2.Tahlil va sintez usuli.
Ushbu usulda o'quvchilar biologik obyektlarni olimlar tomonidan o'tkazilgan tajriba asosida o'rganadi va xulosa yasaydilar. Jumladan, «Lishayniklar» mavzusi o'rganilayotgan jarayonda o'qituvchi olimlar tomonidan o'tkazilgan tajribani bayon etishi so'ngra shu asosda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishi talab etiladi.
Lishayniklarni dastlab olimlar bitta organizm deb qabul qilishgan va yo'sinlar bo'limiga mansub deb hisoblashgan. 1867- yili rus biolog- olimlar A.S. Faminsin va O.V. Baroneskiylar lishayniklar tanasida yashil suvo't — ksanoriya bo'lib, u oddiy bo'linish yo'li bilan ko'payishi, sporalari orqali tarqalishini aniqlagan.
Demak, ksanoriya mustaqil hayot kechimvchi suvo't ekan, lishayniklar qanday organizmlar, ulami qaysi bo'limga kiritish mumkin?
O'quvchilar ushbu muammoli savol yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |