Darvozabon tomonidan to‘pni yon chiziqdan tashlab berishda
Agar darvozabon to‘pni yon chiziqdan o‘yinga kiritgandan so‘ng, to‘pga boshqa o‘yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to‘pga tegsa(fakat qo‘li bilan emas):
o‘yin qoidasi buzilgan joydan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanishi kerak.
Agar darvozabon to‘pni yon chiziqdan o‘yinga kiritgandan so‘ng, to‘pga boshqa o‘yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to‘pni atayin qo‘li bilan o‘ynasa:
agar bu qoidabuzarlik o‘z jarima maydonchasining tashqarisida yoki raqib jamoa jarima maydonchasida sodir etilgan bo‘lsa, o‘sha nuqtadan raqib jamoa foydasiga jarima to‘pi belgilanadi;
agar bu qoidabuzarlik o‘z jarima maydonchasida sodir etilgan bo‘lsa o‘sha nuqtadan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi.
Agar yon chiziqdan to‘pni o‘yinga kiritayotgan o‘yinchiga raqib o‘yinchisi noxaqlik bilan, qoidaga xilof ravishda to‘pni o‘yinga kritishda xalaqit qilsa:
bu qoidabuzarlik sport qoidalariga xilof ravishda harakat kilish deb topilib, Qoida buzgan o‘yinchi sariq kartochka ko‘rsatish bilan ogoxlantirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |