O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
“ ” KAFEDRASI
““ ” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: QISQA VA UZOQ MUDDATLI MAJBURIYATLAR HISOBI
Bajardi:
Tekshirdi: _____________________________
RO‘YXATGA OLINDI
“____” _______2021 y.
__________________
|
|
RO‘YXATGA OLINDI
“____” _______2021 y.
__________________
|
Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
“____” _______2021 y.
|
|
Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
“____” _______2021 y.
|
Kurs ishi himoya qilingan sana
“____” _______2021 y.
Baho “_____” _________
|
___________
(imzo)
____________
(imzo)
___________
(imzo)
|
Komissiya a’zolari:
__________________
__________________
__________________
|
TOSHKENT – 2022
Qisqa va uzoq muddatli majburiyatlar hisobi
Kirish
1. Majburiyatlar ta’rifi va ularning yuzaga kelish sabablari.
2. Joriy va uzoq muddatli majburiyatlarning farqlari.
3. Joriy majburiyatlarni hisobga olish tartibi.
4. Uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga olish xususiyatlari.
5. Obligatsiyalar hisobi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
K I R I SH
O’zbekiston Respublikasi o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini dastlab boshlagan davrda iqtisodiyotimizda mulkka bo‘lgan egalik huquqi davlat ixtiyorida mujassam edi. Bunday sharoitda aholi keng qatlamlarida mulkka bo‘lgan egalik hissasining yo‘qligi tufayli boqimandalik va loqaydlik kayfiyatlari hukm surgan. Bu holat mamlakatimizda aholida mulkka bo‘lgan egalik hissasini tarbiyalash, boqimandalik kayfiyatlariga chek qo‘yish, tashabbusni va ixtirochilikni rag‘batlantirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida raqobat muhitini yaratish yo‘li bilan ham narxi bo‘yicha, ham sifati bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lgan mahsulotlarni keng ko‘lamda ishlab chiqarilishini ta’minlash, tarmoqlararo raqobat muhitini yaratish va pirovard natijada aholi turmush farovonligini oshirishni taqazo etdi. Prezident I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganidek, “Iqtisodiyotni erkinlashtirish haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish bilan uzviy bog‘liqdir. Raqobat bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat – bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir”.
“Keyingi o‘n yilda yurtimizda axoli daromadlari xajmi 8,1 barobar ortgan bir paytda, ish xaqi, ijtimoiy ko‘makka muxtoj toifalarning daromadlari mikdorini jadal oshirish, ularni ko‘llab-kuvvatlash va soliq imtiyozlari berish hisobidan axolining eng past va eng yuqori daromadga ega bo‘lgan guruxlari o‘rtasidagi tafovut, boshqacha aytganda, daromadlardagi farq koyeffitsiyenti 21,1 barobardan 8,3 barobarga qisqardi. Aytish kerakki, Mustaqil Davlatlar Xamdo‘stligi mamlakatlari va bir qator iqtisodiy rivojlangan davlatlar o‘rtasida bu koyeffitsiyent eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Hozirgi kunga kelib Respublikamizda faoliyat yuritayotgan korxonalar ichida kichik va o‘rta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar muhim ahamiyat kasb etadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektini rivojlanishiga katta e’tibor qaratilayotgan bir davrda ular o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar davrida vujudga keluvchi majburiyatlarni hisobga olishni takomillashtirish ham muhim vazifa bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |