Asosiy tushuncha va atamalar: O`zgaruvchan tok zanjirida rezonans hodisasi
Darsning blok chizmasi:
№
|
Dars bosqichlari:
|
Vaqti:
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 minut
|
2
|
O`tilganlarni takrorlash
|
10 minut
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
25 minut
|
4
|
Darsni mustahkamlash
|
5 minut
|
5
|
Uyga vazifa
|
2 minut
|
Darsni o`tish metodi: joriy, baxs munozara, savol- javoblar.
Darsni borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish, davomatini aniqlash, navbatchilikni nazorat qilish.
O`tilgan darsni takrorlash: uyga vazifani tekshirish orqali o`tilganlarni takrorlash.
Yangi mavzu bayoni:
Aktiv qarshilik, induktiv g’altak va kondensator ketma-ket ulangan o’zgaruvchan tok zanjiridagi rezonans kuchlanishlar rezonansi deyiladi. Bunga sabab induktiv g’altak va kondensatordagi kuchlanishlarning zanjirga kirishdagi kuchlanishdan ancha katta bo’lganligidir.
chastota aynan shu shartni bajaruvchi qiymatni qabul qilganda, o’zgaruvchan tok zanjirida kuchlanishlar rezonansi ro’y beradi. ωrez – rezonans chastotasi deyiladi.
O’zgarmas tokning quvvati P=I∙U ifoda bilan aniqlanadi. O’zgaruvchan oniy quv-vatina ham kuchlanishning vat tok kuchining oniy qiymatlari orqali aniqlanadi:
P = Im∙Um∙cos(ω∙t - φ)∙cos ω∙t = Im∙Um∙(cos2 2∙ω∙t cosφ+ sin ω∙t∙cos ω∙t∙ sinφ).
O’zgaruvchan tokning o’rtacha quvvati ; .
tok kuchiga ega bo’lgan o’zgarmas tok ham shunday qiymatga ega bo’lar edi. ; kattaliklar mos ravishda tokning va kuchlanishning effektiv qiymatlari deyiladi. Barchaampermetrlar va voltmetrlar tokning va kuchlanishning effektiv qiymatlarini aniqlashga mo’ljallangan. Agar tok kuchi va kuchlanishning effektiv qiymatlari uchun yozilgan ifodalardan foydalansak, quvvatning o’rtacha qiymati: P = Ief ∙Uef ∙cosφ, bu yerda cosφ quvvat koeffitsiyenti deyiladi.
O’zgaruvchan tokning ishi mos holda topish mumkin.
Ekektr energiyasidan foydalanish O’zbekistonda 20-asrning dastlabki yillarida boshlangan va 2 ta elektr stansiya qurilgan.Ularning biri Toshkent shahridagi tramvayni elektr bilan ta’minlash, ikkinchisi esa shaharni yoritish uchun ishlatilgan. Keyinchalik gidroelektrstansiyalar qurila boshlagan.Shu asrning 50-yillarida tabiiy gazning boy zahiralari topilishi elektr energiyasi ishlab chiqarishni keskin ortishiga sabab bo’ldi. Hozir O’zbekiston energetika sistemasi yiliga 55 milliard kW∙soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqara olish quvvatiga ega bo’lgan 37 ta issiqlik va gidroelektrstansiyalaridan iboratdar.
Mustahkamlash:
kuchlanishlar rezonansiga mos keladigan vektor diagramma chizing.
Qanday shart bajarilganda o`zgaruvchan tok zanjirida elektr teshilishlar vujudga kelishi mumkin?
Kuchlanishlar rezonansidan yana qayerlarda foydalanish mumkin?
Toklar rezonansi ham bo’ladimi?
Ideal tebranish konturida rezonans paytida tok kuchining amplitudaviy qiymati nimaga teng bo`ladi?
Uyga vazifa: 62- betdagi savollarga javob yozish.
Baholash: dars davomida baholab jurnalga qayd qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |