Yon tomondagi hakamlar.
Yon tomondagi hakamlar o’rtadagi hakamga yordam beradilar, kurashchilarning hamma harakatlarini baholab boradilar.
Kurashchilar harakatini baholashda gilamdagi uchta hakamdan ko’pchilik fikri bilan ish yuritiladi.Agar fikrlar har xil bo’lsa, bir fikrlarga kelish uchun maslahatlashib olishlari kerak.
Yon tomondagi hakamlari bir biriga qarama-qarshi tomonlardagi kurslarda o’tirishadi. Olishuv davomida zaruriyat tug’ilib qolsa, yon tomondagi hakam olishuvni tik turib kuzatishi ham mumkin:
Agar kurashchilarning biriga yoki ikkalasiga ham qisa fursatga gilamdan chiqish zarur bo’lib qolsa, yon tomondagi hakamlardan biri hamrohlik qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |