi aks ettiriladi.
• Nominal qiymat bo‘yicha chiqarilgan obligatsiyalar. Masalan VASON korporatsiyey
199Xyil 1 yanvarda 100 000 dol. summada 9%li obligatsiyalar chiqardi. Muddati 5 yil.
Foizlar yilda ikki marta 1 yanvar va 1 iyulda to‘lanishi kerak. Obligatsiyalar nominal
qiymat bo‘yicha chiqarilgan. Chiqarish haqidagi yozuv quyidagicha bo‘ladi:
Pul mablag‘lari 100000
To‘lanadigan obligatsiyalar 100000
Foizlarning hisobi: Foiz summasi = Qarz summasi x Foiz stavkasi x Muddat 100 000 x 0.09 x 1/2 yilda k 4 500.
Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar 4500
Pul mablag‘lari 4 500
Agar bozor va belgilangan foiz stavkalari teng bo‘lsa, bunda obligatsiyalar nominal qiymat bo‘yicha sotiladi. Unday holda foizlar to‘lovi shu mudsat va riskli obligatsiyalar bo‘yicha bozor foiz stavkasiga teng daromad keltiradi. Biroq, odatda bozor va belgilangan stavkalari teng qiymatli hisoblanmaydi. Bozor stavkasi va emissiya bahosidagi o‘zgarishlar o‘zaro bog‘liq. Agar bozor stavkasi (12%) belgilangan stavkadan (10%) ortiq bo‘lsa, unda investorga bozor stavkasiga teng bo‘lgan daromad keltirishi uchun obligatsiya emissiyasining bahosi nominal qiymatidan oshmasligi kerak. Investorlar obligatsiya (10% keltiruvchi) uchun 1 000 nominal qiymatni to‘lashni xoxlamaydilar, chunki rakobatchi qarz guvoxnomalari 12% daromad keltiradi.