Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart


Doniyor  – atoqli  ot, shaxs nomi, bosh kelishikda, sodda ot;  ko‘p



Download 28,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/88
Sana24.01.2022
Hajmi28,53 Mb.
#408022
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   88
Bog'liq
til va adabiyot

Doniyor

 – atoqli 

ot, shaxs nomi, bosh kelishikda, sodda ot; 

ko‘p

 – daraja-

miqdor ravishi, tub ravish, sodda ravish; 

kitoblarni

 – 


turdosh ot, aniq ot, sodda tub ot, narsa oti, ko‘plikda, 

tushum kelishigida; 



o‘qigan

 – o‘tgan zamon fe’li, 

bo‘lishli, o‘timli, xabar maylida, sof fe’l, aniq nisbatda, III 

shaxs birlikda, sodda tub fe’l.

Demak, morfologik tahlil quyidan yuqoriga qarab 

murakkablashib borgandagina so‘z turkumlari yuzasidan 

olingan bilimlarni amaliy jihatdan mustahkamlash, 

avval o‘rganilgan mavzularni yodda saqlash va so‘z 

turkumlari haqida to‘laqonli bilim hosil qilishga amaliy 

yordam beradi.

“Morfologiya” bo‘limini sathlararo bog‘liqlikda, 

birinchidan,  “Orfografiya”  bilan  bog‘liq  holda  o‘qitish 

muhim talablardan biridir. Masalan, fe’l so‘z turkumini 

o‘qitishda o‘quvchilar quyidagi imloviy bilimlarga ega 

bo‘ladi: 

“Yetakchi va ko‘makchi fe’llar qo‘shilmasi 

hamda­­qo‘shma­fe’llar­ajratib­yoziladi”;­“Juft­va­takroriy­

fe’llar­chiziqcha­bilan­yoziladi”.­

Ot so‘z turkumida ham 

o‘quvchilar bir qator imloga oid bilimlarni o‘rganadilar: 

“Atoqli otlar bosh harf bilan yoziladi, shuningdek, 

korxona, muassasa, tashkilot, suv havzalari nomlarining 

yozilishi­ haqida­ ham­ ma’lumotlar­ beriladi”.

  Juft  va 

takroriy otlarning chiziqcha bilan yozilishi haqidagi 

bilimlar mashqlar yordamida mustahkamlanadi. 

Ikkinchidan, bu bo‘limni leksik sath bilan bog‘liq holda 

o‘qitish yaxshi samara beradi. Masalan, 



“Baxt har kuni 

ham­kelavermaydi”­

gapini olib ko‘raylik. Gap tarkibidagi 

baxt so‘ziga o‘quvchilar e’tibori qaratiladi va ulardan 



veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz

17

навбатчи


Metodik tavsiya

shu so‘zning ma’nodoshini topish so‘raladi. O‘quvchilar 

bu so‘zga 

saodat, tole

 so‘zlari ma’nodosh bo‘la olishini 

aytadilar. 

Berilgan gap tarkibidagi qaysi so‘z omonim 

bo‘la oladi?, Qaysi so‘z ko‘chma ma’noda qo‘llangan?, 

Qaysi so‘z o‘z antonimiga ega?

 kabi savollar yordamida 

leksik bilimlar esga olinadi. Bu esa bilimlarning 

mustahkamlanishiga zamin yaratadi. 

“Morfologiya” bo‘limining  muvaffaqiyatli o‘zlashti-

rilishi uning “Sintaksis” bo‘limi bilan qay darajada alo-

qadorlikda o‘qitilishiga ham bog‘liq. O‘rganilayotgan 

so‘zning qaysi so‘z turkumiga mansubligi va uning gap-

dagi sintaktik vazifasi aniqlab borilishi natijasida o‘quv-

chilarning sintaktik bilimlari ham tobora oshib boradi. 

Bu esa ularning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga mu-

nosib hissa qo‘shadi. 

“Morfologiya” bo‘limini o‘qitishda taqqoslash usulini 

qo‘llash e’tibor berilishi lozim bo‘lgan vazifalardan yana 

biridir. Ma’lumki, bu bo‘limda o‘zaro o‘xshash hodisalar 

va grammatik shakllar ko‘plab uchraydi. Masalan, 

fe’lning ravishdosh shakli ravish so‘z turkumiga, 

sifatdosh shakli esa sifat so‘z turkumiga  o‘xshaydi. Fe’l 

yasovchi  


Download 28,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish