Bosh kotib va kotiblar.
Bosh kotib musoboqa qatnashchilari mandat komissiyasidan o’tayotgan vaqtda kurashchilarning hujjatlarini tekshirib boradi.
Bosh kotib, hakamlar hay’atining majlisini musoboqa va olishuv bayonnomalarini, kurashish tartibini va boshqa hujjatlarni yozib boradi.
Kotiblar o’z gilamidagi bayonnomalarni yozib boradilar
Kotiblar olishuv baholarini va ogohlantirishlarini nazorat qog’oziga yozib boradilar.
Bosh kotib, bosh hakam bilan birga musoboqaning hisobot bayonnomasini to’ldirib, unga imzo qo’yib topshirishga mas’ul shaxsdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |