Aylanma sistema. Musobaqalar aylanma sistemada o’tkazilganda hamma jamoalar bir-birlari bilan uchrashib chiqadilar. Ular bir-birlari bilan bir, ikki yoki undan ham ko’proq uchrashib chiqishlari mumkin. Pirovardida butun musobaqa davomida eng ko’p ochko to’plagan jamoa g’olib chiqadi.
Aylanma sistema eng takomillashgan sistema xisoblanadi chunki u faqat birinchi o’rinni egallagan jamoanigina aniqlab qolmay, balki musobaqada qatnashayotgan hamma jamoalarning tayorgarligiga munosib o’yinlarni aniqlab beradi. Bu sistema qatnashuvchilardan katta tayyorgarlikni va basketbolchilarning butun musobaqa davrida yuqori sport formasida bo’lishlarini talab qiladi.
Lekin aylanma sistemasining salbiy tomoni shundaki, bunda musobaqa o’tkazish uchun ko’p vaqt talab qilinadi. Buning uchun jamoalar guruhlarga bo’linadi,
Aylanma sistema bo’yicha musobaqalarda jamoalar bir-birlari bilan bir martadan uchrashtirilib, musobaqa tur yoki turnir sifatida o’tkazilishi ham mumkin.
Aylanma sistemasi buyicha kalendar tuzishda eng avval musobaqalar o’tkazish uchun kerakli kalendar kunlari quyidagicha aniqlanadi: qatvashuvchi koman-dalarning soni juft bo’lgan paytda - musobaqa uchun kerakli kalendar kunlarining soni jamoalarning sonidan bitta kam bo’ladi, toq bo’lganda teng bo’ladi.
Aylanma sistemasi buyicha kalendar ikki usulda tuzilishi mumkin: takomillashgan va soddalashtirilgan. Birinchi usulda avval toq sonli jamoalar uchun jadval tayyorlanadi, jamoalarning soni juft bo’lganda oxirgi son vaqtincha hisoblanmay turiladi, avval kalendar kunlarining soniga teng vertikal chiziqlar chiziladi. Birinchi chiziqning tepasiga birinchi nomer, shu chiziqning atrofiga esa qolgan nomerlar soat strelkasinnig xarakati bo’ylab joylashtiriladi. Boshqa vertikal chiziqlar orasiga nomerlar ketma-ket «ilon izi» shaklida yozib chiqiladi. Masalan, 5—6 jamoa uchun o’yin kalendari quyidagicha tuziladi.
Jamoalarning soni toq bo’lgan paytlarda vertikal chiziqlarning yuqorisidagi va pastidagi jamoalar shu o’yin kunlari musobaqalarda qatnashmaydilar.
Jamoalarning soni juft bo’lgan paytlarda esa vaqtincha xisoblanmay turilgan oxirgi juft son vertikal chiziqlarning yuqorisida va pastida joylashgan sonlarga qo’shib chiqiladi. Bunda yuqoridagi sonlarga chap tomondan, pastdagilarga u o’ng tomondan qo’shiladi.
Shundan so’ng har bir kalendar kunida avval yuqori tomonda joylashgan son, so’ng esa chap tomonda joylashgan son ko’chirib yoziladi. Bunda yana shunga ahamnyat berish lozim: birinchi kalendar kuni yuqoridagi pastga, ikkinchi kalendar kuni pastdagi yuqoriga, uchinchi kalendar kuni yuqoridan pastga qarab va hokazo tartibda ko’chiriladi.
Shunday qilib, takomillashgan usul bo’yicha kalendar tuzilganda har bir jamoa o’z maydoni va raqib maydonida galma-gal musobaqalashish imkoniga ega bo’ladi.
Soddalashtirilgan usul tur va turnir musobaqalarining kalendarini tuzishlarda qullaniladi. Jamoalarning soni toq bo’lgan paytlarda shartli ravishda «0» nomeri qo’shiladi. Qaysi jamoaning kalendar kuni «0» -bilan juftlansa, o’sha kuni u musobaqalarda qatnashmaydi (dam oladi).
Masalan, 7- jamoa uchun o’yin kalendarini quyidagi tartibda tuzsa bo’ladi:
Jamoalarning soni juft bo’lgan paytlarda shartli qo’yilgan «O» o’rniga oxirgi juft son yoziladi. Yuqorida keltirilgan misolda 8 raqami yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |