Xrom ionlarining reaktsiyalari
Xrom xromat (va bixromat) kislotaning ikki qator [(xrom (III) va xrom(IV)] barqaror tuzlarini hosil qiladi.
Xrom (III) oksidlari tuzlarining eritmalarida xrom uch zaryadli kationi holida bo’ladi.
Har xil oksidlovchilar ta’sirida xrom (III) xromat kislotaning CrO42- (xromat – ion) yoki bixromat kislotaning Cr2O72- (bixromat - ion) anionlarini hosil qilib, olti valentli bo’lib qoladi.
Xrom (III) tuzlarining eritmalari yashil yoki binafsha xromatlarning eritmasi sariq va bixromatlarning eritmasi to’q sariq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |