Bog'liq temir-beton va tosh konstruksiyalar. savol va javoblarda
35. Ayrim joylarda hisob bo‘yicha armatura talab qilinmasa ham armaturalash hollari uchraydi. Buning sababi nima? Armatura temir-betonning mustahkamligini oshirishdan
tashqari uning temperaturaviy va kirishish (hajmiy kichrayish)
deformatsiyalarini kamaytirishga yordam beradi. Masalan, be-
tonga qaraganda temir-betonda hajmiy kichrayish deformat-
siyasi o‘rtacha 2 barobar kam. Betondagi hajmiy kichrayish
va temperaturaviy deformatsiyalar darzlar hosil bo‘lishi ham-
da betonning uzoq muddatga chidamliligini kamayishiga o lib
keladi.