Kirish. Ekologiya kursi, maqsadi, vazifasi, tuzilmasi va tarixi. Reja


Hozirgi zamon ekologiya fani tuzilmasi. Ekologik hamqorlik



Download 314,57 Kb.
bet4/93
Sana12.01.2022
Hajmi314,57 Kb.
#353758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
Kirish. Ekologiya kursi, maqsadi, vazifasi, tuzilmasi va tarixi.

1.4 Hozirgi zamon ekologiya fani tuzilmasi. Ekologik hamqorlik Hozirgi zamon ekologiyasi odam va biosfera o`rtasidagi o`zaro mu­no­sabat masalalarini jadal o`rganmoqda.

Hozirgi zamon ekologiyasining yana muhim vazifalaridan biri bu biologik resurslardan oqilona foydalanish, odam faoliyati ta`si­rida tabiat o`zgarishlarini oldindan ko`ra bilish, tabiatda kechayotgan jara­yon­larni boshqarish yo`llarini o`rganish, zararkunandalarga qarshi ku­rash­ning zararsiz va samarador usullarini yaratish, sanoat korxonala­rida chiqindisiz texnologiyani ishlab chiqish va joriy etish.

Ekologiya umumiy va xususiy yoki tarmoqli bo`ladi. Umumiy ekolo­giya yoki sinekologiya har xil sistemalar (populyatsiyalar, jamoalar va ekosi­stemalar) ning tuzilishini, xossalarini hamda ularning funktsional printsi­plarini, xususiy ekologiya yoki autekologiya esa ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o`zaro munosabatini, turlarning muhitga ko`proq va uzviy moslashganligini o`rganadi. Xususiy ekologiya – o`simlik va hayvonlar ekologiyasidan iborat.

Bugungi kunda ekologiya sof biologik fanlar tizimidan chiqib, mazmuni kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta`siri natijasida ekologiya tushunchasi o`ta kengayib ketdi. Inson ekologiyasi degan tushuncha paydo bo`ldi.

Inson ekologiyasi yangi fan sifatida 1921 yil Amerikalik olimlar Borjes va Park tomonidan kiritildi. Inson ekologiyasi insonning atrof-muhitga va aksincha, atrof-muhitning insonga ko`rsatayotgan ta`sirini o`rgatadi. Insonning tabiatga ko`rsatayotgan ta`sir doirasi beqiyosdir, chunki hozirgi kunda insonning tabiatga nisbatan o`tkazayotgan salbiy ta`sirlari natijasida unumdor erlar eroziyaga uchrab unumsiz erlarga aylanmoqda, dasht ekosistemasi degan tabiiy ekosistemalar deyarli yo`qolib bormoqda, inson qo`li tegmagan o`rmonlar ham juda kam qolgan. er yuzi quruqligidagi o`rmonlar maydoni 75 % dan 25 % gacha kamaygan.

Agar yashil o`simliklar maydoni kengaytirilmasa, gidroenergiya va atom energiyasidan keng foydalanishga o`tilmasa, yana 100 yildan so`ng atmosferada kislorod kamayib, karbonat angidrit miqdori ko`payib kishi organizmining yashashai uchun xavf tug`diradi.

Qurg`oqchil mintaqalarda kishilarning xo`jalikdan noto`g`ri foydalanishi natijasida qayta cho`llanish xodisasi yil sayin kuchayib bormoqda. Hozir er qurrasi bo`yicha cho`llashgan maydonlar 30 mln km2 ga etgan bo`lib, bu sayyoramiz quruqlik maydonining 20 % ni egallaydi.

Fan va texnika taraqqiy etgan sari insonning tabiatga ta`sir etish yo`llari va shakllari ko`payib, ular tabiatda bo`ladigan miqdor o`zgarishgagina emas, balki sifat o`zgarishlarga ham olib keladi.

Ekologiya tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy bog`lanishini ifoda etar ekan, u shubhasiz tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini tashkil etadi.

Hozirgi kunda ekologiyaning asosiy vazifalari quyidagilardir.



1.Hayotning tashkil topish qonuniyatlarini inson ta'sirini hisobga olgan holda o`rganish;

  1. Biosferadagi jarayonlarni o`rganish, boshqarish, bashorat qilish, insonning yashash muhitini saqlash;

  2. Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish va boshqalardir.


Download 314,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish