27. Agar armaturani l
an
qiymatda ankerlashning iloji bo‘lmasa
nima qilish kerak?
Loyihalash amaliyotida bunday hollar uchraganda, arma-
turani qo‘shimcha ankerlashga to‘g‘ri keladi. Masalan, montaj
sirtmoqlarining uchlari egib qo‘yiladi (12-a rasm), ferma tu-
gunlaridagi ishchi armaturalarning uchlari panjasimon bukila-
di yoki ularga korotishlar payvandlanadi (12-b rasm), egiluvchi
elementlardagi bo‘ylama armaturalarni tayanch qistirma detal-
lariga payvandlanadi (12-v rasm).
a
b
v
12-rasm.
1950-yillarning o‘rtalarigacha asosan silliq armatura qo‘lla-
nilgan va uning beton bilan tishlashishi juda zaif bo‘lgan. Shu-
ning uchun uni ankerlashda sterjenlarning uchi bukib qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |