Klinik dietologiya va nutrisiologiya


-BOB. YURAK-QON TOMIR TIZIMI KASALLIKLARIDA PARHEZ



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

8-BOB. YURAK-QON TOMIR TIZIMI KASALLIKLARIDA PARHEZ 
OVQATLANISH 
Yurak ishemik kasalliklari  va dietoterapiya asoslari 
 
Stenokardiya  yurak  ishemik  kasalligi  (YIK)  bo‘lib,  uning  asosida  yurak 
mushaklarining  qonga  ehtiyoji  va  unga  koronar  qon  tomirlardan  kelayotgan  qon 
miqdorining  nomutanosibligi  yotadi.  Buning  sabablari  bo‘lib,  yurakni  qon  bilan 
ta’minlanishiga  javobgar  bo‘lgan  tomirlarning  nerv  boshqarilishining  buzilishi, 
bundan tashqari shu tomirlarda aterosklerotik qoldiqlarning tromblari bo‘lishi ham 
mumkin. Stenokardiya bilan odatda 40 – 45 yoshdan katta bo‘lgan odamlar aziyat 
chekadi, erkaklarda bu kasallik ayollarga nisbatan ko‘proq uchraydi.  
Stenokardiyaning asosiy simptomlaridan biri bu ko‘krak qafasidagi – to‘sh orti 
sohasidagi  siquvchi  og‘riqdir.  Huruj  boshlanganda  og‘riq  kuchsizroq  bo‘ladi  va 
asta-sekinlik bilan kuchayadi. Ayrim holatlarda ko‘krak, bo‘yinlarning huddi nafas 
qisgandek siqilishi kuzatiladi. Odatda og‘riq bosh va bo‘yinning chap sohasiga, chap 
elka,  chap  qo‘lning  ichki  yuzasi  bo‘ylab  nomsiz  barmoq  va  jimjiloqqacha,  pastki 
jag‘ga  tarqaladi.  Ayrim  holatlarda  stenokardiyaning  hurujlari  chap  qo‘lning 
uyushishi  bilan  boshlanishi  mumkin.  Huruj  vaqtida  puls  yoki  sekinlashadi  yoki 
taxikardiya paydo bo‘ladi, qon bosim oshishi mumkin.  
Stenokardiyaning bir necha xil xil shakllari farqlanadi: 
Stabil  zo‘riqish  stenokardiyasi,  bunda  hurujlar  jismoniy  mehnat  va  yurish 
vaqtida boshlanadi; ilk bor aniqlanagan stenokardiya; nostabil stenokardiyasi, bunda 
esa  hurujlar  tinch  holatda,  uyqu  vaqtida  boshlanadi;  kuchayib  boruvchi 
stenokardiya. 
Odatda stenokardiya  hurujlari  yuz  va tana  terisinig qizarishi,  xiqichoq tutishi 
bilan,  huruj  vaqtida  bemor  qotib  qoladi,  siydik  va  ahlat  chiqarish  qistashi  bilan 
tugaydi. Og‘ir va takroriy hurujlardan so‘ng bemorda yuqori sezuvchanlik sohalari 
paydo  bo‘lishi  mumkin:  bilak  sohasining  ichki  yuzasi,  to‘sh  sohasi,  kurak 
suyaklarining  usti,  o‘mrov  usti  chuqurchasi  sohalari.  Kasallikning  hurujlari  bir 
necha  sekunddan  30–40  minutgacha  davom  etishi  mumkin  va  nitrat  preparatlarini 
qabul qilgandan so‘ng og‘riqlar yo‘qoladi. 
Kasallik kechishida uchta bosqich, ya’ni: 
1.  Yurak  tomirlarining  patologik  o‘zgarishlari  funktsionaldir,  ya’ni  bu 
jarayonda  qon  tomirlarning  asab  regulyatsiyasi  buziladi  va  hurujlar,  odatda  stress 
holatlarida yuzaga keladi; 


155 
 
2.  Yurakni  qon  bilan  ta’minlovchi  qon  tomirlarda  aterosklerotik o‘zgarishlar 
paydo bo‘ladi, qo‘l-oyoq arteriyalarini bosib ko‘rganda ular qattiq bo‘lishi mumkin. 
3.  Aterosklerotik  o‘zgarishlar  xolestirin  almashinuvining  buzulishi  va  nafas 
siqishi  hurujlari  paydo  bo‘ladi,  stenokardiya  hurujlari  yurgan  vaqtda  va  tinchlik 
holatida ham namoyon bo‘lishi mumkin, holatlarning yarmida stenokardiya miokard 
infarkti bilan asoratlanadi. 
Dieta tamoyillari. 
Jismoniy  aktivlik  pasaygan  sharoitda  –  parhez  fiziologik  to‘laqonli,  oqsillar, 
yog‘lar, uglevodlar miqdori biroz cheklangan, osh tuzi iste’moli keskin cheklangan 
bo‘ladi. 
Ovqat ratsiondan quyidagilarni olib tashlash zarur: 
- Markaziy nerv tizimini va yurak qon-tomir tizimini qo‘zg‘atuvchi mahsulotlar 
kofe, alkogol, achchiq choy va boshqalar; 
- Xolesteringa boy mahsulotlar (jigar, buyraklar hayvoy yog‘i); 
- Meteorizm  chaqiruvchi  mahsulotlar  (dukkaklilar,  sut,  ko‘k  piyoz,  turp, 
sarimsoq piyoz). 
Kunlik ratsionning quvvati 2300–2600 kkal ni tashkil etadi. Oqsillardan 40 gr 
- o‘simlik oqsillari, 50 gr - hayvon oqsillariga to‘g‘ri keladi. Yog‘lar miqdori – 70 
gr  atrofida.  Uglevodlar  –  350–400  gr,  ulardan  shakar  75–80  gr  dan  oshmaydi. 
Ortiqcha vaznga ega bemorlarda shakar va shirinliklarni istesno qilish kerak. 
Barcha  taomlar  tuzsiz  tayyorlanadi.  Go‘sht  va  baliq  bug‘da  pishiriladi  yoki 
qaynatiladi. Taomlarni yaxshi qaynatilgan yoki to‘g‘ralgan holatda iste’mol qilish 
kerak.  
Otkir  m  iokard  infarkti  (YIK)  ning  ogir  klinik  shakli    bolib  –  yurakning  qon 
bilan  ta’minlanishi  buzilishi  natijasida  yurak  mushagida  nekrotik  o‘choq  vujudga 
kelishi bilan xarakterlanadigan kasallik. Miokard infarkti sabablari bo‘lishi mumkin: 
- Yurakni qon bilan ta’minlovchi koronar arteriyalarning aterosklerozi; 
- Yurakni qon bilan ta’minlovchi koronar tomirlarda turli xil tromblar, embol 
moddalarning tiqilib qolishi; 
- Yurakni qon bilan ta’minlovchi tomirlarning yallig‘lanish jarayonlari. 
Bu kasallikning bir nechta klinik shakllari mavjud: 
- Anginoz yurak sohasi va to‘sh orti sohalaridagi kuchli siquvchi og‘riq bilan 
xarakterlanadi, bu og‘riq butun ko‘krak qafasi bo‘ylab, chap elkaga va chap qo‘lga 
tarqalishi mumkin; 
- Astmatik  shaklida  og‘riqli  sindrom  umuman  bo‘lmaydi  yoki  engil  formada 
bo‘ladi, yurak astmasi huruji va o‘pka shishi bilan boshlanadi; 
- Abdominal qorinda og‘riqlar paydo bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich 
qotishi bilan xarakterlanadi; 
- Tserebral; 
- Simptomsiz. 
Kasallikda quyidagi davrlar farqlanadi: 
- Infarkt  oldi  davri.  Odatda  bir  necha  kundan  3–4  haftagacha  davom  etadi. 
Stenokardiya  bilan  kasallangan  bemorlarda  hurujlar  kuchayadi,  davomiyligi  va 


156 
 
chastotasi  oshadi,  ayrim  holatlarda  zo‘riqish  stenokardiya  tinchlik  stenokardiyasi 
bilan almashinadi. 
- O‘tkir davr. 2 soatdan bir necha sutkagacha davom etadigan o‘tkir og‘riq bilan 
xarakterlanadi,  ko‘pincha  huruj  kechasi  boshlanadi,  og‘riq  to‘sh  orti  sohasida 
joylashadi,  ko‘pincha  chap  kurak  sohasi,  chap  elka,  chap  qo‘l,  pastki  jag‘,  ayrim 
holatlarda  o‘ng  qo‘lga  tarqaladi.  Bemorning  tashqi  ko‘rinishi  turlicha  bo‘lishi 
mumkin: bemor kuchli og‘riq bilan yotishi mumkin, yuzi rangsiz; ayrim holatlarda 
esa  bemor  qo‘zg‘algan  holatda  bo‘ladi,  to‘shagida  talvasanadi.  Kamdan-kam 
holatlarda  bemorning  ahvoli  yurak  qon-tomir  etishmovchiligiga  uchragan 
bemorning  holatiga  mos  keladi:  teri  rangi  ko‘kimtir-kulrang  tusda,  oqarib  ketish, 
qo‘l-oyoqlar  muzlashi,  nafas  qisish  holatlari,  bo‘yin  venalarining  shishib  ketishi, 
jigarning  kattalashuvi  va  og‘rishi  kuzatiladi.  To‘sh  ortidagi  og‘riqdan  tashqari 
bemorda  ko‘ngil  aynishi,  qayt  qilish,  siydik  tutilishi,  qorinning  dam  bo‘lishi 
kuzatiladi.  2–3  kundan  so‘ng  isitma  paydo  bo‘ladi,  lekin  isitma  38–38,5  0S  dan 
oshmaydi, bu holat 5–8 kun davom etadi. Odatda yurak hurujidan keyingi dastlabki 
soatlarda puls tezlashadi, arterial qon bosim esa ko‘tarilib ketadi, so‘ng esa uning 
tushib ketishi kuzatiladi, ayrim holatlarda esa kardiogen shok kuzatiladi.  
-  O‘tkir  osti  davr.  Odatda  infarkt  rivojlangandan  7–10  kun  o‘tib  boshlanadi. 
Tiklanish  davri  boshlanishida  og‘riqlar  yo‘qoladi,  isitma  pasayadi,  qon  bosimi 
ko‘tarila boshlaydi, ammo ko‘pincha odatdagi ko‘rsatkichlarga qaytmaydi. 3 oydan 
6 oygacha esa chandiqlanib, kardioskleroz shakllanishi bilan tugaydi. 
Miokard  infarkti  profilaktikasida  ateroskleroz,  stenokardiyani  davolash, 
davolovchi  jismoniy  tarbiya  bilan  shug‘illanish,  haddan  tashqari  ko‘p 
asabiylashishning  oldini  olish,  ko‘p  ovqat  iste’mol  qilishdan  cheklanish,  sog‘lom 
ovqatlanishga rioya qilish zarur. 
Dieta tamoyillari. 
O‘tkir miokard infarktida ovqat hazm qilish va qon aylanish tizimlarini kamroq 
zo‘riqtirish kerak. Birinchi 2 kunda taomga ehtiyoj unchalik katta bo‘lmaydi, bemor 
faqat  7  mahal  50  ml  dan  suyuqlik  ichadi,  bu  suyuqlik  ovqat  hazm  qilish  tizimiga 
ta’sir qilmasligi kerak.  
Bu  achchiq  bo‘lmagan,  iliq,  biroz  shirinroq  choy,  yoki  quruq  mevalarning 
damlamasi bo‘lishi mumkin. 3 – kundan boshlab 7–10 kun davomida kunlik ratsion 
massasi 1700 gr bo‘lib, erkin suyuqlik – 600 ml atrofida, oqsil – 60 gr, yog‘lar – 30 
gr, uglevodlar – 180 gr, taomning quvvat qiymati – 1200 kkal ni tashkil etadi.  
Taom uncha katta bo‘lmagan portsiyalar bilan  maydalangan holatda beriladi. 
Undan  keyin  2  hafta  muddatga  yangi  ratsion  tuziladi.  Kunlik  ratsionning  massasi 
2000  gr  bo‘lib,  erkin  suyuqlik  –  800  ml,  oqsil  –  70–80  gr,  yog‘lar  50–70  gr, 
uglevodlar 200 gr, taomning quvvati – 1600 kkal atrofida bo‘ladi. 
Taomni maydalanmagan holatda bersa ham bo‘ladi. Bemor harakatlanishi bilan 
yangi ovqat ratsion tuziladi. Ratsionning umumiy  massasi 2500 gr ni tashkil etadi, 
erkin suyuqlik – 1000 ml, oqsil – 80–90 gr, yog‘lar 50–80 gr, uglevodlar 250–300 
gr, taomning quvvat – 2000 kkal atrofida  bo‘ladi  va bemor  ushbu ovqat ratsionga 
statsionar davolash davrida rioya etilishi lozim. 
Parhezning asosiy talablari: 


157 
 
- Ovqat  quvvat  qiymatini  cheklash  va  asta-sekin  oshirib  borish,  xolesteringa 
boy  mahsulotlarni  istisno  qilish  (tuxum  sarig‘i,  ikra,  miya,  hayvonlarning  ichki 
a’zolari),  tuzni  cheklash,  suyuqlikni  cheklash,  xamirli  mahsulotlarni  iste’mol 
qilishdan cheklanish, meteorizmni keltirib chiqaradigan mahsulotlardan voz kechish 
(sut,  dukkaklilar,  karam),  qon-tomir  va  nerv  tizimini  qo‘zg‘atuvchi  mahsulotlarni 
cheklash (alkogol, kofe, kakao, achchiq choy), S va R vitaminiga boy mahsulotlarini 
ko‘p iste’mol qilish. 
Avval  miokard  infarktini  boshdan  kechirgan  bemorlarga  alohida  parhez 
variantlari  bor.  Ularning  asosiy  talablariga  yuqorida  sanab  o‘tilganlardan  tashqari 
quyidagilar  kiradi:  qovurilgan  go‘sht  va  baliqni  cheklash;  go‘shtli  va  baliqli 
bulonlarni cheklash; piyoz, sarimsoq piyoz, turp, rediskani cheklash;  yod tutuvchi 
mahsulotlarni (dengiz karami, midiyalar, kalmar va krevetkalar) iste’mol qilish. 
Barcha taomlar tuzsiz tayyorlanadi, go‘sht va baliq qaynatilgan holda iste’mol 
qilinadi, meva va sabzavotlar xom yoki qaynatilib iste’mol qilinadi. 
Dietaning ikkita varianti mavjud.  
Birinchi variant – ortiqcha tana vazniga ega bo‘lgan bemorlar uchun – oqsillar 
– 90 gr, yog‘lar – 70 gr, uglevodlar – 300 gr (shakar miqdori 50 gr dan oshmaydi), 
quvvati – 2100–2200 kkal, ratsionning massasi – 2 kg, erkin suyuqlik – 1-1,2 l, osh 
tuzi – 3 gr. 
Ikkinchi variant – me’yoriy yoki kam vaznga ega bemorlar uchun – oqsillar – 
100 gr, yog‘lar – 80 gr, uglevodlar – 350 gr (shakar miqdori 50 gr dan oshmaydi), 
quvvati – 2400–2500  kkal, ratsionning  massasi  – 2,5 kg, erkin suyuqlik – 1-1,2  l, 
osh tuzi – 3-5 gr. 
Kardioskleroz – yurak mushagining unda chandiq to‘qimaning paydo bo‘lishi 
va  rivojlanishi  bilan  bog‘liq  kasalligidir.  Kardiosklerozning  ikkita  asosiy  turi 
farqlanadi: 
Aterosklerotik  kardioskleroz  –  yurakni  qon  bilan  ta’minlovchi  tomirlar 
aterosklerozi  bilan  bog‘liq;  ma’lumki,  miokard  infarkti  chandiqlar  hosil  bo‘lishi 
bilan tugaydi, natijada kardioskleroz rivojlanadi so‘ng yurak etishmovchiligiga olib 
keladi. 
Miokarditik  kardioskleroz  –  yurak  mushagida  yallig‘lanish  jarayonlari 
rivojlanishi oqibatida paydo bo‘ladi.  
Dieta tamoyillari 
Kardiosklerozda dieta quyidagilarni talab qiladi: 
- osh tuzi miqdorini cheklash; 
- erkin suyuqlik miqdorini cheklash; 
- qon–tomir  va  markaziy  nerv  tizimini  qo‘zg‘atuvchi  mahsulotlarni  cheklash 
(alkogol, kofe, kakao, achchiq choy); 
- qovurilgan go‘sht va baliqdan voz kechish; 
- piyoz, sarimsoq piyoz, turp, rediska, achchiq va tuzli mahsulotlarni cheklash; 
- meteorizmni  keltirib  chiqaradigan  mahsulotlardan  voz  kechish  (sut, 
dukkaklilar, karam); 
- xolesteringa  boy  mahsulotlarni  istisno  qilish  (tuxum  sarig‘i,  miya, 
hayvonlarning ichki a’zolari va xayvon yog‘lari). 


158 
 
 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish