Iqtisodiy tizimlar turkumlanishiga turlicha yondashuvlar. Iqtisodiy tizim modellari
Formatsion yondashuvda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning almashinuviga tarixiy ishlab chiqarish usullari asos qilib olinib, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va sotsializmga ajratib ko‘rsatiladi.
Кlassik nazariyada tizimlarga mulkiy, sinfiy mezonlar asosida qaralib, ular formatsiya deb ataladi. Ishlab chiqarish usuli iqtisodiy bazis-asos sifatida ajratilib, u ustqurtma-davlat bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani ifodalashi qaydqilinadi.
Ishlab chiqarish usuliningo‘zi ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlariga ajratiladi. Ishlab chiqarish kuchlari ishchi kuchi yoki boshqacha aytganda, ma’lum malaka va tajribaga ega kishilar hamda ishlab chiqarish vositalaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat ashyolaridan iborat bo‘ladi. Ishlab chiqarish, mehnat vositalariga mulkchilik munosabatlari, ishlab chiqarish jarayonida sotsial guruhlarning tutgan o‘rni, ular o‘rtasida faoliyat natijalarini ayriboshlash, taqsimlash, iste’mol munosabatlaridan iborat.
tgan asrning 60-yillarida klassik ta’limotdan tubdan farqqiladigan, sivilizatsion yondashuv nazariyasi paydo bo‘ldi. Bu nazariyaga amerikalik iqtisodchi Uolter Rostou asos soldi. (1960- yilda nashr qilingan «Iqtisodiy o‘sish bosqichlari» kitobida) U jamiyat taraqqiyotini 5 bosqichga bo‘ladi. Ular quyidagilar:
An’anaviy (traditsion) jamiyat. Bu jamiyat qishloq xo‘jaligi ustuvorligi, yirik yer egalari hukmronligi, mehnat qurollarining oddiy, primitivligi, mehnat unumdorligining pastligi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun unda jamg‘arish ham bo‘lmaydi.
O‘tkinchi jamiyat. Bu bosqich markazlashgan davlatningvujudga kelishi, ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, hunarmandchilik hamda tadbirkorlikningvujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Jamg‘arish boshlanadi, u o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.
Industrial jamiyatga o‘tish. Bu davrda mehnat qurollarining takomillashuvi, sanoatda inqilob (to‘ntarish) yuz beradi. Uning natijasida mehnat unumdorligi o‘sadi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi shakllanadi, rivojlana boshlaydi. Qo‘l mehnati o‘rniga mashinalar keladi. Jamg‘arish kam bo‘lsa ham avvalgiga nisbatan o‘sib boradi.
Industrial jamiyat. Bu bosqichda yirik mashinalashgan industriya vujudga keladi. Fan-texnika taraqqiyoti jadal boradi. Yirik sanoat, ayniqsa og‘ir industriya rivojlanadi. Sanoat iqtisodiyotningyetakchi sohasiga aylanadi. Urbanizatsiya (shahar aholisining ko‘payishi) ro‘y beradi. Jamg‘arish jadal boradi, keyingi bosqich uchun asos yaratiladi.
Ommaviy iste’mol jamiyati. Bu bosqichda ommaviy iste’mol tovarlari ishlab chiqarish ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi. Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlanadi. Uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish yetakchi o‘ringa chiqadi. Mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati iste’mol uchun ishlaydi. Bu konsepsiyada rivojlanish asosini ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |