Dag‘al bo‘sh. Bunday hayvonlar barcha yo‘nalishdagi hayvonlarda
uchrab, ular kech yetiluvchan, oziqaga yomon haq to‘laydi, kam harakat, tez
kasallikga chalinadi, shuning uchun xo‘jalik nuqtai-nazaridan maqsadga
muvofiq Yemas. Ularda asab tizimi bo‘sh, modda almashinuvi past, pushtdorligi
qoniqarsiz; terisi qalin, bo‘sh, hamirsimon, dag‘al jun tolalari bilan qoplangan.
Suyagi yo‘g‘on, bo‘sh. Tuyoqlari qattiq Yemas. Muskullari yaxshi rivojlangan,
biroq bo‘sh.
U.Dyurst tomonidan ishlab chiqarishda kam qo‘llaniladigan tasnif asosiga
hayvonlar ekstereri bilan ularning organizmida kechadigan gaz almashinuvi va
oksidlanish-qaytarilish jarayonlarining uzviy bog‘liqligi asos qilib olish va ovqat
hazm qilish tiplarini ajratgan, uchinchi qilib aralash tipni kiritgan(rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |