Current English. – Boston, 1935. – 397 p.; Marchand H.
Word-Formation. A Synchronic-Diachronic Approach // Alabama Linguistic and Philological Series. – Alabama: University of Alabama Press, 1966. Vol. 13. – 379 p.
O‘zbek tili grammatikasi. I tom. – Toshkent: Fan, 1975. 22–24-betlar.
T.S.Sergeyeva. Ko‘rsatilgan maqola. 176-bet.
Горшунов Ю.В. Прагматика аббревиатуры. Автореф. дис. ... дoкт. филол. наук. – М., 2000. – 32 с.; Тибилова М.И. Аббревиатуры-инновации (системно-
1935. – 397 p.; Marchand H. The Categories and Types of Present-day English Word-Formation. A Synchronic-Diachronic Approach // Alabama Linguistic and
Philological Series. – Alabama: University of Alabama Press, 1966. Vol. 13. – 379 p.; Sunden K. Contribution to the Study of Elliptical Words in Modern English.
– Uppsala, 1904. – 233 p.
Косарев О.Г. Аббревиатура как одно из средств экономии и экспрессии речи // ИЛШ, 2004. №1. – С. 56–63; Лунёва Д.В., Нечепуренко М.Ю.
образования. Филологические науки. №5. 2016. – С. 321–323.
D.B.Lunyova, M.Y.Nechepurenko. Ko‘rsatilgan maqola. 323-bet.
veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
27
Tahlil
“Akademnashr” nashriyoti ana shunday nomlangan
kitob bilan daho shoirimiz ijodiga yangi bir ochqichni
bizga hadya etdi. Bunday umumiy nomda e’lon qilingan
ushbu so‘zlar aslida XVIII asrda Xorazmda yashagan
mohir lug‘atshunos olim Muhammad Xoksorning
“Muntaxab ul-lug‘ot” va “Zubd ul-lug‘ot” risolalarining
chop etilgan nusxasidir.
Ushbu ilmiy asarni nashrga tayyorlovchi, so‘zboshi
va izohlar mualliflari Mas’udxon Ismoilov va Abrorxon
Akbarov, uni eski o‘zbek yozuvidan kirill yozuviga
o‘tkazganlar esa Mahdixon Ismoilxon Faqiriy o‘g‘li
va Humoyunxon Ismoilovlardir. Kitobga filologiya
fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinov mas’ul
muharrirlik qilgan.
O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: Porso Shamsiyev va
Sobirjon Ibrohimov tuzgan “Navoiy asarlari lug‘ati”
(1972), Botirbek Hasanov tuzgan “Alisher Navoiy
asarlari uchun qisqacha lug‘at” (1993), Ergash Fozilov
rahbarligida tuzilgan to‘rt jildli “Alisher Navoiy asarlari
tilining izohli lug‘ati” (1983–1985), Berdak Yusufning
“Mumtoz adabiy asarlar lug‘ati” (2010) mavjud ekan,
ushbu lug‘at nashriga ehtiyoj bormidi?
Ushbu yangi “Alisher Navoiy asarlari lug‘ati” kitobi
bilan tanishgan olim bunga: “Ha, ehtiyoj bor ekan!” –
deb javob beradi. Ushbu kitobdan Muhammad Xoksor
va XX asr navoiyshunoslarining Alisher Navoiy so‘zlari
asl ma’nosi va ma’nolar qamrovi idrokida juda sezilarli
farqlar borligi yaqqol ma’lum bo‘ladi. Chunki Navoiy
davrida iste’molda bo‘lgan narsa-predmetlarning
deyarli hammasi Muhammad Xoksor zamonida bo‘lgan,
u bularni ko‘zi bilan ko‘rgan va qo‘li bilan tutgan. XX
asrda esa bunday imkoniyat to‘la saqlangan, deb
aytolmaymiz. Masalan,
“shast”
so‘ziga Porso Shamsiyev
va Sobirjon Ibrohimov tuzgan lug‘atda: “1) kamon o‘qi;
2) qarmoq”dan iborat ikki yaxshi izoh bor (692-bet).
To‘rt jildli lug‘at “1) baliqni suvdan sanchib oladigan
nayza, qarmoq, garpun; 2) changak” ma’nolarini ilova
qilgan. Endi shu so‘z izohlarini Muhammad Xoksor
tilidan eshitamiz: “Qormog‘kim, oning birla boliq tutarlar
va yana bosh barmoqg‘a ayturlar. Va dog‘i fassod
(qon
oluvchi)
nishtarin
(jarrohlik pichog‘i bo‘lib, u tomirdan
qon olishda ishlatiladi)
ham ayturlar ermish. Ba’zilar
mahbublar zulfining uchidagi gajakmonand xamig‘a
(egri)
ayturlar ermish”
1
.
Mumtoz adabiyotimizda ancha faol qo‘llaniladigan
“shast” so‘zining izohlarini bu yangi lug‘at uchta yangi
Do'stlaringiz bilan baham: