J., Barakayev N. R. Tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/184
Sana03.03.2022
Hajmi3,15 Mb.
#481006
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   184
Bog'liq
tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari (1)

 
1.
 
Qaror qabul qilishda me’yorlarni shakllantirish va majmuaviy 
muammolarni o‘rganish. 
Aqliy faoliyatga tayangan holda, vujudga kelgan pedagogik muammoni 
echish uchun ma’lum bir jarayonlar kechadi. YA’ni muammoning vujudga kelishi 
va uni echishga oid bir necha bosqichlar mavjudligi nazarga tutilmokda. Faoliyat 


209 
dinamik mazmun kasb etib, ishlab chiqarish oldiga qo‘yiladigan navbatdagi 
vazifalarni bajarish jarayonida takomillashib (kengayib) boradi. Bu o‘z navbatida, 
turli ko‘rinish va mazmundagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlab (diagnostikasini, 
prognozini amalga oshirib), resurslardan manzilli foydalanishni takozo etadi. 
SHu tariqa, faoliyat doirasida namoyon bo‘ladigan muammoni tizimli 
o‘rganish uchun, mutaxassis muhim hisoblangan xususiy jihatlarga e’tibor 
qaratishi lozim:

muammoli vaziyatning vujudga kelish tarixini bilishi lozim; 

vaziyatning mohiyatini va muammoni anglab etishi lozim; 

taklif qilingan, asoslagan gipoteza asosida muammoni echish yo‘llarini 
belgilashi lozim; 

gipotezaning isbotlash uchun usullarni to‘g‘ri tanlashi lozim; 

bartaraf etilgan muammoning makbulligini sinashi lozim; 

sinash davomida kuzatilgan nuqsonlarni bartaraf etishda real vaziyatni 
inobatga olishi lozim. 
Bu o‘z navbatida muammmoli vaziyat sharoitida faoliyat bosqichlariga 
amal qilishni taqozo etadi: 

muammoni makon-vaqtga nisbatida kayd etish, ya’ni muammoning 
xududiy, vaqt chegarasini aniqlash; 

muammoning turini, tabiatini va uning tizimli xususiyatini aniqlash; 

muammoning rivojlanishi ob’ektiv konuniyatlarga asoslanganligini va 
uning oqibatlarnin aniqlash; 

muammoni ijobiy echish uchun zaruriy choralarni qo‘llash; 

muamoni xal etish uchun tashkiliy va texnik asoslarini ishlab chiqish; 

muammoning xal etish uchun me’yorlarni belgilash. 
Tahlilni amalga oshirish davomida, me’yor deb, tahlilni amalga oshirish 
uchun tanlangan ob’ektning sifat va miqdoriy jihatlarini o‘zaro bog‘liqligi nazarga 
tutiladi. Bunda mazmun va shakl, imkoniyat va voqe’lik o‘rtasidagi zaruriy 
uyg‘unlik ta’minlanishi shart hisoblanadi. CHunki, faoliyat doirasida amalga 
oshiriladigan tahlilnig asosiy maqsadi shundan iboratki, mavjud struktura tizimda 


210 
qanchalik samarali ishlashini aniqlashdan iborat. Tizimil tahlilda, tizimning 
tuzulishini, vazifasini, mavjud maqsadini aniqlash nazarda tutiladi. Ammo ikkala 
holat xam bir-birini to‘ldirib turadi. 
Tizim to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish maqsadida, tizimli tahlilni 
usullarini tadbik etishi bo‘yicha barcha me’yor va talablarini tizimli tahlil 
texnalogiyasi
 
o‘zida mujassam etgan bo‘ladi. E’tiborni qaratish lozimki, tizimli 
tahlil xilma-xillik jixatidan farqlanganligi sababli, u istiqbolli tadqiqot usuli 
hisoblanadi. 
Tizimli tahlilni amalga oshirish jarayonida quyidagilarga yo‘l qo‘ymaslik 
lozim: 

tushunarsiz vaziyatlarni misol keltirmasligi; 

katta miqdorda ma’lumotlarni qamrab olishga intilmasligi; 

fikrlarning keng yoyilib ketishi (tahliliy manba kiska bo‘lishi kerak. Unda 
tekshirilmagan, sharhi bo‘lmagan dalillar joy olmasligi darkor); 

ob’ektiv dalillar bilan tasdiqlanmagan sub’ektiv muloxazalarga yo‘l 
qo‘ymasligi; 

tahliliy manbaning asosiy mazmuniga taalluqli bo‘lmagan masalalarni bayon 
etmaslik va b. 
Tahlilni amalga oshiruvchi mutaxassis metrik usullar vositasida jamlangan 
axborotdan o‘zining mahsulini yaratadi. Bunda, tafakkur operatsiyalari amaliy 
mazmun kasb etadi. Negaki, tahlil tafakkurning mantiqiy usuli sifatida maydonga 
chiqadi. Bu esa mavhum tushunchalar yordamida va bir-biri bilan mustahkam 
bog‘langan tafakkur operatsiyalari: mavhumlashtirish, umumlashtirish va shu 
kabilar yordamida amalga oshiriladi. 
Anglash jarayonida analiz va sintez muhim o‘rin tutadi va uning barcha 
bosqichlarida amalga oshiriladi. Anglashda tasavvur qilish, ilmiy fantaziya va his 
qilish xam muhim o‘rin tutadi. Ular tahlilni amalga oshiruvchiga tafakkur 
faoliyatini faollashtirish va qat’iy mantiqiy jihatdan ko‘rib chiqilmaydigan u yoki 
bu dalilni anglash imkonini beradi. Bularning barchasi ijodiy jarayon 
tushunchasida umumlashadi. Tabiiyki, ijodiy jarayon faollikni, tahlilni amalga 


211 
oshiruvchining bilim va kobiliyatini safarbar kilishni talab qiladi. Ushbu 
safarbarlik ixtiyoriy jushkinlik va his-hayajonli holatda o‘z ifodasini topadi. Ijodiy 
kamol topish, ichki his qilish va yuzaga keladigan holatni modellashtirish 
jumlasidandir. Bu o‘z navbatida, tizimli tahlil metodologiyasiga oid bir qancha 
asarlarning muallifi bo‘lgan A.Rыkovni quyidagi munosabatini keltirishni taqozo 
etadi: “Tizimli tahlilda modellashtirish haqida gap ketganda, modellarni majbo‘riy 
tarzda mikdoriy xarakterga ega bo‘lishini ko‘zlamaslik lozim. Model sifatli, verbal 
bo‘lishi mumkin. Lekin, unda asoslab berilgan asosiy shartlar va gipotezalar 
ajratilgan bo‘lishi shart. Modelning makbulligi, birinchi navbatda, uning asosiy 
shartlariga rioya etilganligida namoyon bo‘ladi”
24
.Tahlil, nafakat boshqaruvni 
amalga oshirishda, balki ijtimoiy xayotni turli davrida har bir inson tomonidan 
amalga oshiriladi. Ammo, pedagogik faoliyatda tahlil ilmiy, ilmiy-pedagogik, 
ilmiy-kasbiy mazmun kasb etib, pedagogik jarayonni samaradorligini oshirish 
uchun xizmat kilishi lozim. 
Tahlil, faoliyat sifatida sohaviy rivojlanayotganligi tufayli doimiy 
ravishda yangi tahliliy yo‘nalishlar yuzaga kelmokda. Bugungi kunda siyosiy soha 
tahlilchisi, iqtisodiy soha tahlilchisi, harbiy soha tahlilchisi, madaniy soha 
tahlilchisi kabi tushunchalarni ilmiy mulokotga kiritilishi bejiz emas. YAqin 
kelajakda, ta’lim-tarbiya sohasining tahlilchisi degan tushuncha zamirida, 
pedagogik tizim faoliyatini tizili tahlilini amalga oshirishga kodir bo‘lgan 
mutaxasiss tushunilsa, ne ajab. 
Tahlil turini qaysi birini qo‘llashdan qat’iy nazar, uning natijasida biron bir 
shaklga ega bo‘lgan manba tayyorlanadi. Pedagogik faoliyat doirasida bu taqriz, 
tezis, makola, raddiya, izoh, ma’lumotnoma, muloxaza yuritishda kat’iy 
bo‘lmaslik. Tavsiyanoma, yo‘riqnoma, ko‘rsatma, maslahat tarzida bo‘lishi 
mumkin. Agarda, aniq pedagogik vaziyat o‘rganilsa, bunda ma’lumotnoma yoki 
tavsifnoma tayyorlanadi. 
Pedagogik faoliyat tizimida tahlil ko‘p funksiyalarni bajarib, zamonaviy 
pedagog pedagogik jarayon davomida yuzaga keladigan real (shu jumladan 
ehtimolli) vaziyatlarni ta’lim-tarbiya berish manfaatidan kelib chiqqan holda 


212 
tahlilini amalga oshira olishi, pedagogik jamoada, jamiyatda zamonaviy pedagog 
imijini shakllantirishi uchun muhim hisoblanadi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish