Komissiyasi rayosatining qarori ilmiy unvonlar berish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Ilmiy unvon olish uchun qo‘yiladigan talablar



Download 206,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/20
Sana31.01.2022
Hajmi206,84 Kb.
#419709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2793-сон 03.06.2016. Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

2-bob. Ilmiy unvon olish uchun qo‘yiladigan talablar
1-§. Umumiy talablar
7. Quyidagi umumiy talablarni bajargan shaxslar ilmiy unvonlarga talabgor bo‘lishlari
mumkin:
Oldingi
 tahrirga qarang.
a) ilmiy loyiha, davlat granti, xo‘jalik shartnomasi yoki boshqa loyihalar doirasida ilmiy natijalar
olgan;
(7-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy
attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/5-sonli 
qarori 
(ro‘yxat raqami 2793-2,
23.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 570-modda)
b) ma’naviy-ma’rifiy ishlarda samarali ishtirok etayotgan;
Oldingi
 tahrirga qarang.
v) oxirgi 2 yil ichida oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimidagi attestatsiya jarayonida
ishtirok etgan (taqrizchi, ilmiy seminar, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash, malakaviy
imtihonlarni qabul qilish komissiyasi a’zosi, rasmiy opponent va shu kabi shakllarda);
(7-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy
attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli 
qarori 
(ro‘yxat raqami 2793-6,
04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
g) zamonaviy o‘qitish usullarini egallagan, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalangan holda, ma’ruza kurslari va seminarlarni yuqori o‘quv-uslubiy va ilmiy
saviyada olib borayotgan (ta’lim muassasasi mutaxassislari uchun).
(7-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy
attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli 
qarori 
(ro‘yxat raqami 2793-6,
04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
8. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalarida ilmiy unvonlarga talabgorlar Davlat va jamiyat qurilishi
tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda
ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yo‘nalishlari fanidan maxsus imtihon topshiradilar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi
Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/5-sonli 
qarori 
(ro‘yxat raqami 2793-2, 23.06.2017-y.) tahririda — O‘R
QHT, 2017-y., 25-son, 570-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
8 . Maxsus imtihon OAK tomonidan belgilangan muassasalarda o‘tkaziladi.
Maxsus imtihonni qabul qiladigan muassasada muassasa rahbarining buyrug‘i bilan OAK
bilan kelishilgan holda ikki yil muddatga maxsus imtihonni qabul qilish komissiyasi (bundan buyon
matnda komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
Komissiya ilmiy darajaga ega bo‘lgan kamida yetti nafar a’zodan iborat bo‘ladi. Bunda
komissiya a’zolari tarkibining yarmidan ko‘pini fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan
mutaxassislar tashkil qilishi lozim.
Komissiya, agar uning ishida komissiya a’zolarining kamida yarmidan ko‘pi ishtirok etayotgan
bo‘lsa, imtihon qabul qilishga haqli hisoblanadi.
1


8 . Maxsus imtihonni qabul qilish sessiya shaklida fevral, may, noyabr va dekabr oylarida
belgilangan reja asosida o‘tkaziladi.
8 . Maxsus imtihon savollari quyidagi yo‘nalishda tuziladi:
birinchi savol — imtihon topshiruvchi faoliyat ko‘rsatayotgan sohada O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasining 
mazmun-mohiyati
bo‘yicha;
ikkinchi savol — O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
Harakatlar
strategiyasi 
va metodologiyasiga imtihon topshiruvchi olib borayotgan ilmiy izlanishlar yoki kasbiy
faoliyatining muvofiqligi bo‘yicha;
uchinchi savol — maxsus fan dasturi bo‘yicha erkin savol.
Maxsus imtihon natijasi imtihonda ishtirok etayotgan komissiya a’zolarining uchdan ikki
qismining ovozi bilan “o‘tdi” yoki “o‘tmadi” tarzida baholanadi. Ovoz berish ochiq va oshkora amalga
oshiriladi.
8 . Maxsus imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga o‘n kun ichida imtihonni
muvaffaqiyatli topshirganligini tasdiqlovchi hujjat beriladi. Mazkur hujjat komissiya raisi va tashkilot
rahbari tomonidan imzolanadi va besh yil muddatda amal qiladi.
(8 — 8 -bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya
komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/5-sonli 
qaroriga 
(ro‘yxat raqami 2793-2, 23.06.2017-y.)
asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 570-modda)
9. Talabgor tomonidan olib borilayotgan ma’ruza kurslari, ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar ilmiy
unvon berish so‘ralayotgan ixtisoslikka mos bo‘lishi lozim.
Oldingi
 tahrirga qarang.
10. Talabgor nashr ettirgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar ta’lim muassasasining ilmiy-uslubiy
kengashi hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan, boshqa o‘quv adabiyotlari esa, ta’lim
muassasasining ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan pedagogik amaliyotda foydalanishga tavsiya
etilgan bo‘lishi kerak.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy
attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli 
qarori 
(ro‘yxat raqami 2793-6,
04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
Dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga talabgorning dissertatsiya himoyasidan keyin,
shuningdek professor ilmiy unvoniga talabgorning dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvonini
olgandan keyin nashr ettirgan ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari bo‘lishi shart. Nashr qilingan ishlar bir
marta e’tiborga olinadi.
“Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi respublika bosqichi g‘olibining faxriy
diplomi nashr ishlariga ega bo‘lish bo‘yicha talablarning bajarilganiga tenglashtiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ta’lim muassasasida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha
muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarning ijodiy ishlari ilmiy unvon olish uchun talab
etiladigan ilmiy maqolalarga hamda ijodiy ishlari katalogi o‘quv qo‘llanmaga tenglashtiriladi.
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy
attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli 
qarori 
(ro‘yxat raqami 2793-6,
04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
11. Xorijiy davlatlarning oliy attestatsiya organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab
turgan chet el fuqarolariga berilgan ilmiy unvonlar haqidagi hujjatlar nostrifikatsiya qilinmaydi.
Xorijiy davlatlarda ilmiy unvon olgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasida mazkur Nizom talablari
asosida ilmiy unvon olishlari mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 206,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish