Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet28/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

Alchido de Gasperi (1881-1954) - XDPning 1944-yil­dan raisi. 1945-1953-yillar - hukumat boshlig’i. De
Gasperi davrida Italiya NATOga kirdi (1949-y.).
1946-yil 2-iyunda bir vaqt­ning o’zida referendum va Ta’sis majlisiga Saylovlar bo’lib o’tdi. Referendumda 12,7 million kishi respublika uchun, 10,7 millioni - monarxiya uchun ovoz berdi. Italiya respublika deb e’lon qilindi, biroq monarxiya o’rnatilishini qo’llab-quvvatlovchilarning ko’p sonliligi mamlakatda konservativ kayfiyatli unsurlar katta kuch ekanligidan guvohlik berardi. Buni Ta’sis majlisiga Saylovlar ham ko’rsatdi: XDP ko’pchilik o’rinni (8,1 million ovoz) oldi, 4,7 million - sotsialistlar va 4,3 mil­lion - kommunistlarga tegdi. Uchala partiya tuzgan hukumatga Alchido de Gasperi boshchilik qildi. Hukumat bir qator muhim islohotlarni amalga oshir­di: ishlovsiz yotgan zamindorlar yerlari kambag’al dehqonlarga berildi, oylik ish haqining ko’chma shkalasi kiritildi (u davriy ko’rib chiqilgan va turmush darajasi o’sishiga mos oshirilgan), mehnatkashlarni korxona kasaba uyushmasi roziligisiz ishdan bo’shatilishi man etildi.1948-yil 1-yanvarda kuchga kirgan yangi konstitut­siyada so’z, matbuot, yig’ilishlar o’tkazish erkinligi, mehnat va unga yarasha adolatli to’lov, agrar islohot zaruriyati va ishchilarning korxona boshqaruvidagi ishtiroki huquqi e’lon etildi, siyosiy va diniy qarashlarga ko’ra kamsitish man etildi. Fashist tashkilotlari mavjud bo’lishi va faoliyati ham man etildi. Qirol oilasi a’zola­riga muhojirlikdan Italiyaga qaytishga ruxsat berilmadi. Maslahatchilar sudi va. sud hokimiyatining to’liq mus­taqilligi tamoyili kiritildi.
Konstitutsiyaga ko’ra, qonunchilik hokimiyati umu­miy ovoz berish yo’li bilan 5 yilga saylanadigan va ikki palatadan - deputatlar palatasi va senatdan iborat bo’lgan parlamentga tegishli edi. Hukumatni deputatlar palatasida mutlaq va nisbatan ko’pchilik ovoz olgan partiyalar yo’lboshchilaridan biri tuzadi; odatda u bir necha partiyalar vakillaridan iborat bo’ladi va parlament qo’llab-quvvatlab turguncha hukumatni boshqaradi. Respublika prezidenti ikkala palata qo’shma majlisida 7 yilga saylanadi. Uning vakolatlari cheklangan bo’lib, amalda ijro hokimiyati Ministrlar kengashiga taalluqli edi. 1948-yil aprelda parlament Saylovlari bo’lib o’tdi. ISP, IKP va boshqa so’l partiya hamda tashkilotlar 8 million ovoz yiqqan Xalq demokratik frontiga birlashdi. Biroq, XDP eng ko’p muvaffaqiyatga erishdi (12,7 million ovoz), u deputatlar palatasida mutlaq ko’pchilik o’rinni oldi va de Gasperi yakka partiyali hukumatni boshqardi. Italiya respublikasining tiklanishi davri tuga­di. Bundan boshlab 1994-yilgacha XDP u yoki bu koalitsiyada, ko’pincha yakka holda mamlakat hukumatiga boshchilik qildi. Partiyaning o’zida "doimiy" ministrlar, bosh ministrlar, "umrbod" senatorlar muqim bo’lib oldi. Masalan, Julio Andreotti 7 marta bosh ministr bo’lgan va bir umrlik senator edi. Sitsiliya mafiyasi bilan jinoyatkorona aloqasi necha martalab fosh etilgandan so’ng ham unga hech narsa bo’lmadi. Italiyada XDP qo’llarida bo’lgan "ko’rinmas hokimiyat" apparati yuzaga keldi, u xavfsizlik xizmati orqali yo’naltirildi, hokimiyat ustidan nazorat o’rnatdi va huquqni saqlash organlarini yo’lga soldi. U qonuniy saylangan hukumatdan ham katta hokimiyatga ega bo’ldi, chunki yuzaga kelgan ko’ppar­tiyaviy amaliyot tufayli hukumatlar kuchsiz. edi va hokimiyat tepasida uzoq turmasdi. Respublika mavjud bo’lgan 45 yil mobaynida (1948-1993-yillar) 51 huku­mat o’zgardi. Hokimiyatning parallel tizimi, amaldagi ikkihokimiyatchilik Italiya saylov tizimi tomonidan va "sovuq urush"ning davomi mavjudligi bois kuchayib bordi. Saylov tizimi tufayli xristian demokratlar koalitsiya hukumatida yetakchi sherik bo’lish uchun doimo yetarli miqdorda ovoz olishga muvaffaq bo’lib keldi. Kommunistik xavf-xatardan ustalik bilan foydalanish Sitsiliya kamorrasi (mafiyasi) bilan yaqindan aloqa o’rnatish imkonini berdi. Jinoyatchi tashkilot bilan bu ittifoq davlat xavfsizligi tasavvuri bo’yicha oqlandi. Mafiya esa XDPga yondosh bo’lganining sababi kom­munistlar hokimiyat tepasiga kelib qolsa, uni tugatib yuborishidan qo’rqar edi. XDP, shuningdek, sotsialistik partiyaning mafiya bilan hamkorligi Italiyada demokratik institutlarning kuchsizlanishiga olib keldi. 1993-yil Rim prokuraturasi tomonidan mafiyaning oliy davlat arboblari bilan aloqasini aniqlash bo’yicha "Toza qo’llar" operatsiyasi o’tkazilganda "ko’rinmas hokimiyat" rahbari bosh ministr va senator Julio Andreottining o’zi ekanligi ma’lum bo’ldi. Shu narsa ham aniqlandiki, Italiyadagi hokimiyatning barcha tuzil­malari jinoyatchi unsurlar bilan aloqador ekan. Neapolni boshqarish va uning iqtisodiyoti kontrabanda va davlat xazinasini talon-toroj qilish bilan qo’shib olib borilgan. Bu yerda korrupsiyada ayblangan 400 kishi, ko’pgina siyosiy arboblar, biznesmenlar, amaldorlar va mafiya a’zolari qamoqqa olinib, sudga berilgan. Palermoda ham shunday bo’ldi. Biroq barcha aybdorlar yengil jazo bilan qutulishdi. Ichki siyosiy vaziyatdan unumli foydalanish va parla­ment hamda noparlament kurash usullaridan foydalanish XDPga ichki va tashqi siyosat bo’yicha barcha rejalarni amalga oshirishga imkon berdi. 1948-yilda amalga oshirila boshlagan "Marshall rejasi" bo’yicha AQSH iqtisodiy yordam dasturi u ch yil davom etdi, Italiya iqtisodiyoti rivojiga yordam berdi. Bu muddat ichida 1,3 milliard dollarlik amerika tovarlari keltirildi, ularning ko’p qismidan yirik sanoat mahsulot­larirri modernizatsiyalash uchun foydalanildi. Ayrim korxonalarda "Marshall rejasi" amal qilgan yillarda qurilmalar to’liq yangilandi va ular jahon bozorida raqo­batbardosh bo’la bordi. 50-yillar boshlarida de Gasperi hukumati zamindor­lar yerlarining bir qismini pul evaziga musodara qilishi­ni o’z ichiga olgan agrar islohotni o’tkazdi. Che­garalanganligiga qaramay, islohot Italiya janubidagi yirik zamindorlar mavqeiga putur yetkazdi va janubiy viloyat­larda iqtisodiyotning jadal rivojiga zamin yaratdi. De Gasperi hukumati yetakchi sanoat davlatlari bilan integratsiya yo’lidan bordi. 1949-yil aprelda Italiya NATOga a’zo bo’lib kirdi. Bu butun mamlakatda keskin norozilik uyg’otdi. Ayniqsa, NATO bilan shartnomaning 4 va 5-mod­dalari bunga sabab bo’ldi. 5-modda xavfsizlik uchun jamoaviy mas’uliyatni ko’zda tutardi, ya’ni bir mam­lakatga xavf-xatar tug’ilganda qolganlari unga yordam berishi lozim edi. 4-moddaga ko’ra xavfsizlikka xavf­-xatar mamlakat ichidagi voqealar (ish tashlash, namo­yish, ijtimoiy mojaro) tufayli yuz berishi va intervensiya (bosib olish) uchun sabab bo’lib xizmat qilishi mumkin. Biroq parlamentdagi ko’pchilik NATOga kirish uchun ovoz berdi.
Shartnoma shartlariga ko’ra, Italiya hukumati mam­lakat hududida Amerika harbiy bazalarini barpo etishga ruxsat berardi. Sitsiliyaning janubiy sohili, bir qator mayda orollar Amerika flotining O’rtaer dengizidagi tayanch nuqtasiga aylandi. Liverno porti Amerika qo’mondonligining to’liq ixtiyoriga berildi. Neapol, Verona, Florensiya va boshqa shaharlarda, NATO turli bo’linmalarining shtablari joylashtirildi. Biroq Italiya hukumatining natoparastlik siyosati unga qimmatga tushdi. 1953-yil 7-iyunda Saylovlar bo’lib o’tdi. Shu yil aprelda qabul qilingan yangi saylov qonuniga ko’ra, 50 foizdan ziyod ovoz olgan partiyalar deputatlar palatasida uchdan ikki o’rin oladigan bo’ldi. Hukumat partiyalari yetarli ovoz ololmadi va de Gasperi ste’foga chiqdi. Yevropa iqtisodiy integrasiyasi Italiya iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim rag’batlantiruvchisi bo’ldi.50-yillar oxiridan Italiyada jadal iqtisodiy ko’tarilish boshlandi, mehnat mahsuldorligi oshdi, mamlakatning rivojlangan davlatlar sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi ko’paydi. Fan-texnika inqilobi keng quloch yozdi, metallurgiya, avtomobil va kimyo sanoatida modernizatsiyalash va avtomatlashtirish jarayoni kechdi, yuqori texnologiya bilan bog’liq yangi tarmoqlar paydo bo’ldi. U agrar-sanoat mamlakatidan sanoat-agrar mamlakatiga aylandi. 50-60-yillarda italyan sanoatining o’sish sur’at­lari dunyoda eng yuqori bo’ldi (Yaponiyani hisobga olmaganda). Mamlakatning ichki yalpi mahsuloti bu yil­larda 5,4 marta o’sdi. Italiya sanoati rivojlanishining farqli jihati davlat sek­torining yuqori darajadaligidir. Davlat sektori ulushiga 94 foiz eritilgan cho’yan, 95 foiz rangli metallar, 97 foiz tabiiy qazilma gaz to’g’ri keldi. Sanoatni moliyalashtirish uchun JEPI yirik davlat birlashmasi tashkil etildi. Davlat moliya tashkilotlari orqali ko’plab hissadorlik korxona­larini nazorat qiladi. Elektrenergetikasi, tog’-kon, harbiy sanoat korxonalari, shuningdek, aloqa, temir yo’l kor­xonalari davlat mulkiga kirgan edi. Italiyaning 60-80-yillar siyosiy hayotidagi eng sezilarli hodisa IKP ta’sirining o’sishi va XDP mavqeining pasayishi bo’ldi. 1958-yilgi parlament Saylovlarida italyan kommunistlari 22 foiz ovoz oldi. IKP rahbariyati doimo sotsializm qurilishi turli yo’llari imkoniyatini ta’kidlab keldi va sovet metodini zo’rlab tiqishtirishga urinishlarni rad etdi. U turli mintaqaviy manfaatlar va xalqaro muammolarni baho­lashda turli yondashuUlar mavjud bo’lishi mumkinligidan iborat politsentrizm tamoyilini himoya qildi. 1981-yili italyan kommunistlar "yevrokommunizm"ga asos bo’lgan dasturni qabul qildi va uni G’arbiy Yevropaning qariyb barcha kommunistik partiyalari qo’llab-quvvatladi. U eng muhim zamonaviy masalalar­da KPSS va SSSR siyosatiga qarshi turdi va bar­cha demokratik kuchlar ittifoqini ko’zda tutuvchi "yangi internatsionalizm"ni e’lon qildi.XDPda tarkibiga kommunist va sotsialistlar vakillari kirishi mo’ljallangan "so’l markaz" hukumatini tuzishni ilgari surgan oqim paydo bo’ldi. Bu oqimga 1963-yil dekabrda XDP kotibi Aldo Moro boshchilik qildi. "So’l markazchilar bloki" 1972-yilgacha mavjud bo’ldi. 1972-yili Italiyada XDPni mag’lubiyatga olib kel­gan yangi Saylovlar bo’lib o’tdi. Uning yo’lboshchisi J.Andreotti 3 partiya - xristian-demokratik, sotsial demokratik va liberal partiyadan iborat, o’ng markazchi deb nom olgan hukumatni shakllantirdi. Bu norozilik to’lqinlari va hukumatga qarshi chiqishlarga sabab bo’ldi. Mamlakatda siyosiy inqiroz yetilib keldi. Ijtimoiy­ siyosiy inqiroz Italiyada terrorchilik faollashuvi bilan chuqurlashib bordi. Talaba yoshlar, ishsizlar, shahar quyi qatlamlari, jamiyatga yot unsurlardan shakllangan so’l guruhlar siyosiy partiyalar va ularning arboblariga terrorni boshlab yubordi. Ular yirik siyosiy arboblarni o’ldirishni tashkil etuvchi "qizil brigadalar"ni tuzishdi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish