Klinik dietologiya va nutrisiologiya


Ateroskleroz kasalligi va dietoterapiyasi



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

Ateroskleroz kasalligi va dietoterapiyasi 
Ateroskleroz  surunkali  xastalik  bo‘lib,  arteriyalar  devoridagi  o‘zgarishlar 
oqibatida  ularning  funktsiyasi buziladi. Odatda 40-45  yoshdan oshgan bemorlarda 
uchraydi va asosan erkaklarda bo‘ladi. Ushbu kasallik bilan uzoq vaqt nerv-psixik 
zo‘riqishga  uchragan,  kam  harakat  hayot  tarziga  amal  qiluvchi,  sog‘lom 
ovqatlanmaydigan,  ortiqcha  vazn  va  qandli  diabetdan  aziyat  chekuvchi  insonlar 
og‘riydi,  ba’zan  nasliy  moyillik  ham  ahamiyatga  ega.  Kasallikda  simptomlarsiz 
kechishi mumkin bo‘lgan klinikadan oldingi davr va klinik davrni ajratish mumkin. 
Unda uchta bosqich farqlanadi: 
- ishemik bosqich – a’zoning qon bilan etarlicha ta’minlanmasligi bilan bog‘liq 
o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi; 
- trombonekrotik  bosqich  –  zararlangan  tomirning  yopilib  qolishi  bilan 
xarakterlanadi. 
Natijada a’zoning me’yoriy faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan qon unga etib 
kelmaydi; 
- fibroz  bosqich  –  a’zoning  nekrozga  uchragan  maydonining  o‘rnida 
biriktiruvchi to‘qimaning rivojlanishi bilan xarakterlanadi. 
Yurak arteriyalarining aterosklerozi birinchi bosqichda stenokardiya, ikkinchi 
bosqichda  miokard  infarkti,  uchinchi  bosqichda  esa  kardioskleroz  bilan  namoyon 
bo‘ladi. 
Aortaning  aterosklerozi,  odatda,  50-60  yoshdan  so‘ng  paydo  bo‘ladi.  Aorta 
ko‘krak  qismining  aterosklerozi  to‘sh  ortidagi  siquvchi  va  qizdiruvchi  og‘riqlar 
bilan xarakterlanadi, bu og‘riqlar ikkala qo‘l, bo‘yin, bel, qorinning yuqori qismiga 
tarqalishi  mumkin.  Aorta  qorin  qismining  ateroskleroziga  esa,  hayot  davomida 
tashxis qo‘yish qiyinchilik tug‘diradi. 
Mezenterial 
arteriyalarning 
aterosklerozi 
ichaklarning 
qon 
bilan 
ta’minlanishining  buzilishiga  olib  keladi  va  qorin  og‘riq  hurujiga  sabab  bo‘lishi 
mumkin. Bunda bemorda to‘satdan, ovqat qabulidan 3-6 soat o‘tib qorinning yuqori 
yarmida  yoki  kindik  atrofida  keskin  og‘riq  paydo  bo‘ladi.  Bu  og‘riq  bir  necha 
daqiqadan 1-2 soatgacha davom etishi, bu vaqtda qorin dam bo‘lishi, kekirish, ich 
qotishi, yurak urishi, arterial bosim ko‘tarilishi mumkin.  
Bosh  miya  arteriyalarining  aterosklerozi  ish  qobiliyatining  pasayishi, 
xotiraning  yomonlashishi,  bosh  og‘rig‘i,  tez  toliqish  bilan  namoyon  bo‘ladi. 
Bemorlarning  ko‘pincha  boshi  aylanib,  uyqusizlikdan  shikoyat  qiladilar. 
Ifodalangan holatlarda ateroskleroz odamning o‘zini tutishiga ta’sir qilishi mumkin, 
ya’ni ta’sirchan, xarakteri o‘zgaruvchan bo‘lib, intellekti pasayadi. 
Qo‘l-oyoq  arteriyalarining  aterosklerozi  yurgan  vaqtda  yuzaga  keluvchi 
og‘riqlar  bilan  namoyon  bo‘ladi.  Og‘ir  holatlarda  qon  aylanishining  buzilishi 
natijasida gangrena rivojlanishi mumkin.  
Dieta tamoyillari. 
Dietaning  asosiy  talablari  quyidagilardan  iborat:  osh  tuzi  iste’molining 
kamaytirilishi;  suyuqlik  miqdorining  kamaytirilishi,  qon–tomir  va  markaziy  nerv 
tizimini qo‘zg‘atuvchi mahsulotlarni cheklash (alkogol, kofe, kakao, achchiq choy), 


159 
 
qovurilgan  go‘sht  va  baliqdan  voz  kechish,  go‘sht  va  baliqli  bulonlardan  voz 
kechish,  piyoz,  sarimsoq  piyoz,  turp,  rediskani  cheklash,  meteorizmni  keltirib 
chiqaradigan mahsulotlardan voz kechish (sut, dukkaklilar, karam), xolesteringa boy 
mahsulotlarni istisno qilish (tuxum sarig‘i, miya, hayvonlarning ichki a’zolari), yod 
tutuvchi  mahsulotlarni  (dengiz karami,  midiyalar, kalmar  va krevetkalar)  iste’mol 
qilish. 
Barcha taomlar tuzsiz tayyorlanadi, go‘sht va baliq qaynatilgan holda iste’mol 
qilinadi, meva va sabzavotlar xom yoki qaynatiladi. 
Dietaning ikkita varianti mavjud. Birinchi variant – ortiqcha tana vazniga ega 
bo‘lgan bemorlar uchun–oqsillar – 90 gr, yog‘lar – 70 gr, uglevodlar – 300 gr (shakar 
miqdori 50  gr dan oshmaydi), quvvati  – 2100–2200 kkal, ratsionning  massasi  –  2 
kg, erkin suyuqlik – 1-1,2 l, osh tuzi – 3-5 gr. 
Ikkinchi variant – me’yoriy yoki kam vaznga ega bemorlar uchun – oqsillar – 
100 gr, yog‘lar – 80 gr, uglevodlar – 350 gr (shakar miqdori 50 gr dan oshmaydi), 
quvvati – 2400–2500  kkal, ratsionning  massasi  – 2,5 kg, erkin suyuqlik – 1-1,2  l, 
osh tuzi – 5 gr. 
 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish