1.2.2-rasm. “Masaraning ishi” spektaklidan lavha.
Abr so’zining ma’nosi bulut deb ta’riflanadi. Abr matolar er.av.XIX asrlarda rivojlanganligi bizga ma’lum. Atlas va adrasning mashhur turlari ko’p bo’lib, hozirda atlas va adrasning o’nlab turlari uchraydi. Bular quyidagila: “Marg’ilon”, Navro’z”, “Rasadxona”, Bibixonim”, “Nog’ora”, “Kiprik”, “Panja”, “Kelinchak”, “Bargi karam”, “Chaqirim”, “Yahudiy nusxa”, “Nomozshomgul”, “Shaxmat”, “Qora ko’zim”8.An’anaviy milliy kiyimlar tarixiga nazar tashlansa, necha ming yillar davomida ularning vazifalari va xususiyatlari shakllanganligini ko’rish mumkin. Malumki, kiyimning birinchi va asosiy vazifalari tanani sovuqdan va tabiatdagi turli noqulay vaziyatlar va tasirlardan himoyalashdan iborat. Vaqt o’tib, kiyimlar shaklan va vazifasiga ko’ra o'zgargan. Bunga tashqi tabiy muhit, xo’jalik talablari, etiqodiy qarashlar, ijtimoy-madaniy yo’nalishdagi o’zgarishlar, milliy va diniy qarashlarning ta'siriga oid ko'rsatmalar. Natijada kiyimning bir nechta muhim, ya’ni jinsiy va ijtimoy ajratuvchi xamda marosimiy – e’tiqodiy vazifalari paydo bo’lgan.⁸
1.3. Namangan Alisher Navoiy nomli musiqali drama va komediya teatri haqida ma’lumotlar.
Razzoq Hamroyev va Nabijon Roziqiylar rahbarligidagi mahalliy maktab o’qituvchilaridan iborat drama to’garagi Namangan teatrini tashkil etishga asos bo’ldi. Unga boshqa havaskorlik to’garaklari va yarim professional truppalardan iqtidorli yoshlar jalb etildi. Truppaga S.Otoxonov, B.Iminov, A.Toshboyev, A.To’raxonov, X.Sharipov, I.Isoqovlar keyinchalik esa Mukarrama Azizova, Tursunxon Jafarova, Sabohat Rahimova, Mirzajon Dadaboyevlar kelib qo’shildi. Mazkur truppa ilk bor 1931-yil 15-iyunda A.Sultonovning “Intilish” nomli pyesasi sahnalashtirildi.
1931-yil 25-iyunda truppaning ilk premyerasidan so’ng bir necha kun o’tiboq Maorif kollegiyasining Namangan bo’limi yig’ilishida Davlat drama teatrini tashkil etish haqida qaror qabul qilindi (Maorif bo’limi kollegiyasi yig’ilishining 8-sonli protokoli, Namangan viloyati Davlat arxivi f.12.0.1, d.47, l. 44).
O’sha yillari F.Shillerning “Makr va muhabbat”, A.Solovyovning “Nasriddin Afandi”, ozbek sahnasida ilk bor namoyish etilgan M.Lermontovning “Ispanlar”, V.Shekspirning “Qilor Lir”, V.Yanning “Hujum”, K.Gossining “Malikai Turandot”, G’.Zafariyning “Halima” kabi spektakllari sahnalashtirildi. Rejissorlar Amin Turdiyev, Razzoq Hamroyev bilan aktyorlar Tursunxon Jafarova, Mukarrama Azizova, Abdurahmon Toshboyev, Sobir Rahmonov, Mirzajon Dadaboyev, Akmal Rahimov hamkorligida Komil Yashinning “Nomus va muhabbat”(1938), Umarjon Ismoilovning “Rustam” (1935), Xamzaning “Boy ila xizmatchi” (1939) asarlari sahnalashtirildi.
1936-yilda hukumat qaroriga asosan Namangan Davlat drama teatriga Alisher Navoiy nomi berildi.
Ikkinchi jahon urushi yillari Dnepropetrovskdagi Taras Shevchenko nomli Ukraina Davlat teatrining front brigadasi Namanganga ko’chiriladi. O’sha davrda Ukrain artistlari bilan hamkorlikda Gulak Artemovskiyning “Dunay ortidagi zaparojiyalik” (1944) komik operasi sahnalashtirildi. Urushdan keyingi yillarda teatr sahnasida Abdulla Qahhorning “Shohi so’zana” (1953), Bahrom Rahmonovning “Yurak Sirlar” (1954) kabi spektakllari paydo bo’ldi. 50-60 yillar esa jamoaning o’z repertuarini topish borasidagi izlanishlari davri bo’ldi. Teatrga O’zbekiston Raspublikasida xizmat ko’rsatgan artist Albert Xachaturov bosh rejissor qilib tayinlanadi. Ushbu rejissor teatrga romantik jo’shqinlik va qahramonlik mavzusini olib kirdi. 1954-yili Namangan teatrida V.Shekisprning “Otello” tragediyasi sahnalashtirildi. 1957-yili Namangan teatri Toshkent bo’ylab gastrol safariga chiqadi. Gastrol repertuari “Rustam”, “Layli va Majnun”, “Ispanlar”, “Otello”, “Aziz va Sanam”, Gang daryosining qizi” kabi spektakllardan iborat bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |