44
4. Tarmoqni ishonchliligi oshadi – taqsimlangan boshqaruv axboroti hajmini
va operatsiyalarini kamayishi hisobiga.
Har bir kommutatsiya markazida o‘rnatilgan taqsimlangan protokollar aloqa
kanallarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi ma’lumotlariga qarab ish
yuritadi. Lekin bunday ma’lumot markazlashgan holda bitta joyda, ya’ni
kontrollerda saqlanishi tarmoqda kelishilmagan holda qaror qabul qilish holatlarini
yo‘qga chiqaradiv [10].
5. Tarmoq uskunalari va tuzilmasi soddalashadi – ular ko‘p standart va
protokollarni bajarishlari o‘rniga bitta kontrollerdan kelgan buyruqni bajaradi;
6. Kommutator va tarmoq infrastrukturasining xotira va boshqaruv qismlari
bitta kontrollerga ko‘chirilishi hisobiga ularning narxi qisqaradi.
DKT tarmog‘i komponentalarining ishlash prinsiplari OpenFlow
spesifikatsiyalarida (me’yoriy hujjatlarida) yoritiladi.
Bunday me’yoriy hujjatlarni yaratadigan tashkilotning nomi Open
Networking Foundation – ONF, (https://www.opennetworking.org/).
1.17 – rasm. MUS va MBUS sathlarini ajratilmagan va
ajratilgan holatlarining
sxemalari.
45
Me’yoriy hujjatlarga (spesifikatsiya) asosan OpenFlow (ya’ni, DKT)
tarmog‘ining asosiy komponentalariga quyidagilar kiradi (1.18 – rasm):
1. Kontroller, tarkibida:
tarmoq operatsion tizimi;
tarmoq ilovalari.
2. OpenFlow kommutatori;
3. Kontroller va kommutator oralig‘dagi himoyalangn aloqa kanali;
4. OpenFlow protokoli.
OpenFlow-tarmog‘ining umumiy ishlash prinsipi quyidagicha izohlanadi:
tarmoqdagi har bir OpenFlow-kommutator kontroller bilan himoyalangan
kanal o‘rnatadi (rasmda shtrix chiziqlar)., ushdu kanal yordamida kontroller
kommutator
ishini boshqaradi
kommutator bilan kontroller orasidagi o‘zaro munosabatlar Open Flow
protokolining ma’lumotlari yordamida amalga oshiriladi.
kontroller tarmoq elementlarining holati o‘zgarganligi to‘g‘risida ma’lumot
qabul qiladi va uning asosida yangi tarmoq uskunalarini konfiguratsiyalaydi,
tarmoq infrastrukturasini va axborot oqimini boshqaradi. Keng ma’noda kontroller
- bu maxsus dasturiy ta’minot o‘rnatilgan jismoniy server.
Tarmoqdagi hamma marshrutizator va kommutatorlar tarmoq operatsion
tizimi (TOT)ning boshqaruvi asosida birlashtiriladi. TOT muntazam ravishda
tarmoq vositalarining konfiguratsiyasini nazorat qilib boradi va ilovalarga
tarmoqni boshqarishga imkon yaratib beradi.
DKTning asosiy protokoli OpenFlow nomli protokol hisoblanadi.
Quyida OpenFlow komponentalari asosida dasturiy konfigurasiyalanadigan
tarmog‘i vositalari yordamida ma’lumot uzatish jarayonlari yoritiladi.
47
1.19 –rsm. OpenFlow kommutatorining tuzilmasi.
Kommutatordagi har bir oqim jadvali oqimlar to‘g‘risidagi yozuvlar
to‘plamidan, ya’ni ma’lumotlar yoki qoidalar to‘plamidan (flow entries) tarkib
topadi.
1.20 – rasm. OpenFlow kommutatori oqimlar
jadvalini kontroller
tomonidan boshqarilish sxemasi.
Oqim to‘g‘risidagi har bir yozuv (qoida) quyidagi maydonlardan iborat:
Himoyalangan kanal
Oqimlar
jadvali
OpenFlow kommutator
OpenFlow
protokoli
Kontroller
48
- maydon belgisi (match fields);
- hisoblagich belgisi maydoni;
- instruksiyalar to‘plami (instructions) (1.21 – rasm).
OpenFlow kommutatorini ishlash prinsipi quyidagi ketma-ketlikda
bajariladi:
- har bir qabul qilingan paket kommutator konveyeriga tushadi (1.20 –
rasm);
- paketning sarlavhasi kesib tashlanadi (ma’lum bir uzunlikdagi bitlar qatori
bo‘shatiladi);
Do'stlaringiz bilan baham: