Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Uning maqadi, tarkibiy qismlari, uzluksiz ta`limning moxiyati. Rivojlangan davlatlarning kasb ta`limi tizimi


Videokonferensiya o’tkazish uchun asosan ikkita shartni bajarish lozim



Download 275,3 Kb.
bet32/35
Sana31.12.2021
Hajmi275,3 Kb.
#201847
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3)

Videokonferensiya o’tkazish uchun asosan ikkita shartni bajarish lozim:

a) videokonferensiyani amalga oshirish uchun zarur bo’lgan kompyuter (texnik) qurilmalari;

b) videokonferensiyani o’tkazish talabiga javob beruvchi aloqa kanallaridan foydalangan holda muloqotga chiquvchilar bilan bog’lanish.

Videokonferensiyalar transport va xizmat safari harajatlarini ancha qisqartirish imkonini beradi. Bunda uzoqda joylashgan ta’lim oluvchilarda ta’limni o’zlashtirish samaradorligi oshadi.


FORUMLAR – TA’LIM METODI


Forum tushunchasi. Internet tarmog’ida forumlar veb-sayt ko’rinishida bo’ladi va Veb-forum deb ataladi. Veb-forum – veb-­sayt tashrif buyuruvchilarining o’zaro muloqotini tashkil etish uchun mo’ljallangan veb-sayt sahifalari va uskunalari majmui. Qisqacha aytganda, forum bu veb-saytning tashrif buyuruvchilari muloqot o’rnatadigan maydonchasi. Bunda ixtiyoriy foydalanuvchi forum veb-saytiga tashrif buyurib, o’zini qiziqtirgan mavzuni o’rtaga tashlashi va veb-saytning boshqa tashrif buyuruvchilari bilan muhokama qilishlari mumkin.

Forum muloqotning yana bir oddiy turi bo’lib, bu muloqotda ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joydan qatnashish ham mumkin. Forumni o’tkazishda biror mavzu tanlanadi va u muhokamaga qo’yiladi. Qatnashuvchilar muzokara jarayoni bilan tanishib, o’z fikrlarini jo’natishlari mumkin. Bu usulda siz muhokamada qatnashayotganlarni ko’rmaysiz, faqatgina ularning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Forumda turli-tuman mavzular muhokama qilinadi. Bunda siz biror mavzuni tanlab, ularning muhokamasida ishtirok etishingiz mumkin.



Milliy va xalqaro internet forumlari. Internet forumlari alohida yo’nalishlarga ixtisoslashgan yoki umumiy bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan Internet forumlariga medistina, dasturlash texnologiyalari, dizayn va moda, kompyuter o’yinlari va transport vositalariga bag’ishlangan forumlar misol bo’ladi.

Ixtisoslashgan forumlarda faqatgina mo’ljallangan sohaga oid mavzular muhokama qilinadi, umumiy forumlarda esa, ixtiyoriy mavzuni o’rtaga tashlash mumkin.



Xalqaro forumlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

  • Medicinform.ru forumi — ushbu forum tibbiyot sohasiga ixtisoslashgan bo’lib, u orqali kasalliklar va ularni davolash, dori vositalari va ularni to’g’ri qo’llash hamda tibbiyot bo’yicha yuridik maslahat olish mumkin.

  • Progz.ru forumi – ushbu forum dasturlash texnologiyalaridan foydalanish, kompyuter dasturiy vositalarini ishlab chiqish va dasturlash bilan bog’liq yuzaga kelgan muammolarni muhokama qilishga mo’ljallangan.

  • Avtomobili.ru forumi – ushbu forum avtomobil ishqibozlari forumi bo’lib, unda avtomobillar brendlari, markalari va turlari hamda ularni ta’mirlash va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq masalalarni muhokama qilish mumkin.

  • Stopforum.ru forumi – bu kompyuter o’yinlari forumidir. Bunda o’yinlarning turlari, ularni o’ynash sirlari va yuzaga kelgan muammolar muhokama qilinadi.

  • WildDesign.ru forumi — bu forumda dizayn, moda va tasviriy san’at ixlosmandlari va ijodkorlari fikr almashishadi. Bundan tashqari ijodkorlar asarlaridan baxramand bo’lish mumkin.

  • Uforum.uz – milliy forumi. Uforum.uz milliy forum hisoblanib, u Respublikamizning axborot texnologiyalari, ta’lim, madaniyat, moliya, sog’liqni saqlash sohalarida hamda davlat sektori va elektron hukumat tuzilmasida ro’y berayotgan masalalar muhokamasini o’z ichiga oladi.

 

Download 275,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish