225. Yirik panelli binolarning fazoviy bikrligi qanday
ta’minlanadi?
Bo‘ylama va ko‘ndalang devorlarning bikrligi va orayopma-
ning bikr diski yordamida ta’minlanadi. Lekin devorbop pa-
nellarning bikrligining o‘zi yetarli emas, ularning o‘zaro biri-
kuvi ishon chli bo‘lishi ham kerak.
Agar montaj ishlari sifatli va talab darajasida bajarilsa,
yirik panelli binolarning fazoviy bikrligi juda yuqori. Bu xu-
losaga kelishda uzoq muddatli tajribagina emas, balki fav-
qulodda holatlar sodir bo‘lganda – zilzila, gazning portlashi
va shunga o‘xshash holatlardagi binoning chidamliligi im-
kon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |