157. darzlarning yopilishi nima?
Yuqoridagi savoldan (156-savol) ta’kidlanishicha, doimiy
va uzoq muddatli yuklar davomiy bo‘ladi, to‘la yuk esa (qis-
qa muddatlini ham hisobga olganda) davomiy bo‘lmaydi. Kons-
truksiyani shunday loyihalash mumkinki, to‘la yuk ta’siridan
davom etmaydigan darzlar a
crc1
chegaralangan, qisqa muddatli
yuk olingandan keyin (faqat doimiy va uzoq muddatli yuk qola-
di) darzlar to‘la yopilsin, ya’ni a
crc2
= 0, faqat yopilsingina emas,
0,5 MPa dan kam bo‘lmagan (me’yoriy hujjatlarda shunday ta-
lab mavjud) siquvchi kuch bilan qisilsin. Cho‘ziluvchi qirrada
siquvchi kuchlanish hosil qilish uchun konstruksiya oldindan
zo‘riqtirilgan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |