Bo‘limlar orasidagi tanaffus
O‘yinchilar bo‘limlar orasida tanaffusga chiqish xuquqiga ega.
Bo‘limlar orasidagi tanaffus 15 minutdan ko‘p bo‘lmasligi zarur.
Bo‘limlar orasidagi tanaffus musobaqa reglamentida belgilangan bo‘lishi zarur.
Bo‘limlar orasidagi tanaffus vaqtini faqatgina hakam bilan kelishgan holda o‘zgartirish mumkin.
Yo‘qotilgan vaqtlar uchun qo‘shimcha vaqt
Xar bir bo‘limga quyidagi hollarda yo‘qotilgan vaqtlarga qo‘shimcha vaqt qo‘shish mumkin:
O‘yinchilar almashtirilganda;
O‘yinchi jiddiy jaroxat olgandagi vaqt uchun;
Jaroxat olgan o‘yinchini maydon tashqarisiga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun olib chiqqan vaqt uchun;
O‘yin vaqtini ataylab cho‘zganda;
Va boshqa sabablar uchun.
Yukotilgan vaqtga qo‘shimcha vaqtni faqat bosh hakam qo‘shishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |