Kirish mavzuning dolzarbligi. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlangich turi xisoblanadi, hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risidagi Konun»


“Ilk qadam”davlat o`quv dasturi asosida o`quv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish



Download 52,38 Kb.
bet10/10
Sana24.06.2022
Hajmi52,38 Kb.
#699927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ILK QADAM

3. “Ilk qadam”davlat o`quv dasturi asosida o`quv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi hukumati ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni yaxshi sifatdagi maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni kengaytirish maqsadlarida mamlakatda maktabgacha taʼlimni rivojlantirish boʻyicha besh yillik Davlat dasturini va yoʻl xaritasini ishlab chiqdi.
Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish boʻyicha davlat vazifalarini bajarish uchun Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi.
Maktabgacha taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi hukumatiga maktabgacha taʼlimni rivojlantirish boʻyicha saʼy-harakatlariga texnik yordam koʻrsatadigan YUNISEFning asosiy ustuvor vazifalaridan biri boʻlib sanaladi. Maktabgacha taʼlim vazirligi va YUNISEFning 2018-yilga moʻljallangan hamkorlikdagi yillik rejasi bir nechta chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Bu rejaning yutuqlaridan biri boʻlib maktabgacha taʼlim uchun kompetentli-yoʻnaltirilgan “Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturining ishlab chiqilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlangan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga qoʻyiladigan Davlat talablarining yangilanishi hisoblanadi. Davlatning bu ikki hujjati maktabgacha taʼlim sohasidagi boshqaruvchilar, maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglar turli xildagi MTT larda taʼlim oluvchi har bir bolaning yuqori sifatli taʼlim olishini taʼminlash maqsadlarida yoʻriqnoma sifatida foydalanadigan asosiy hujjatlar boʻlib hisoblanadi.
Davlat dasturi sifatida Ilk qadam dasturining alohida muhimligi shundan iboratki, bunda u oʻz ichiga oʻqitishning pedagogik maqsadlarini oladi, kun davomida bolaning taʼlim olishi tuzilmasini taʼminlaydi, shuningdek, pedagoglar bola rivojlanishining qaysi eng muhim jihatlariga oʻz diqqatlarini jamlashlari lozimligi tushunilishini taʼminlaydi. Davlat dasturi boʻlish bilan birga Ilk Qadam dasturi butun maktabgacha taʼlim tizimini toʻliq qamrab oladigan va uni tartibga soladigan “yomgʻirpoʻsh” sifatidagi taraqqiyparvar hujjat boʻlib sanaladi. Mana shu bilan Ilk Qadam dasturi turli xil bolalar guruhlariga har xil provayderlar tomonidan taqdim etiladigan maktabgacha taʼlimning bir xil sifatini taʼminlashga moʻljallangandir. Dastur pedagoglarga bolalar uchun ragʻbatlantiruvchi oʻqitish muhitini qanday qilib yaratish va bunga ota-onalarni ham qay yoʻl bilan jalb qilishni tushunish va bilib olishga yordam beradi.
Maktabgacha taʼlim muassasasi (MTT)ning davlat oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablariga mos holda ishlab chiqilgan meʼyoriy-huquqiy hujjat boʻlib, unda maktabgacha taʼlim muassasasining maqsadlari va vazifalari, oʻquv-tarbiyaviy ishlarning asosiy gʻoyalari aks etgan, shu jumladan, taʼlimning keyingi bosqichiga oʻtishda bolaning asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. Davlat taʼlim dasturi Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi taʼlim muassasalarida qoʻllash uchun majburiydir:
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
maktabgacha taʼlim sohasida xizmatlarni koʻrsatadigan nodavlat taʼlim tashkilotlari:
maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlariga ega boʻlgan “Mehribonlik” bolalar uylari;
maktabgacha va boshlangʻich taʼlimni tartibga soluvchi boshqaruv organlari.
Bizga ma`lumki, mamlakatimizda maktabgacha ta`lim tizimiga alohida e`tibor berilmoqda. Chunki, maktabgacha ta‘lim tizimi uzluksiz ta‘limning birlamchi, eng asosiy poydevori hisoblanadi.Mutafakkir va mutaxassislarimizning hayotiy tajribalari va kuzatishlari hamda ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma‘lumotlarning 70% ni 5 yoshgacha bo‘lgan davrda olar ekan. Ana shuning uchun ham bolalarimizni sog‘lom va bilimli, yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishlarida maktabgacha ta‘lim jarayonida oladigan ta`lim-tarbiyasi juda muhim o‘rin tutadi. Barchamizga sir emaski, Respublikamiz Prezidenti ham bu tizimga alohida e‘tibor qaratmoqdalar. Shu sohaga doir bir necha yig‘ilishlar o‘tkazilib, qaror va farmoyishlar qabul qilindi.Jumladan, maktabgacha ta`lim sohasida boshqaruv faoliyatini takomillashtirish maqsadida 2017-yil 30-sentabrda ― Maktabgacha ta‘lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to’g’risidagi 29 PF–5198-sonli farmoni hamda ― O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta‘minlash va boshqaruvini qaytadan takomillashtirish to‘g‘risida‖gi qaror qabul qilindi va bugungi kunda vazirlik o`z faoliyatini olib bormoqda. Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan 2018 yil 7 iyulda ―Ilk qadam‖ maktabgacha ta‘lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi qabul qilindi. Bu dastur maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish uchun xizmat qilmoqda. Ushbu dasturda maktabgacha yoshdagi bolalarning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yilgan Davlat talablari asosida hamda MTM davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsad qilib olingan. O‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi esa bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir. Ushbu o`quv dasturi 7-bobdan iborat bo`lib: 1-bob umumiy qoidalar sanalib, 2-ta banddan iborat: Birinchi bandda, MTM o‘quv dasturi meyyoriy-huquqiy hujjat sifatida O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta‘lim muassasalarida qo‘llanilishi va ta`lim muassasalarida o‘quv dasturlarini yaratish uchun majburiy hujjat ekanligi, ta‘lim muassasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuzilishi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanishi; Ikkinchi bandda MTMning maqsad va vazifalari haqida ma`lumotlar o‘z aksini topgan. 2-bob 5-banddan iborat bo‟lib, MTM ta‟lim jarayonining maqsad va tamoyillari aks etgan: MTM ta‘lim jarayonining maqsadlari; MTMda ta‘lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari; Qo‘shimcha ta‘lim xizmatlarini tashkil qilish; Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta‘lim faoliyati; Ota-onalar bilan hamkorlik jarayonlarini qamrab olgan. O`quv dasturining uchinchi bobi maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‟lim berishda kompetensiyaviy yondashuv haqida fikrlar bildirilgan bo‟lib, 2-bandni qamrab olgan: I.Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari bunga:
Kommunikativ kompetensiya;
O‘yin kompetensiyasi;
Ijtimoiy kompetensiya;
Bilish kompetensiyasi.
II.Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari. Bolaning kompetensiyalari bu ham o`z navbatida bir necha turlarga bo‟linadi:
«Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetensiyalari;
«Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari;
«Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari;
«Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari;
«Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari. 4-bob o‟quv-tarbiyaviy jarayon o`z ichiga olgan bo‟lib, «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan davlat talablari» asosida amalga oshirilishi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish haqida fikrlar bayon etilgan. 5-bob bolaning rivojlanish sohalari bo‟yicha yutuqlari hisoblanadi.Bolaning rivojlanish xaritasi 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi, har bir bola uchun individual tarzda yiliga uch marta to‘ldirilishi va 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorlik xaritasi faqat maktabgacha ta‘lim muassasa bitiruvchilari uchungina to‘diriladi.
Download 52,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish