Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020

sotsiologiya»
terminini ishlatdi2.
Kont bu yangi fanga nom berdi va uning asosiy chegaralarini 
belgiladi. «Sotsiologiya» termini unga tegishli bo‘lib, (lotincha 
societas
- jamiyat, yunoncha 
logos
- fan) jamiyat haqidagi fan 
ma’nosini anglatadi. 1830-yillarda ijtimoiy hayot muammolari alohida 
fan doirasida o‘rganilmagan, dunyoqarashning umumiy manzarasini 
tashkil etgan bo‘lsa, XIX asming o'rtalariga kelib sotsiologiya alohida 
fan sifatida tan olindi.
O.Kontning asosiy maqsadi sotsiologiyani tabiatshunoslik fanlari 
kabi aniq va mahsuldor, oqilona va samarali bo‘lgan, o‘zining 
ahamiyati va foydaliligini isbotlab bergan kuzatish, tajriba, taqqoslash 
va boshqa shu kabi usullardan foydalanuvchi fanga aylantirishdan 
iborat edi. Gap ijobiy natija bera oladigan, pozitivistik yo‘nalishdagi 
bilimlarga asoslangan bilim haqida bormoqda. Jamiyat va inson 
to‘g‘risidagi fan uchun bunday yondoshuv o‘z davri uchun inqilobiy 
hisoblangan. Bu sotsiologiya tarixining quyi chegaralarini aniqlashda
' Qarang: К омиссаров И.И. М еханистические общ ественны е модели А. Кетле и Г.Ч. Кэри: 
сравни тельны й анализ // В естник Воронежского государственного университета. Серия: Ф илософия.
2015. № 4 (18). - С . 144-149.
2 Qarang: И стория социологии: учебник и практикум для академического бакалавриата / 
А В .В о р о н ц о в , М .Б.Глотов, И. А.Громов; под общ. ред. М .Б.Глотова. - 2-е изд., перераб. и доп. - М.: 
И здательство Ю р акт, 2017. - С. 36.


pozitivizmni tan olishni, O.Kontni esa uning ilk namoyandasi va 
ifodalovchisi sifatida tan olinishini isbotlaydi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, O.Kont tomonidan taqdim 
etilgan pozitivizmni birinchi qo'llab-quvvatlagan olimlardan bin Jon 
Styuart Mill (1806-1873) hisoblanadi. U - angliyalik faylasuf, 
iqtisodchi va jamoat arbobi. J.S.Mill O.Kont bilan bevosita tanish 
bo‘lgan, u bilan va unga atalgan ilk kitobni nashr ettirgan - «Ogyust 
Kont va pozitivizm» (1859). J.S.Mill Kont pozitivizmini qo‘llab- 
quvvatlab, uning poztitiv fanlar klassifikatsiyasini siyosiy iqtisod, 
psixologiya va etika («etologiya») fanlari bilan boyitgan.
2. 
Endi sotsiologiyaning fan sifatida yuzaga kelishiga sabab 
bo'lgan bir qator omillami qarab o ‘tsak. Bu masala ham olimlar 
tomonidan turlicha talqin etiladi. Masalan, bir qator olimlar 
sotsiologiya 
fani 
shakllanishi 
shart-sharoitiarini 
quyidagi 
ko'rinishdagi uchta guruhga ajratib chiqish maqsadga muvofiq, deb 
hisoblaydilar: jumladan - ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-ilmiy va g‘oyaviy- 
nazariy shart-sharoitlar.1
Ulardan birinchisini qarab o‘tamiz. Ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai 
nazardan, sotsiologiya fanining paydo bo‘lishini belgilab beruvchi 
shart-sharoitlami bevosita XIX asrning birinchi choragida kapitalizm 
tuzumi bilan bog'liq rivojlanish belgilab beradi va bu davrda ijtimoiy 
munosabatlar, inson va jamiyatning o‘zaro aloqadorligining ijtimoiy 
bilimlar markazini egallashi qayd qilinadi. Yangi sharoitlarda 
insonlaming hayoti rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda, birinchi 
navbatda, Angliya va Fransiyada ijtimoiy qarashlar va g‘oyalarda 
qarama-qarshiliklar yuzaga kelishiga olib kelgan, aynan ushbu 
mamlakatlarda sotsiologiya fanining dastlabki yirik vakillari - ya’ni, 
mumtoz sotsiolog olimlar — O.Kont va G. Spenser yashaganligi va 
faoliyat 
olib 
borganligi 
tasodifiy 
holat 
hisoblanmaydi. 
Bu 
mamlakatlarda bir tomondan - oldingi rivojlanish davrlariga nisbatan 
solishtirilganda, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jihatdan sezilarli 
darajada taraqqiyot yuz bergan, boshqa tomondan esa - aholining 
ma’lum bir qatlamlarining boshqa toifalar tomonidan ezilishi, inqiroz 
holati, ishchilar mehnatining mislsiz mashaqqatli tus olishi, bolalar va 
ayollar mehnatidan foydalanish kuchayishi, ish haftasi vaqtining
1 Qarang: Зборовский Г.Е. И стория социологии: классический этап: учебник для вузов. 2 -е изд. 
испр. 
и 
доп.
- Сургут и [др.]: РИО СурГПУ, 2014. - С. 15-17.
10


uzaytirilishi, ishlab chiqarish va shu bil 
birgalikda, oddiy 
mehnatkashlaming maishiy turmush share 
'ing qiyinlashishi 
holatlari qayd qilinadi.
Tabiiyki, 
bu 
ko‘rinishdagi 
sharoitlarga 
qarshi 
javob 
reaksiyasining ko‘rsatilishi turli xilda ifodalangan. 
Jumladan, 
mehnatkashlar sinfl asta-sekin yangicha va kuchli sinfly qarshilik 
shakllarini tuzishga va ulaming tarkibida birlashishga intila 
boshlashgan. Bu holat birinchi navbatda, Angliyada ludditlar 
harakatining (fabrikalarda ishchilaming asosiy dushmani sifatida 
ishlab chiqarish mashinalarining buzib tashlanishini amalga oshirgan 
yo‘nalish) avj olishiga olib kelgan, keyin - chartistlar harakati, 
Fransiyada esa - Lionlik to‘qimachilaming qo‘zg‘oloni, Germaniyada 
Silez norozilik harakatlari qayd qilingan.
XIX asming birinchi yarmida ijtimoiy qarashlarda ushbu qaror 
topgan jarayonlarga nisbatan reaksiya ko‘rsatishning bir nechta 
shakllari yuzaga kelishi kuzatilgan. Jumladan, hayoliy farovon 
mamlakatni orzu qilishga asoslangan - utopizm ham, marksizm ham, 
konservativizm hamda liberalizm va boshqa yo‘nalishlar ham 
rivojlangan. Kapitalizmning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan 
rivojlanishining ma’lum bir shakllari bevosita jamiyat haqidagi yangi 
fan hisoblangan - sotsiologiyaning paydo bo‘lishini belgilab bergan, 
bu fan jamiyatning tabiiy rivojlanish qonuniyatlariga oydinlik kiritish 
va bu jarayonlaming nimalar bilan bog‘liqligini tushuntirish lozim edi.
Shu bilan birgalikda, sotsiologiya fanining manbalarini nafaqat 
kapitalistik jamiyatning o‘zidan, uning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
rivojlanishi holatlaridan izlash talab qilinadi, balki ushbu jarayonlar 
haqidagi ob'ektiv bilimlar ham sotsiologiyaning shakllanishini 
belgilab bergan. So‘zsiz ravishda, sotsiologiya fanining tub ildizlari 
umumiy sivilizatsion tabiatga ega holatlar bilan izohlanadi. Asta-sekin 
butunjahon bozori munosabatlarining shakllanishi, o ‘zaro o ‘xshash 
siyosiy tuzilmalaming paydo bo‘lishi, turli xil madaniyatlar o ‘rtasida 
o‘zaro aloqadorlik shakllangan. Boshqacha aytganda, sotsiologiya 
fanining paydo bo‘lishini belgilab beruvchi shart-sharoitlami bir butun 
ijtimoiy olamning harakatlanishi nuqtai nazaridan qarab chiqish 
maqsadga muvofiqdir. Albatta, uning o‘rganilishi zaruriyati - jamiyat 
haqidagi yangi o‘ziga xos fanga ehtiyojni yuzaga keltirdi.
Sotsiologiyaning paydo boiishini ijtimoiy ehtiyojga o ‘ziga xos 
tarzdagi javob sifatida olib qarash mumkin. Shu sababli, Kont,
i i


Spenser kabi sotsiolog oHmlaming sotsiologik qarashlarida ijtimoiy 
masalaiarga katta e'tibor qaratilganligi tasodifiy holat hisoblanmaydi 
(ulardan ayrimlarini biz hozirgi vaqtda global miqyosda ahamiyatga 
ega masalalar, deb hisoblaymiz). Sotsiologiyaning yangi fan sifatida 
o‘ziga xos tamoyillarini ishlab chiqqan dastlabki sotsiolog olimlar 
tomonidan aynan jamiyat tushunchasining ta’riflanishi qayd qilinadi. 
Albatta, bu yo'nalishdagi qarashlar XIX asrning o‘rtalarida qaror 
topgan g‘oya!arda unchalik ko‘zga tashlanmasada, keyingi davrda 
yaqqol kuzatiladi.
Shu sababli, sotsiologiya fanining shakllanishida ijtimoiy-sinfiy 
jihatlarning tutgan o‘mini alohida bo‘rttirib ko‘rsatish kerak emas, bu 
holat yaqin davrlargacha ayrim sotsiologiyaga oid adabiyotlarda 
yaqqol kuzatilgan, ya’ni sotsiologiyaning yangi fan sifatida paydo 
boiishi va rivojlanishi da ishchi-mehnatkashlar svn fining tutgan o‘mi 
alohida ahamiyatga ega hisoblanishi ta ’kidlan%an. Bundan tashqari, 
sotsiologiya asoschilari, jumladan birinchi 
u a v b a td a
- Kont o‘z 
qarashlarida ushbu masalaga alohida e’tibor qvaratgan. Uning «Pozitiv 
siyosat tizimi» asarida sotsiologik pozitivizm va Fransiyada amalga 
oshirilgan inqilob o‘rtasidagi aloqadorli’klar, shuningdek ushbu 
harakatlarda manfaatdor bo‘lgan aholi qatlamlari, sinflar, guruhlar 
tavsiflari qarab chiqilgan.1
Sotsiologiya fanining alohida fan sifatida qaror topishi haqida 
mulohaza yuritganda, 
ayrim tadq’-qotchilar tomonidan 
ushbu 
jarayonning asosini himoyaga qarati\gan vazifalar tashkil qilganligi 
ta’kidlab 
o ‘tiladi. 
Tafakkur mantig‘i 
quyidagicha 
kuzatiladi. 
Jumladan, burjuaziya sinfining rivojlanishi (XVIII asr) davri 
boshlarida shakllangan g‘oyalarda asosan inqilobiy ruhiyat kuchli 
hisoblangan va shu bilan birgalikda bu ruhiyat yangi shart-sharoitlarga 
mos kelmagan. Kapitalistik tuzv.m ma’lum darajada mustahkamlangan 
va o‘z taraqqiyotini inqilobiy nuqtai nazardan asoslashga hojat 
qolmagan. Aksincha, 
ijtim o iy
jihatdan yangicha vazifalar shakllangan: 
jumladan - burjuaziya janr.yatini saqlab qolish qaroriga kelingan va 
bu sotsiologiyaning yuzag?>i kelishini belgilab bergan.
Sotsiolgiya fanining paydo bo‘lishini qisman belgilab beruvchi 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va g‘oyaviy shart-sharoitlami izohlab 
beruvchi dalil-isbotlami hisobga olish bilan bir qatorda, shuni ham
1 Qarang: Конт О. С и с тем а позитивной политики // Западно-европейская социология XIX века: 
Т е к с т ы .-М ., 1 9 9 6 .- С . 191-196.
12


qayd etish joiz-ki, ushbu jarayonning asosi 
ifaqat jamiyatning
taraqqiyoti tashkil qilgan, balki fanning taraqc 
'.am bunda muhim
rol o‘ynagan. Yangi bilim sohasining pa>ao bo‘lishining asosiy 
sabablarini nafaqat undan tashqarida, balki uning o'zining ichidan 
ham izlash maqsadga muvofiqdir.
Tabiatshunoslik faniari doirasida erishilgan yutuqlar muhim 
ahamiyatga ega, tabiiyki, sotsiologiya fanining shakllanishida tabiiy- 
ilmiy shart-sharoitlami qarab chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu yerda 
gap birinchi navbatda XIX asming o‘rtalariga kelib matematika, 
astronomiya, fizika, mexanika (ushbu fan asosida jamiyatning 
«mexanistik» modeli tushunchasi shakllangan, ya’ni jamiyatni har bir 
tarikibiy qismi o‘z funksiyasini bajaradigan mexanizm sifatida qarab 
chiqish g‘oyasi ilgari surilgan) faniari rivojlanganligi haqida 
bormoqda. Shuningdek, biroz keyinroq biologiya fani rivojlangan 
(jumladan, nemis olimlari T.Shvann va Y.Shleyden tomonidan 
hujayra nazariyasining ishlab chiqilishi, keyin esa - Angliyalik 
tabiatshunos olim Ch.Darvin tomonidan evolyutsion nazariyaning 
ishlab chiqilishi amalga oshirilgan).
Bu 
fanlarda erishilgan 
yutuqlarsiz 
sotsiologiya 
fanining 
shakllanishi va rivojlanishi haqida fikr yuritish qiyin masala bo‘lib 
qoladi, ya’ni sotsiologiya fani dastlab tabiiy va aniq fanlar namunalari 
asosida shakllantirilgan, sotsiologiya fanining asosiy 
usullari 
tabiatshunoslik fanlarining asosiy usullari asosida ishlab chiqilgan 
(kuzatish, tajriba va h.k.). Bunda ushbu tadqiqot usullaridan olimlar 
tabiatshunoslik fanlarida yangi hamda aniq dalillar va isbotlami 
olishda foydalanishgan, aynan ushbu usullar jamiyatni o‘rganuvchi 
olimlar e'tiborini o‘ziga jalb qilgan. Jumladan, K.A.Sen-Simon 
tomonidan jamiyat va odam haqidagi pozitiv bilimlar g‘oyasi ilgari 
surilishi davomida bilimlaming faqat o‘xshash usullari yordamida 
qo‘lga kiritilishi mumkinligi haqida fikr ta’kidlanishi ham tasodif 
emas. Keyinroq bu g‘oya to‘liq holatda O.Kont tomonidan ilgari 
surilgan fikrlarda o‘z aksini topgan.
Usullar haqida aytib o‘tilgan ushbu fikrlar jamiyatdagi 
qonuniyatlarga ham tegishli bo‘lib, ulaming tabiatshunoslik fanlarida 
kashf qilingan qonunlarga muvofiq kelishini taqozo etardi. 
Ob'ektivlik, ishonchlilik, isbotlilik, aniqlilik - bulaming barchasi 
tabiiy-ilmiy qonuniyatlaming o‘ziga xos tavsiflari hisoblanib, 
sotsiologiyada ham tadbiq etila boshlangan. Shuningdek, shunday
13


holat ham yuzaga keldiki, sotsiologik bilimlar tabiiy-ilmiy bilimlami 
«quvib o‘tishi» kerak bo‘lib qolgandek edi. Bunda sotsiologiya fani 
aynan tabiiy-ilmiy fanlar asosida o‘z mavqyeini mustahkamlashi talab 
qilindi va sotsiologiya tabiiy-ilmiy fanlar bilan bir qatorda turuvchi
ular bilan bir xil tadqiqot usullari asosida harakat qiladigan fan sifatida 
talqin etildi.
Sotsiologiyaning shakllanishi va rivojlanishi shart-sharoitlari 
haqida gap yuritilar ekan, shuni alohida ta ’kidlab o‘tish joizki, uning 
paydo bo‘lishi va rivojlanishini belgilab bergan ijtimoiy tafakkur ikki 
- konservativ va liberal yo‘nalishni qamrab oldi. Ulardan har biri 
jamiyatning o‘z tarkibidagi individlar bilan o‘zaro aloqadorligi 
bo‘yicha o‘ziga xos ijtimoiy nuqtai nazarlarga ega. Konservativ 
yo‘nalishda (uning yorqin vakillaridan biri - Fransiyada yashab ijod 
qilgan D. de Mestr hisoblanadi) har bir alohida insonga faqat 
sezilarsiz darajada rol beriladi va jamiyat - bu uning tarkibidagi 
alohida individar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar emas, balki ijtimoiy 
institutlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar sifatida qarab chiqiladi. 
Jamiyat - yakka tartibda olingan insonga nisbatan birmuncha yuqori 
darajada turuvchi tushuncha sifatida qayd qilinadi.
Liberal yo‘nalish esa - (uning yorqin vakillari - bu Angliyalik
I.Bentam, J.S.Mill hisoblanadi) inson va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarda boshqacha tasawurga ega. Garchi, liberal yo‘nalish 
tarkibida ham jamiyat o‘z mohiyatiga ko‘ra alohida tarkibiy 
qismlardan tashkil topgan mexanik agregat sifatida qarab chiqilsada, 
biroq uning o‘zgarishlarida insonning tutgan o‘miga alohida darajada 
katta ahamiyat qaratiladi. Bundan tashqari, yakka tartibdagi ongli 
faoliyat jamiyatning shart-sharoitlari yaxshilanishiga yo‘naltirilgan 
holatdagina mazmunga ega bo‘lishi, ya’ni o‘ziga xos «su'niy tana» 
sifatida funksiya bajarishi qayd qilinadi. Shuningdek, insonning 
alohida muhim hisoblangan jihatlaridan biriga asoslanuvchi -
individualizm g’oyasi ham shakllantirilgan. Bu g‘oyaning asosiy 
mazmun-mohiyati shundaki, inson uchun eng yaxshi hisoblangan 
holat, jamiyat uchun ham eng yaxshisi hisoblanadi. Umumiy holatda, 
keltirib o‘tilgan har ikkala yo‘nalish ham sotsiologiyaning paydo 
bo‘lishi va keyingi taraqqiyoti davomida m a’lum darajada rol 
o‘ynagan, zero ulaming tarkibida inson va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlar masalasi markaziy o‘rinda turadi.
14


Sotsiologiyaning fan sifatida shakllanishi va rivojianishi shart- 
sharoitlarini qarab chiqishda utopik sotsializm va uning g‘oyalari 
ta’sirini esdan chiqarish mumkin emas. Bu yo'nalishning yirik 
vakillaridan biri - fransiyalik faylasuf Sen-Simon hisoblanib, uning 
fikrlari Kont sotsioiogiyasi uchun asos sifatida xizmat qiladi. Bunda 
markaziy yo‘nalishlardan biri - bu nafaqat shaxsiy, balki g‘oyaviy 
ta’sirlar bilan bog‘liq bo‘lib, taraqqiyot tabiatning universal tavsifga 
ega qonuni sifatida tavsiflanadi. Ijtimoiy va shuningdek, ilmiy 
taraqqiyotning amalga oshish imkoniyatlarida ishonch va e'tiqod 
masalasi Fransiyada Uyg‘onish davrida faoliyat olib borgan ko‘pgina 
faylasuflar fikrlarida o‘z ifodasini topadi, jumladan bu yo‘nalishdagi 
qarashlar Sh.Monteske va J.Kondorse ilgari surgan g‘oyalarda 
mujassamlashtirilgan. Bu g‘oya sotsiologiyaning fan sifatida qaror 
topishida sezilarli rol o‘ynagan, bunda ushbu g‘oyalaming asosini 
jamiyatning bosqichma-bosqich rivojianishi va taraqqiyoti tashkil 
etadi.
Sotsiologiya fani shakllanishining g‘oyaviy asoslari haqida fikr 
yuritganda, fransiyalik m a’rifatchi - Sh.Monteske qarashlari haqida 
to‘xtalib o ‘tmasdan iloji yo‘q. Yuqoridata’kidlanganidek, sotsiologiya 
tarixi boWicha ajoyib mutaxassis hisoblangan, Rossiyalik sotsiolog 
olim N.I.Kareev quyidagi fikrlami qayd qilib o‘tgan: «Xali 
sotsiologiya fani shakllanmagan davrda o‘zini sotsiolog sifatida da’vo 
qilishga haqli deb hisoblanuvchi kishi - bu albatta Monteske. deb tan 
olishga majburmiz»1. 
Fransiyalik sotsiologiya 
fani 
asoschisi 
hisoblangan Sh.Monteske o‘z qarashlarida jamiyatning rivojlanishini 
tavsiflashda unga turli xil tabiiy omillar - jumladan, geografik muhit, 
iqlim, aholi soni, hududning o‘lchamlari va boshqa omillar orqali 
nazar solishni maqsadga muvofiq, deb hisoblagan. Ushbu nuqtayi 
nazardan u «geografik determinizm» deb nomlanuvchi bir butun 
sotsiologik yo‘nalishning haqli ravishda asoschisi hisoblanadi. U 
ijtimoiy hayotning ko‘p sonli siyosiy masalalariga diqqat-e'tibor 
qaratish orqali, ushbu masalalaming yechimini tabiiy omillar bilan 
bog‘liqlikda qarab chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. 
Monteske tasodifiy hodisalar, konkret ijtimoiy hodisalar va faktlarda 
ulami keltirib chiqaruvchi yashirin ichki sabablarni aniqlashga harakat 
qilgan. Biroq u uni o‘zi yashan jamiyatning bir butunligi haqida,
1 Кареев Н.И. Введение в изучение социологии. - СПб., 1903. - С. 7.
1S


sotsiologiyaning markazini tashkil qiluvchi holatlar haqida aniq fikr 
bildirmagan. Asosiy diqqat-e'tiborini siyosiy jarayonlar, siyosiy 
tuzumni tavsiflashga qaratib, u jamiyatning tarixida yaxlit progressni 
ko‘ra olmagan.
Shuningdek, sotsiologiya fanining bir qator nazariy-g‘oyaviy 
asoslarini tarixiy va zamonaviy materiallami tahlil qilgan ayrim 
faylasuflar tomonidan ishlab chiqilgan falsafxy konsepsiyalar tarkibida 
ham ko‘rish mumkin. Ushbu nuqtai nazardan, ijtimoiy tengsizlik va 
sinflar o ‘rtasidagi tafovutlar masalasi bo‘yicha bildirilgan fikrlar 
muhim ahamiyatga egadir.
XVIII asming oxirlariga kelib, keng tarqalgan «tabaqa» 
tushunchasi o‘miga «sinf» tushunchasining ishlatilishi ommalashgan. 
Keyinroq esa, Fransiyada sinfiy kurash tushunchasi O.Terri, F.Gizo,
O.Mine qarashlarida o ‘z aksini topgan.
Shuningdek, sotsiologik fikrlar tarixida fuqarolik jamiyati, 
jumladan uning eng aw alo - demokratik ko‘rinishdagi namoyon 
bo‘lish shakli haqidagi tavsiflar muhim o‘ringa ega. Buyuk nemis 
faylasufi - Gegel fuqarolik jamiyatini bir butun yaxlitlik (birorta 
individ yakka tartibda boshqalarisiz bir butunlikni tashkil eta olmaydi) 
sifatida ham, qarama-qarshi, ayrim holatlarda bir-biriga zid 
manfaatlaming birligi sifatida ham qarab o‘tgan.
Nihoyat, xulosa o‘mida sotsiologiya fanining shakllanishi va 
rivojlanishini belgilab bergan g‘oyaviy shart-sharoitlar qatorida 
italiyalik faylasuf - J.Viko (XVIII asming oxirlari) tomonidan 
bildirilgan fikrlar, qarashlar muhim ahamiyatga ega hisoblanadi, 
jumladan uning taraqqiyot haqidagi fikrlari obyektiv, siklik tavsifga 
ega bo‘lgan va providensial, ya’ni Yaratganning xohish-istagining 
ro‘yobga oshishi shaklida tavsiflanadi.
Sotsiologiya fanining shakllanishida sotsial statistika bilan bog‘liq 
holdagi empirik sotsial tadqiqotlar ham muhim ahamiyatga egadir. 
Bunda xo‘jalik faoliyatiga oid qaydlar amalga oshirilgan, ommaviy 
statistik so‘rovlar texnikasi ishlab chiqilgan, demografiya asoslari 
yaratilgan. Angliya va Fransiyada kapitalizmning jadal rivojlanishi 
bilan bog‘liq holda, shu mamlakatlarda jamiyatning ijtimoiy 
taraqqiyoti muammolariga bag‘ishlangan ilmiy ishlar olib borildi. Jon 
Siklerning 21 jilddan iborat «Shotlandiyaning statistik tavsifi», Fridrix 
Engelsnirig «Angliyada ishchilar sinfning ahvoli», Charlz Butning 
«London kishilarining hayoti va mehnati», Andre Gerrining «Fransiya
16


ahloqiy statistikasi ocherklari», Frederik Le Plening 6 jildlik «evropa 
ishchilari» asarlari shular jumlasidandir.
Yuqorida ta ’kidlab o ‘tganimizdek, XIX asr yirik statistlaridan 
Adolf Ketlening 1835-yilda chop etgan «Sotsial fizika yoki inson 
qobiliyatlarining rivoji haqidagi tadqiqotlar tajribasi» asari amaliy 
sotsiologik tadqiqot metodologiyasi va uslubiyotini ishlab chiqishda, 
umuman, sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishida muhim 
ahamiyat kasb etdi.
Shuningdek, etnografik va antropologik yo‘nalishda tadqiqotlar 
olib borish rivojlangan, o‘z navbatida antropologiya fani o‘z 
xususiyati va yo‘nalishlarini o ‘zgartirgan. Agar XVIII asming 
o‘rtalarida antropologiya fani dastlab inson tanasini o‘rganish bilan 
bog'liq fan bo‘lgan bo‘lsa, oradan bir asr o‘tib bu fan tilshunoslik, 
madaniyatshunoslik kabi bir qator yo‘nalishlami o‘z ichiga qamrab 
oluvchi inson to‘g‘risidagi fan sifatida qayd etilgan.
Shunday qilib, 1830-1850-yillar davomida yangi, sotsiologiya deb 
nomlanuvchi fan yuzaga kelishi uchun zaruriy - tabiiy-ilmiy va 
g‘oyaviy-nazariy asoslar shakllangan. Jumladan, ijtimoiy jarayonlar 
va hodisalaming mazmun-mohiyatini yangicha anglash zarurati 
tug‘ilib, uni yangi fan, ya’ni sotsiologiya fani vositasida amalga 
oshirish mumkin bo‘lib qoldi.
Shuningdek, sotsiologiya nazariyasi va tarixi bo‘yicha yirik 
mutaxassis J.Ritser sotsiologiya fani shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan 
omillami (kuchlar) quyidagicha tasniflaydi: siyosiy inqiloblar; sanoat 
to‘ntarilishi va kapitalizmning yuksalishi; sotsializmning yuksalishi; 
feminizm; urbanizatsiya; dindagi o‘zgarishlar; fan taraqqiyoti.1

Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish