J., Barakayev N. R. Tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari


Qabul qilingan qarorlarni ijrosi bo‘yicha amaliy tavsiyalar



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/184
Sana03.03.2022
Hajmi3,15 Mb.
#481006
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   184
Bog'liq
tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari (1)

4.Qabul qilingan qarorlarni ijrosi bo‘yicha amaliy tavsiyalar. 
Nizoli vaziyatlar bo‘yicha qaror qabul qiluvchilarning tiplarini aniqlab 
beruvchi psixologik test o‘tkaziladi. Bunda qaror qabul qiluvchilarning to‘rtta 
orientatsiya (yo‘nalganlik) tipi, ya’ni qaror qabul qiluvchilarning ishga yo‘nalgan
tipi, qaror qabul qiluvchilarning psixologik muhitga yo‘nalgan tipi, qaror qabul 
qiluvchilarning subordinatsiyaga yo‘nalgan tipi va qaror qabul qiluvchilarning o‘z 
shaxsiga yo‘nalgan tipi aniqlanadi. Testda tinglovchilarga 20 ta boshqaruvga 
taalluqli bo‘lgan muammoli vaziyatlar beriladi. Har bir muammoli vaziyatda to‘rt 
xil variantdagi javob mavjud. Tinglovchilar mazkur javob variantlaridan o‘zlariga 
ma’qulini tanlaydi va natijada o‘zlarining qanday tipiga aloqador ekanligini 
aniqlaydi. Mazkur metodikaning afzalligi shundaki, tinglovchilar o‘zlarining 
pedagogik boshqaruv faoliyatlarida uchraydigan muammoli vaziyatlar bilan 
tanishadi va ularning optimal echimlarini topish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.
Muammoli vaziyatlar bo‘yicha qaror qabul qilar ekan, tinglovchilar
boshqaruv qarorlarini qabul qilishning tizimli, vaziyatli, intuitiv
yondashuvlarni 
o‘zlarida his etishadi. 
Qaror qabul qilish jaraynida juda ko‘plab omillarni, jumladan iqtisodiy, 
siyosiy, tabiiy, ijtimoiy omillarni ham inobatga olmoq zarur. CHunki ular ijroga 
ham u yoki bu tarzda ta’sir ko‘rsatishi aniq.
Qaror qabul qilish sub’ekti deganda qaror qabul qiluvchi kishi nazarda 
tutiladi. Bu umumlashtiruvchi tushuncha. CHunki qaror qabul qiluvchi deganda bir 
kishi (rahbar) yoki odamlar guruhi (ma’muriyat) tushunilishi mumkin. Qaror qabul 
qiluvchi sub’ekt qaror qabul qilishda ekspert-mutaxassislarni ham jalb etishi 
mumkin. 
Qarorlar variantlaridan birini tanlash rahbar shaxsiga ham bog‘liq. Qaror 
qabul qiluvchi shaxsning tipologik, ijtimoiy psixologik xususiyatlari qaror qabul 
qilish jarayonida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, shaxsning individual-psixologik 


218 
xususiyatlaridan biri – temperament ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ma’lumki, 
sangvinik va xolerik rahbarlar qaror qabul qilishda shoshishadi, flegmatik va 
melanxolik rahbarlar esa shoshilishmaydi. SHu nuqtai nazardan qarorlar ham bir-
biridan farqlanadi: 
1. Bosiqlik bilan chiqariladigan qarorlar – o‘z xatti-harakatlariga e’tibor va 
tanqidiy nazar qaratiladi. G‘oya oldindan shakllantiriladi.
2. Impulsiv qarorlar – juda ko‘p g‘oyalar ishlab chiqariladi. Ularni tekshirib 
ko‘rish imkoniyati yo‘q.
3. Inert qarorlar – ehtiyot choralari ko‘rilgan holda chiqariladigan qarorlar. 
G‘oyalar kam. Barchasi tekshiriladi. Ijodkorlik yo‘q.
4.Tavakkal chiqariladigan qarorlar – mualliflar xavfdan qo‘rqishmaydi.
5. Ehtiyot bo‘lib chiqariladigan qarorlar – barcha variantlar mukammal 
holda tekshirib ko‘riladi. O‘ta tanqidiy yondashuv. YAngiliklar deyarli yo‘q.
Qaror qabul qilish boshqaruv funksiyalaridan biri hisoblanadi. Qaror bir 
qancha funksiyalarni bajaradi: 
1. Qarorning yo‘naltiruvchi funksiyasi. Bunda qaror boshqaruvning umumiy 
funksiyalarini, ya’ni rejalashtirish, tashkil qilish, nazorat, motivatsiya va h.larni 
hayotga tatbiq etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
2. Koordinatsiya funksiyasi. Bunda qarorning ijrosini ta’minlashda 
ijrochilarning xatti-harakatlarini koordinatsiya qiladi. 
3. Motivatsiya funksiyasi. Bunda qaror tashkiliy (buyruqlar, ko‘rsatmalar va 
h.), iqtisodiy stimullar (mukofot, maoshga ustama va h.) va ijtimoiy baholar (o‘zini 
o‘zi tasdiqlash, shaxsning o‘zini namoyon qilishi va h.) ko‘rinishada amalga 
oshiriladi. 
Boshqaruvning samaradorligi optimal qarorlar qabul qilishga bog‘liq. SHu 
nuqtai nazardan boshqaruv qarorlari tashkilotning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga 
erishish yo‘llaridan biridir. 
Amaldagi holatning istalgan holatga mos kelmasligi muammoni keltirib 
chiqaradi. Muammoni hal etish rejasining ishlab chiqilishligi qaror qabul 
qilishning vazifalarini belgilab beradi. Muammo quyidagi hollarda paydo bo‘lishi 


219 
mumkin: 
- mavjud tizim qo‘ygan maqsadlarni amalga oshirishni ta’minlab bermaydi; 
- mavjud ta’lim tizimi kelajakda qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishni 
ta’minlab bermaydi; 
- faoliyatning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini o‘zgartirish zarur. 
Muammo hamisha ma’lum shart-sharoitlar bilan bog‘liq, ya’ni buni vaziyat 
deb atashadi. Muammo va shart-sharoitlarning to‘plami muammoli vaziyatni 
tashkil qiladi. Muammoli vaziyatning paydo bo‘lishi qaror qabul qilish zaruratini 
keltirib chiqaradi. 
Qaror - harakat uchun qo‘llanma, fikriy faoliyatning turi va inson 
irodasining yuzaga chiqishidir. U qator belgilarga ega: 
-
imkoniyatlardan birini tanlashning mavjudligi; 
-
tanlov ongli holda maqsadga erishishga yo‘nalgan; 
-
tanlov qarorni tugash qismidir.
Qaror etarli darajadagi qaror bo‘lishi mumkin yoki optimal bo‘lishi mumkin. 
Optimal qarorda natija aynan ko‘zlangan maqsadlarning erilishi ko‘rinishida 
bo‘ladi.
Har qanday qaror ijro etilishi bilan hayotga tatbiq etiladi. Ijro qaror qabul 
qilishning eng muhmi bosqichlaridan biridir. Qarorning ijrosi ma’lum talablarni 
zarur qilib qo‘yadi. Boshqacha aytganda, boshqaruv qarorlari ijrosini ta’minlash va 
tashkil etish alohida muhim masala hisoblanadi. Bu – boshqaruv jarayonining 
tarkibiy qismi bo‘lib, qarorni ishlab chiqib, qaror qabul qilingandan so‘ng amalga 
oshiriladi. 
Boshqaruv qarorlarining ijrosini tashkil etish deganda boshqaruv 
sub’ektining faoliyati tushuniladi. Bu faoliyat yordamida chiqarilgan qaror hayotga 
tatbiq etiladi. Ijroning mukammalligi qarorning samaradorligini belgilab beradi. 
Qaror to‘g‘ri chiqarilgan bo‘lishi mumkin, biroq uning ijrosidagi kamchiliklar bois 
natija kutilganday bo‘lmasligi mumkin. Demak, ijro intizomi, ya’ni qarorni 
amaliyotga tatbiq etishda barcha ijro talablari mukammal bajarilishi lozim. Bunda 
me’yorga amal qilinishi talab etiladi. Me’yor – ijro intizomida qarorning 


220 
amaliyotga tatbiq etilishida saqlanishi lozim bo‘lgan optimal talablardir. Ijrodan 
keyin uning baholanishi jarayoni bo‘ladi. Bunda ko‘zlangan maqsadga ijro natijasi 
mos kelish-kelmasligi tekshirib ko‘riladi va baho beriladi. SHundan so‘ng 
qoniqqanlik darajasi aniqlanadi. Qoniqqanlik darajasi qaror ijrosining sifatini 
belgilovchi sub’ektiv mezondir. Nazorat boshqaruv jarayonining funksiyalaridan 
biri bo‘lib, boshqaruv qarorlarida qabul qilingan holatga baho beradi, tashkilot o‘z 
oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishilganlik darajasini belgilaydi. Qaror ijrosi 
bo‘yicha ishonchli nazorat tizimining yo‘qligi (bu qaytar aloqani ta’minlaydi) 
tashkilotni tanazzulga olib kelishi mumkin. Agar qabul qilingan qaror etarli 
darajada samara bermasa yoki xato qaror bo‘lsa, yaxshi faoliyat ko‘rsatayotgan 
nazorat tizimi o‘z vaqtida uning oldini olishi yoki qarorga yagni o‘zgartirishlar 
kiritishi mumkin bo‘ladi. Nazorat ham o‘z o‘rnida uchga bo‘linadi: qarorni amalga 
oshirishdan oldingi nazorat, qarorni hayotga tatbiq etish jarayonidagi nazorat, 
yakuniy nazorat. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish