Ammiak NH4OH ham Al3+ ionini Al(OH)3 holida cho’kmaga tushiradi, lekin cho’kma ortiqcha reagent ta’sirida bir oz eriydi. (Alyuminiy gidroksidning amfoterlik xossasi namoyon bo’lishi) Al(OH)3 ning eruvchanlik ko’’aytmasi juda kichik bo’lganligi va Al3+ ioni ammiak bilan kompleks hosil qilmasligi sababli Al(OH)3 cho’kmasi ammoniy tuzlarida erimaydi. SHuning uchun Al3+ eritmadan ammiak eritmasi bilan ammoniy tuzlari aralashmasi ta’sirida ham cho’kmaga tushadi.
Bu shundan ham tushunarliki, Al(OH)3 ning cho’kmaga to’liq tushishi uchun pH ≈ 5 bo’lishi kerak bo’lsa, NH4OH + NH4Cl aralashmasining pH va kom’onentlar kontsentratsiyalarining nisbatiga qarab 8-10 bo’ladi.
Alizarin alyuminiy gidroksid bilan “alyuminiy loki” deb ataladigan to’q qizil rangli qiyin eruvchan birikma hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |