6. Musobaqalar to’g’risida Nizom
Tasdiqlangan sport musobaqalarining kalendari asosida har bir musobaqa uchun alohida «Nizom» tuziladi. Kalendar musobaqalarini tayyorlash va utkazish «Nizom ishlab chisishdan boshlavadi va bu «Nizom» musobaqa utkazyshda asosny hujjat bulib hisoblanadi.
Musobaqa «Nizom» i jismoniy tarbiya jamoaining uquv-trenirovka va sport ishlariga katta ta’sir kursatadi. «Nizom» ni oldindan aniq bilish uquv-sport ishlarini to’g’ri rejalashtirishga yordam beradi. «Nizom» musobaqada qatnashadigan barcha tashkilotlarga oldindan keragicha yuboriladi.
Musobaqa utkazayotgan tashkilot «Nizom» tuzishda quyidagilarni kursatishi lozim.
1. Musobsщaning maqsadi va vazifalari. Ular quyidagilardai iborat bulshni mumkin:
a) uquv-trenirovka ishlarnning yakunini tekshirish;
b) basketbolchilarning tayyorgarligini tekshirish va kuchlarni aniqlash;
v) sportchilarning sistematik ravishda trenirovka qilishga va sport mahoratlarini oshirishga bulgai qiziqishlarini oshirish;
g) basketbol uyinini omma urtasida keng yoyish va boshqalar.
2. Musobaqalarni utkazish vakti va joyi kursatiladi.
Agar musobaqalar sportchilarning doimiy turar joylarida utkazilmasa, u holda yetib kelish va ketish kunlari kursatiladi.
3. Musobaqalar utkazishga rahbarlik.
Musobaqalarni utkazish bevosita qaysi tashkilot zimmasiga yuklangailigi va musobaqalarni ta’minlaydigan hakamlar kollegiyasini kim tasdiqlashi kursatiladi.
4. Musobaqlarda qatvashuvchi tashkilotlar va sportchilar.
Qaysi tashkilotlar va jamoalar musobaqalarga quyilishi, qatvashuvchilar qanday talablarga javob berishlari lozimligi kursatiladi.
5. Musobaqalarni utkazish tartibi (programma).
Musobaqalar qaysi sistema (aylanma, olimpiya, aralash) buyicha o’tkazilishn batafsil kursatiladi. Qur’a tashlash vakti, joyi va uning asosiy prinsiplari ma’lum qilinadi. Musobaqa natijalarini aniqlash tartiblari belgilapadi (ochkolar soni bir xil, durang, uyinga kelmaslik va boshqa xollar).
6. Tashkilotlarni, jamoalarni, satvashchilarni va trenerlarni mukofotlash.
Tashkilotlar, jamoalar, qatnashchilar va treperlar qaysi urin uchun nima bilan mukofotlanishlari kursatiladi.
7. Qatnashuvchi tashkilotlar va jamoalarni qabul qilish shartlari.
Musobaqa qatvashchilari musobaqa utkazish joylarida qaysi vaqt davomida, qaysi tashkilot xisobiga nimalar bilan ta’minlannshi ma’lum qilinadi.
Zayavkalar.
Musobaqalarda qatnashish uchun dastlabki va oxirgi zayavkalarni berish tartibi, muddati hamda zarur bulgai qushimcha hujjatlar (pasport, klassifikasiya bileti va boshqalar) kursatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |