Kompyuterlar va axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti va uning asosiy turlari



Download 21,11 Kb.
Sana04.02.2022
Hajmi21,11 Kb.
#430068
Bog'liq
Amaliy-3 (2)


Topshriq 1.Axborot-kommunikatsiya texnalogiyalarning texnik ta’minoti. Kompyuterning asosiy va atrof qurilmalariga haqida izoh bering?
Kompyuterlar va axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti va uning asosiy turlari
Programmalarning turli xillari mavjud bo’lib, ularning har biri ma’lum bir ishni bajarishga mo’ljallangan. Lekin insonlarga o’xshab, EHM lar ham qandaydir ko’rsatmalarga yoki programmaviy ta’minotga muhtoj bo’ladi, chunki busiz ularning ishini, ichki va tashqi xotiralar bilan ishlashni, qo’shimcha qurilmalarga murojaat qilishni, foydalanuvchilar bilan muloqotni va kompyuter tarkibiy qismlarining bir maromda ishlashini ta’minlash mumkin emas. Bu muammolarni xal qilish uchun qanday turdagi programmalar ishlatilishi mumkin deb o’ylaysiz? Kompter xotirasida juda katta miqdordagi qo’shimcha joy egallaydigan ushbu programmalarsiz u bilan samarador ishlashni amalga oshirish mumkinmi yoki yo’qmi? Agarda shunday turdagi programmalar mavjud bo’lmasa kompyuter bilan muloqot qanday ravishda o’zgaradi? Bunday turdagi programmalarni qanday asosiy guruhlarga ajratgan bo’lar edingiz?
EХMdan foydalanish samaradorligini oshirishga, uni ishlatishni yengillashadi va foydalanuvchilar dasturlarini tayyorlashni osonlashtirishga mo’ljallangan programma vositalari kompleksiga programma ta’minoti sistemasi (PTS) deb yuritiladi. EHMning PTS o’z ichiga turli xil programmalar to’plamini oladi (3.1 rasm). Programmalashni avtomatlashtirish sistemasi (PAS) foydalanuvchilar programmalarini yaratish jarayonini engillashtirish va avtomatlashtirishga mo’ljallangan bo’lib PTS ning bir qismi hisoblanadi. Rivojlangan PASlar programmalashtirish tillari, translyatorlar va sozlash programmalarini o’z ichiga oladi. Sozlash programmalari tuzilgan programmalar ishining to’g’riligini tekshirish va xatolarni topish uchun ishlatiladi.
EXMda masalalarni yechish jarayonini ta’minlash va uni osonlashtirish uchun operatsion sistema deb ataluvchi programmalar kompleksi ishlatilib, u boshqaruvchi va qayta ishlovchi programmalar guruxidan iborat.
Boshqaruvchi programmalar EXM qurilmalari ishini boshqaradi, ya’ni EHM qurilmalari ishini, kiritish, tayyorlash va boshqa programmalarning bajarilishini tashkil qiladi va boshqaradi.
Qayta ishlovchi programmalar ma’lumotni qayta ishlash bilan bog’liq yangi programmalarni EXMda ishga tushirib, masalalarni yechishga va boshlang’ich ma’lumotlarni tayyorlash ishlarini bajarishga xizmat qiladi.
Texnik xizmat qilish programmalari EXM ning profilaktika ishlarida, diagnostika masalalarini yechishda va undagi nosozliklarni aniqlashda hamda boshqa maqsadlarda ishlatiladi.
Amaliy programma paketlari tarkibiga insonning kundalik amaliy faoliyatida vujudga keladigan ilmiy, texnik, moliyaviy va turli-tuman iqtisodiy masalalarni yechishga mo’ljallangan, operatsion sistema imkoniyatlarini va funktsiyasini kengaytirishga hamda boshqa bir qancha konkret maqsadlarga mo’ljallangan programmalar kompleksi kiradi.
Yuqorida tasvirda ko’rsatilgan translyatorlar amaliy programmalarni algoritmik tillardan mashina tiliga o’giruvchi tarjimon programmalardir. Ular ikki xil bo’ladi: kompilyatorlar va interpretatorlar.
Interpretatorlar programmalashtirish tilida yozilgan programmani bosqichma-bosqich (yoki qatorma-qator) mashina tiliga o’girib va darhol bajarib borsa, kompilyatorlar esa butun programmani birdaniga mashina tiliga o’giradi va agarda uning xatosi yoki kamchiligi bo’lmasa, uni bajarishni amalga oshiradi.
Bir marta kompilyatsiya qilingan programma boshqa kompilyatsiya qilinmaydi, negaki uning natijasi ishlovchi programmani xosil qiladi. Interpretatorda esa programma har bir bajarilishida qaytadan mashina tiliga o’giriladi va bosqichma-bosqich bajarila boradi.
Xususiy kompyuterning ham foydalanuvchi uchun qulay va samarador bo’lishi unda qanday programmaviy ta’minot mavjudligi bilan aniqlanadi. Lekin programmaviy ta’minotning qanday turlari foydalanuvchi uchun zarur bo’lishi uning qaysi soxada faoliyat ko’rsatishi bilan aniqlanadi. Endi o’zingizni iqtisod soxasida faoliyat ko’rsatayotgan mutaxassis sifatida faraz qilgan holda qaysi turdagi programmaviy ta’minot Sizning kundalik ishlarni bajarishingiz uchun kerak bo’lishini o’ylab topishga xarakat qiling. Kompyuter ishlaganda uni boshqarish uchun kerak bo’ladigan programmalar bilan amaliyotda qo’llaniladigan programmalar orasida qanday farq bo’lishi mumkin?
Kompyuterning programmaviy ta’minoti ularning qo’llash samaradorligini oshirish, undan foydalanishni osonlashtirish va foydalanuvchilar programmalarini tayyorlashning mehnat sarfini kamaytirishi uchun mo’ljallangan programmalar sistemasidan iborat.
Kompyuter programmalar ta’minotining to’plami quyidagi guruhlarga ajraladi:
- sistemaviy programmalar – xilma-xil qo’shimcha ishlarni bajarishga imkon beradi, masalan, kompyuterning ishlash jarayoni davomida nosoz qurilmalarni diagnostika va nazorat qilish vositalari, ma’lumotlarning nusxalarini olib qo’yish, kompyuter haqida ma’lumotnomalar berish, kompyuterni boshlang’ich ishga tayyorlash va xakozolar;
- amaliy programmalar – foydalanuvchilarga zarur bo’lgan ishlarni bajarishga imkon beruvchi programmalar, matn taxrirchilari, jadval protsessorlari, rasmlar chizishga imkon beruvchi programmalar, informatsion massivlar va bilimlar bazalari bilan ishlashga imkon yaratuvchi programmalar va xokazolar.
- programmalashtirish sistemalari yoki instrumental sistemalar – ular kompyuter uchun yangi amaliy programmalar yoki foydali ilovalar yozish uchun xizmat qiladilar.
Sistemaviy programmalarga operatsion sistema, drayverlar, qobiq programmalar va operatsion qobiqlarni kiritish mumkin. Operatsion qobiqlar ishga tushiriladigan programmalar uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratishi mumkin:
- grafik interfeys – ma’lumotlarni chiqarish va ular bilan samarador ishlashga imkon beradigan vositalar to’plamini xosil qilish mumkin, ya’ni aloxida turdagi menyular, darchalar, oynalar, ma’lumotnomalar va xokazolar;
- multiprogrammalashtirish – bir vaqtning o’zida bir qancha programmalarni ishlatish imkoniyati;
- programmalararo ma’lumot almashinishnig kengaytirilgan vositalarini ishlatish.
Programma ta’minoti ilmiy-texnik, iqtisodiy-statistik va boshqa masalalarni yechishda, shuningdek, boshqaruv ma’lumotlarini qayta ishlash uchun hisoblash sistemalari qurishda EHM texnik vositalarining imkoniyatlarini ancha kengaytiradi.
EHM programma ta’minotining asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:
- programmalashni avtomatlashtirish vositalari yordamida masalani EHMda yechishga tayyorlash;
- operator bilan EHMning eng qulay ko’rinishlardagi aloqasini tashkil qilish;
- EHMni nazorat qilish, unga diagnoz qo’yish va yuzaga kelgan nuqsonlarning kengayishiga yo’l qo’ymaslik.
EHMning programma ta’minoti strukturasida programmalashning modulli printsipi amalga oshiriladi, bu printsip, odatda funktsional bog’liq bo’lmagan programmalar yoki ularning qismlari standart modullar ko’rinishida shakllanadigan va sozlanadigan bo’lishini talab qiladi. Bunday struktura yoki ularning o’rnini almashtirish, yoxud qo’shimcha modullar kiritish yo’li bilan EHMning programma ta’minotini nisbatan oddiy kengaytirish va takomillashtirish imkonini beradi.
EHM programma ta’minotining eng muhim tarkibiy qismi, operatsion sistema bo’lib, u turli rejimlarda EHMning eng samarali ishlashini, shuningdek, masalani EHMda yechishga tayyorlashdagi mehnat sarfining kamayishini ta’minlaydigan programmali vositalar majmuidan iborat.
Xususiy EHM funktsional maqsadiga bog’liq holda kompleks monitor imkoniyatlari foydalanuvchi tomonidan displey kiritiladigan katta sonli bo’lmagan oddiy buyruqlarning bajarilishidan tortib, to aniq vaqt davomida har xil qurilmalar bilan boshqarishgacha o’zgarib turadi. Monitorning odatdagi vazifasi xususiy EHM bilan foydalanuvchi o’rtasida o’zaro aloqadorlikni tashkillashtirish, resurslar taqsimlashni boshqarish va xususiy EHM faoliyatida talab etilgan rejimni ta’minlash, sistemali va boshqa programmalarni ishga tushirish va bajarilishini nazorat ostiga olish, ma’lumotlar almashinish jarayonning bajarilishini boshqarishdir.
Sistemali programmalar va ma’lumotlar guruxiga tashqi tashuvchilarga xizmat qiluvchi programmalar, servis programmalar va programmalar kutubxonasi kiradi.
Axborotlarning tashqi tashuvchilarga xizmat ko’rsatadigan programmalar tashuvchilardagi mavjud axborotlarni tenglashtirish va nazorat qilishga, shuningdek tashuvchilar bilan va alohida fayllar bilan boshqa jarayonlarni bajarishga tayyorlash, saqlashni tashkillashtirish va programmalarni qo’llash ishlarini engillashtiradi. Ular o’zlarining funktsional maqsadlari nuqtai-nazaridan turli-tumandir, lekin qoidaga ko’ra, ularning tarkibida matnni taxrirlash dasturlari va kutubxonalar bo’ladi. Displeydan yoki boshqa bir qancha tashuvchilardan kiritilayotgan matnlar tahrir programmalari orqali xususiy EHMning operativ yoki tashqi xotirasiga yoziladi, bunda ular maxsus tahrir buyruqlari yordamida o’zgartirilishi mumkin. Ko’plab tahrir programmalari mavjud, ular bir biridan bajaradigan imkoniyatlari bilan farqlanadi va matnlarda o’zgarishlar qilish uchun ishlatiladi.

Topshriq 2.Axborot-kommunikatsiya texnalogiyalarning dasturiy ta’minoti. Operatsion tizimlarning turlari haqida izoh bering?
Hozirgi vaqtda axborot texnologiyalari amalda inson faoliyatining hamma jabhalariga chuqur kirib bormoqda va rivojlanishda davom etmoqda. Keng tarqalgan shaxsiy kompyuterlar bilan bir qatorda zamonaviy hisoblash tizimlari va vositalari ham keng tarqalib bormoqda. Turli hisoblash tizimlari foydalanuvchilari soni ham ko‘payib bormoqda, shu bilan birga bir-biriga qarama-qarshi tendensiya rivojlanmoqda. Bir tomondan, axborot texnologiyalari murakkablashib borishi bilan uni tatbiq qilish uchun chuqur bilimlar talab qilinsa, ikkinchi tomondan, foydalanuvchining kompyuter bilan muloqoti (interfeysi) do‘stona tus olib, informatika va hisoblash texnikasi sohasida mutaxassis bo‘lmagan insonlar uchun ham tushunarli bo‘lmoqda. Bunday imkoniyatning sababi, foydalanuvchilar va ularning dasturlari hisoblash texnikasi bilan maxsus (tizimli) dasturiy ta’minot — operatsion tizim orqali muloqot (interfeys)da bo‘lganliklaridadir.

OT bajarilayotgan ilovalar uchun ham, foydalanuvchilar uchun ham muloqot (interfeys) imkonini yaratadi. Foyda- lanuvchi dasturlari va yana ko‘pgina xizmatchi dasturlar OT dan ixtiyoriy dasturlarning ko‘plarida uchraydigan amallarning bajarilishini so‘raydilar. Bu amallar: kiritish-chiqarish, dasturlarni ishga tushirish, to‘xtatish, qo‘shimcha xotira blokini olish yoki bo‘shatish va h.k.lar. Bunday amallarni har safar yangidan dasturlash maqsadga muvofiq emas, shuning uchun ham bular OT ning asosiy funksiyalaridan hisoblanadi. Amaliy dasturlar va boshqa ko‘pgina tizimli ishlov beruvchi dasturlar (dasturlash tizimlari yoki ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari) kompyuter apparat qismiga bevosita murojaat qila olmaydilar, ular bilan faqat OT ga murojaat orqali muloqotda bo‘lishlari mumkin. Foydalanuvchilar OT buyruqlarini kiritish orqali yoki tizim taklif qiladigan harakatlar to‘plamidan tanlash orqali kompyuter va o‘z dasturlari bilan muloqotda bo‘ladilar. Bunday muhim funksiyalarni bajarishdan tashqari, OT lar hisoblash resurslarini samarali taqsimlash va ishonchli hisoblashlarni tashkil etishga javob beradi.

Mavzu: Operatsion tizimlar haqida ma'lumot


Insoniyat rivojlanish bosqichlarini diqqat bilan tahlil qilish natijalari shuni ko'rsatadiki, bu bosqichlarni belgilovchi xususiyatlar insonni axborotlarni saqlash, uzatish va ishlov berish vosita va usullari bilan qat'iy bog'langandir. Bunda axborotga ishlov berish tezligi, ayniqsa, axborotni uzatish tezligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Turfa axborotlarni qabul qilish, uzatish, eslab qolish va ma'lum tarzda ishlov berish xususiyati jonli olamning asosiy belgisi hisoblanadi. Bu xususiyatlar u yoki bu darajada jonzotlar, o'simliklar va hatto bakteriyalarga ham xos xususiyatdir. Haqiqatan ham, o'simliklar ham, jonzotlar ham tashqi muhit haroratiga va alohida predmetlar holatiga u yoki bu tarzda javob qaytaradilar. Tashqi muhitdan biror-bir axborotni olgandan so'ng, tirik organizmlar ma'lum tarzda ularga ishlov beradilar va olgan natijalari asosida biror-bir javob qaytaradilar. Tirik organizmlar tashqi muhitdan nafaqat axborot oladilar, balki o'zlari ham tashqi muhitga axborot uzatadilar, muhimroq axborotlarni eslab qoladilar.
Xulosa qilib aytganda, tirik organizmlar turfa axborotlarni qabul qilish, uzatish, saqlash va ishlov berish yordamida o'z hayot faoliyatini ta'minlaydilar.
Inson ham, barcha tirik organizmlar kabi, o'zining his qilish organlari yordamida tashqi muhitdan axborot oladi.
Axborot manbayi bo'lib, uni saqlash va uzatish uchun xizmat qiladigan ixtiyoriy moddiy muhit hisoblanadi.
Inson o'z hayoti davomida har soniyada axborotni qabul qilish, uzatish, ishlov berish va saqlash zaruriyatiga duch keladi.
Ilgari ajdodlarimiz hayotida axborot nutq saqlash va uzatish usuli bo'lib xizmat qilgan. Keyinchalik yozuv yuzaga kelib, u axborotni saqlash, uzatish va ishlov berish uchun vosita bo'lib qoldi.
XV asr o'rtalarida kitob nashr etish ixtiro qilinib, bilimlarni qog'oz jamlamalarida uzoq vaqt saqlash manbayi yuzaga keldi.
Kitob nashr qilish ixtiro qilingandan 200 yil o'tib, sonli ma'lumotlarga ishlov berish uchun mexanik qurilmalar ishlab chiqildi va shu vaqtdan boshlab axborotlarga ishlov berish vositalarining mexanik bosqichi boshlandi.
Elektr toki ixtiro qilingandan so'ng esa axborotlarga ishlov berishning keyingi elektromexanik bosqichi boshlandi va turli tabulatorlar ishlab chiqildi.
XX asrning 30-yillarida dasturiy boshqariluvchi hisoblash mashinalari yuzaga keladi. Ishlab chiqarishning tezlashgan tarzda rivojlanishi inson bilimi hajmining mos tarzda o'sishiga olib keldi. Axborot oqimining bu tarzda o'sishi insonlar uchun unga samarali ishlov berish imkonini murakkablashtirdi.
XX asr o'rtalarida kompyuter ixtiro qilinishi muammolarni hal qilish imkonini berdi. Kompyuterlarning turli avlodlari yuzaga keldi.
Axborotlarga ishlov berishdagi keskin o'zgarishlar shaxsiy kompyuterlardan keng ko'lamda foydalanishdan so'ng yuz berdi.
Oldindan ishlab chiqilgan dasturlar tufayli, hisoblash mashi- nalaridan axborotga ishlov berish masalalarini inson faoliyatining turli sohalarida qo'llashga keng imkoniyat yaratildi. Bu holda, turli soha mutaxassislari o'zlari dastur yaratishlari va uning yaratilish usullarini o'rganishlari shart bo'lmay, ularga faqat kompyuterda ishlash usullarini o'rganishlari yetarlidir. Bunday mutaxassislar foydalanuvchilar deb ataladi.
Foydalanuvchi deb, u yoki bu predmet sohasiga mansub aniq masalalarni yechish yoki boshqa maqsadlarda hisoblash texni- kasidan foydalanadigan shaxsga aytiladi.
Shaxsiy kompyuterlar bir qancha mashinalarni o'z ichiga oluvchi tarmoqqa birlashtirilgan va bu mashinalar yer sharining turli joylarida joylashgan bo'lishi mumkin.
Buning natijasida minglab masofadagi odamlar qisqa soniya- larda bir-biri bilan bog'lanib, ma'lumot almashishlari va jahon axborot markazlari bilan o'z ish joylaridan murojaat qilishlari mumkin bo'lib qoldi.
Shunday qilib, XX asrga kelib, axborot bilan ishlash tubdan o'zgardi va shu jarayon natijasida yangi fan, ishlab chiqarishning yangi doirasi va mehnat resurslarini qo'llashning yangi jabha- lari — informatika fani yuzaga keldi.
Informatika — axborotning umumiy xossalari va tuzilishi, shu bilan birga axborotlarga ishlov berishning avtomatlashtirilgan vositalari yordamida amalga oshirilishi va insoniyat faoliyati turli jabhalaridagi bilim, dalil, kattaliklar va ma'lumotlarning aksi sifatida olinadigan tabiiy fundamental fandir. Bu axborotlarni yig'ish, almashish, saqlash va ishlov berish usul va vositalari haqidagi fandir.
Axborot texnologiyalari — axborotlarni qabul qilish va uzatish, ishlov berish, qidirish, jamlash, yig'ish usul va vositalarining ma'lum tizimidir. Ma'naviy jihatdan eskirgan axborot texno- logiyasiga misol qilib axborot bilan qog'oz yordamida ishlashni ko'rsatish mumkin.
Zamonaviy axborot texnologiyalari, xususan, quyidagilarni ko'zda tutadi:
  • birlamchi axborotni mashina jamg'armalarida hisobga olishdan boshlab, axborotning qog'oz jamlamalaridan amalda to'liq voz kechish;


  • yer sharining ixtiyoriy nuqtasida, ixtiyoriy vaqtda, ixtiyoriy axborotni ola bilish (albatta, qonun bo'yicha taqiqlanganlaridan tashqari).




Axborot ustida bajariladigan asosiy amallar axborotni yig'ish, almashish, saqlash va ishlov berishdan iborat.
Axborotlarni yig'ish — bu insonning yoki texnik qurilmaning zaruriy ma'lumotlarni olish faoliyati.
Axborot almashish — bu axborotni, turli obyektlar orasida — inson va inson o'rtasida, inson va texnik qurilma o'rtasida, turli qurilmalar o'rtasida uzatish jarayoni.
Axborotni saqlash — bu axborotni zarur vaqtda va kerakli ko'rinishda uzatishni ta'minlaydigan holatda ushlab turish jarayoni.
Va nihoyat, axborotga ishlov berish — bu uni maqsadga mu- vofiq tarzda o'zgartirishning tartibga solingan jarayoni.
Download 21,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish