Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


-mavzu: SHAYBONIYLAR SULOLASI DAVRI



Download 0,54 Mb.
bet21/24
Sana07.08.2021
Hajmi0,54 Mb.
#140596
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
O'ZBEKISTON TARIXI МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ

11-mavzu: SHAYBONIYLAR SULOLASI DAVRI.
Reja:


  1. Shayboniylar davri bo'yicha manbalar.

  2. Shayboniylar davlatining tashkil topishi.

  3. Abdullaxon II va uning sulolada tutgan o'rni.

  4. Shayboniylar davlatining tizimi.

  5. Ma'muriy tuzulishi.

  6. Ijtimoiy tuzum.

  7. Harbiy soha.

  8. Sud ishlari.

  9. Iqtisodiy hayot.

  10. Madaniyat. Ilm - fan. Me'morchilik.


Tayanch tushunchalar:
xu asr oxiri - xuI asr boshlarida Temuriylar davlatining inqirozi. Abdulxayrxon boshchiligidagi ko'chmanchi o'zbeklar davlatining tashkil topishi. Shayboniyxonning hokimiyat tepasiga kelishi. Temuriylar davlati hududining Shaboniyxon qo'shinlari tomonidan istilo qilina boshlashi.

Shayboniylar davrida Movarounnahrning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. Madaniy hayoti. Muhammad Solix «Shayboniynoma», Bobur - «Boburnoma».


Muhammad Shayboniyxon boshchiligidagi ko'chmanchi o'zbeklar xuI asr boshlarida Movarounnahr va xurosonni egallab, temuriy shaxzodalar hukmronligiga chek qo'ydilar va bu ulkan hududda o'zlarining markazlashgan davlatiga asos soldilar. Bu davlat poytaxti avval Samarqandda bo'lgan bo'lsa, xuI asr o'rtalaridan boshlab Buxoroga ko'chirildi. Shundan keyin bu davlat Buxoro xonligi deb ham atala boshladi. Butan xuI asr mobaynida hokimiyatni o'z qo'llarida saqlab kelgan shayboniylar sulolasi hukmronligi o'zbek davlatchiligi tarixida katta ahamiyatga ega bo'lib, xuddi shu davrda o'zbek xalqining etnik shakllanishidagi uchinchi davr boshlandi. Dashti qipchoqlik o'zbeklar Movarounnahr va xurosondagi milliy turkiy xalq-o'zining azaliy qon-qarindoshlari bilan qo'shilib ketdi va ularga ham o'zining nomini berdi.

Manbalar. Shayboniylar davlati tarixini yoritishda turli tarixiy manbalardan foydalanish, ya'ni, manbalardagi ma'lumotlar bilan birga arxeologik, epigrafik, numizmatik va boshqa tarixiy tadqiqotlar natijalaridan foydalanish mavzuni to'laroq yoritishga yordam beradi.

Dashti Qipchoqda hamda Movarounnahr va Xurosonda xu-xuI asrda bo'lib o'tgan tarixiy voqealar xaqida qimmatli ma'lumotlar beruvchi mahalliy (eski o'zbek, fors tojik tillarida bitilgan) yozma manbalar anchagina. Ular ichida temuriyshaxzoda Zaxriddin Muhammad Boburning ( 1483-1530) o'zbek tilida bitilgan "«Boburnoma"»asari hamda Shayboniyxon xizmatiga kirgan shoir va tarixchi olimlardan Kamoliddin Binoiy (1453-1512) va Muhammad Solix (1453-1535) larning Shayboniyxonga bag'ishlab yozilgan asarlari muhim o'rin tutadi. Muhammad Solixning «Shayboniynoma «asari o'zbek tilida nazmiy uslubda yozilgan bo'lsa, Binoiyning «Shayboniynoma» si (bu asar «Fotuxoti xoniy» deb ham ataladi) fors tilida bitilgan va xozirgacha o'zbek tiliga to'liq tarjima qilinmagan. Bu asarda Shaybonixonning Dashti Qipchoqda hokimiyat tepasiga kelishi, Movarounnahr va xurosonni egallashi tafsilotlari bayon etiladi. Ularda muhim etnografik va jug'rofiy ma'lumotlar mavjud.

Shayboniyxon Dashti Qipchoqda hokimiyatni qo'lga olishi, Movarounnaxr va xurosonni zabt etishi, bu hududda xuI asrda ro'y bergan muhim ijtimoiy-siyosiy iqtisodiy va madaniy jarayonlar xaqida Xondamirning «Xabib us-siyar», Fazlullox ibn Ruzbexon (1457-1530)ning «Mexmonnomai Buxoro», noma'lum muallifning «Tavorixi g'uzida, Nusratnoma» (Bu asarni Shaybonixonning o'zi yozgan degan fikrlar ham bor), Mirzo Muhammad Xaydarning «Tarix Rashidiy» Muhammadyor ibn Arab qatag'onning «Musaxxir al-Bilod», Abdullox ibn Nasrulloxiyning «Zubdat ul-Osor», Xo'ja Qulibek Balxiyning «Tarixi Qipchoqxoniy», Xofiz Tanish Buxoriy (1547-1604)ning «Sharafnomai-shohiy» («Shoxlarni sharaflovchi asar») asarlarida va boshqa yozma manbalarda ham muhim ma'lumotlar bor.

Shayboniylar davlatining tashkil topishi. Siyosiy tarixi. Balxash ko'li va Sirdaryoning quyi oqimlaridan to Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bo'lgan ulkan hudud XI asrdan boshlab Dashti Qipchoq deb atala boshlandi. Qipchoqlar va boshqa turkiy qabilalar hukmronligi ostida bo'lgan bu hududni 1236 yilda Botuxon o'zining turk-mo'g'ul qo'shinlari bilan egalladi va tarixga Oltin O'rda nomi bilan kirgan davlatga asos soldi. XIV asr boshlarida ikki qismga bo'linib ketgan Oltin O'rda davlatining sharqiy qismida tashkil topgan davlat-Oq O'rda tarixiy manbalarda «O'zbeklar mamlakati» deb ham yuritilgan. XVasrning o'rtadlarida bu hududda Jujixonning beshinchi o'g'li Shaybon urug'idan bo'lgan Abdulxayrxon (1412-1468) ko'chmanchi o'zbeklar davlatiga asos soldi. Bu davrda Oltin O'rda (Ko'k O'rda)da, Mo'g'ulistonda va temuriylar hukmronlik qilayotgan Movarounnahrda o'zaro feodal urushlar nihoyatda kuchayib ketdi. Bundan foydalangan Abdulxayrxon Sirdaryoning o'rta oqimidagi bir qancha shaharlarni, Xorazmning bir qismini bosib olib, temuriylar davlatining yon qo'shnisi bo'lib qoldi. Abdulxayrxonning vafotidan so'ng inqirozga uchragan bu davlatXVasrning 80-yillarida Muhammad Shayboniyxon (1451-1510) tomonidan qayta tiklandi. Shayboniyxonning hokimiyat tepasiga kelishida Movarounnahr amirlaridan olingan yordam ham katta ahamiyatga ega bo'lgan. Xozirgi Qozog'istonning katta qismini, janubiy-g'arbiy Sibirni va Xorazmning janubiy qismini o'z ichiga olgan bu davlat bilan temuriylar davlati o'rtasida o'zaro iqtisodiy va siyosiy aloqalar mavjud edi. Temuriy shaxzodalarning ko'pchiligi toju taxt uchun kurashda ko'chmanchi o'zbeklardan moddiy va harbiy yordam olib turganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Aslida bitta millatga, bitta xalqqa mansub bo'lgan har ikki davlatning hukmron tabaqalari bir-birlari bilan quda bo'lishga intilganlar. Hususan, ko'pgna temuriy shaxzodalar Dashti Qipchoqdan kelin olgan bo'lsalar, ba'zi temuriy malikalar u yerga kelin bo'lib tushganlar.

Shayboniylar davlatining asoschisi Muhammad Shoxbaxt Shayboniyxon (1451-1510) bo'lib, u iste'dodli shoir va zamonasining o'qimishli, bilimdon kishilaridan biri edi. U hokimiyatni qo'lga olmasdan oldin, Buxoroda bir necha muddat yashab, bu yerdagi madrasada ta'lim oladi, diniy va dunyoviy ilmlarni o'rganadi. Mashhur ilohiyat olimi Muhammad Xitoiy uning ustozi bo'lganligi, mashhur shayx va olim xoji Muhammad Porsoning izdoshlaridan Xofiz xusayn Busiriy va uning xalifasi xoja Mahmud hamda Buxoroi sharifning boshqa ko'pgina ulamoyu-shurolari ham Shayboniyxon bilan yaqin munosabatda bo'lganligi ma'lum.

Ko'chmanchi o'zbeklar xoni sifatida hokimiyatni qo'lga olgan Shayboniyxon tez orada tajribali davlat raxbari va harbiy sarkarda ekanligini namoyish qildi. XVasrning 90-yillaridayoq Movarounnahrning markaziy viloyatlariga o'zaro kurashlar va ichki nizolar tufayli tobora zaiflashib borayotgan temuriylar davlati hududlariga xujumlar uyushtira boshladi. Bu davrda Movarounnahrdagi temuriylar saltanati amalda mustaqil boshqariladigan kichik-kichik viloyatlarga bo'linib ketgan edi. Ayniqsa, 1494 yilda Samarqand hukmdori Sulton Ahmad Mirzo vafotidan so'ng temuriy shaxzodalarning o'zaro nizolari yanada kuchayib, mamlakatda boshboshdoqlik, ko'p hokimiyatchilik yuzaga keldi. Bundan foydalanishga intilgan Shayboniyxon 1497 yilda Movarounnahrga o'zining dastlabki xujumini uyushtirdi. U katta ko'ch bilan Samarqandaga yurish qildi, lekin shaharni ololmasdi, Qarshi va Shaxrisabzga xujum qilib katta o'lja bilan qaytib ketdi.

Temuriy shaxzodalar Boysunqur Mirzo va sulton Alilar o'rtasidagi Samarqand taxti uchun bo'lgan urushlardan foydalangan Andijon hokimi Zaxriddin Muhammad Bobur 1497 yilda temuriylar poytaxti Samarqand shahrini egallaydi. Lekin qisqa vaqt (100) kun hukmronlikdan so'ng yana Andijonga qaytib ketishga majbur bo'ladi. Samarqand taxtiga temuriy shaxzoda, Qarshi hokimi Sulton Ali o'tiradi. Temuriylarni bu nizolarini diqqat bilan kuzatib turgan Shayboniyxon 1499 yilda katta kuch bilan yana Samarqandni qamal qiladi. Buxoro hokimi Boqi Tarxonning 10 ming kishilik qo'shin bilan samarqandliklarga yordamga kelayotganligidan xabar topgan Shayboniyxon qamalni to'xtatib unga qarshi chiqadi. Samarqand va Buxoro oralig'ida joylashgan Dobusiya qal'asini mudofaa qilib turgan Boqi Tarxon qo'shinlari bilan bo'lgan qisqa jangdan so'ng, uning qo'shinlari himoyasiz qolgan Buxoroga yurish qilib, shaharni jangsiz egallaydilar. Boqi Tarxon Samarqand va Buxoroliklarning birlashgan qo'shiniga bosh bo'lib Buxoroga qaytdi. Lekin Shayboniyxonning inisi Sulton Mahmud boshchiligidagi saralangan o'zbek qo'shinlari bilan Buxoro ostonasida bo'lgan jangda mag'lubiyatga uchrab, Qarshi shahriga chekinadi.

Bu voqelarni kuzatib turgan va temuriy hukmdorlar uchun jiddiy xavf paydo bo'lganligini anglagan Bobur Mirzo 1500 yilda o'z qo'shini bilan yana temuriylarning poytaxt shahriga Samarqandga yurish qiladi. Lekin Shayboniyxon undan oldinroq harakat qilib Samarqandni qamal qildi. Shahar hokimi Sulton Ali o'zining ba'zi amaldorlari taxtni Bobur Mirzoga topshirish uchun yashirin harakatlar olib borayotganligidan xabar topib, Shayboniyxon bilan muzokaralar olib borishga majbur bo'ldi. Ular orasidagi kelishuvga ko'ra Shayboniyxon Sulton Alining onasiga uylanadi va Samarqand shahrini ham jangsiz qo'lga kiritadi. Tez orada Qarshi va xuzor (Guzor) shaharlari ham shayboniylar tomonidan bosib olindi.

Movarounnahrning ikki yirik shaharlari Buxoro va Samarqandning jangsiz Shayboniyxonning qo'liga o'tishi, uning nafaqat tajribali sarkarda, balki yetuk davlat arbobi va aqlli siyosatchi ham ekanligini ko'rsatib turibdi. 1501 yilda Shayboniyxon asosiy qo'shini bilan Toshkent hokimi Mahmudxon va Farg'ona hokimi Ahmadxonlarga qarshi yurish qilib Toshkent viloyatidagi Shoxruxiya va boshqa ko'pgina qal'alarni bosib olishga muvaffaq bo'ldi.

xuddi shu paytda Bobur Mirzo Samarqanddagi o'ziga hayrihoh kishilar yordamida shaharni ikkinchi marta qo'lga kiritishga erishdi. Qarshi va G'uzorda ham shayboniylarga qarshi g'alayon ko'tarildi. Movarounnahrda Shayboniylar uchun taxlikali vaziyat yuzaga keldi. O'zining Movarounnahrdagi asosiy raqibi Bobur Mirzo ekanligini anglagan Shayboniyxon katta kuch bilan Samarqandga qaytdi va shahar yaqinidagi Saripul degan joyda bo'lib o'tgan hal qiluvchi jangda Bobur Mirzo qo'shinlariga qattiq zarba berdi. Shaharga qaytib mudofaaga o'tishga majbur bo'lgan Bobur Mirzo boshqa temuriy hukmdorlardan yordam ololmaganidan so'ng uzoq qamalga bardosh berolmay, Shayboniyxon bilan kelishuvga ko'ra Samarqandni tashlab chiqib ketishga majbur bo'ldi. Zarafshon va Qashqadaryo vohalari Shaybonixon qo'liga o'tdi.

Shundan so'ng Shayboniyxon Movarounnahr va xurosonning turli viloyatlarini qo'lga kiritish uchun bir necha yo'nalishda janglar olib bordi. Bu vazifani bajarishda tajribali sarkardalar Sulton Mahmud Bohodir, Ubaydullo Sulton, Kuchkunchixon, Suyunchxujaxonlar katta rol o'ynadilar. 1501-1502 yillarda Sulton Mahmud boshchiligidagi qo'shinlar Dizzak (Jizzax), Urtepa, Shosh, Shoxruxiya, Sayram kabi shahar va qal'alarni egallaydi.

1503 yilning oxirida Shayboniyxon Sulton Mahmud boshchiligidagi qo'shinlarni Xorazmni egallash uchun yubordi. Bu birinchi harbiy yurish davomida Xorazmning bir qismi, hususan, Kat qal'asi egallandi. Lekin Shayboniyxon Xisor viloyatiga yurish qilish uchun barcha kuchlarini yig'ayotganligi sababli, Sulton Mahmud qo'lga kiritilgan katta o'lja bilan Buxoroga qaytdi. Xorazmni butunlay egallash uchun Shayboniyxonning o'zi 1504 yilda ikkinchi marta harbiy yurish qildi. 1505 yilning yozida Urganch shahri egallangandan so'ng Xorazm to'laligicha bosib olindi.

Shayboniyxon asosiy qo'shinlari bilan 1504 yilda Xisor viloyatiga yurish qilib uni bosib olishga muvaffaq bo'ldi. Xisor hokimi xusravshox ancha katta harbiy kuchga ega bo'lsa-da, Shayboniyxonga jiddiy qarshilik ko'rsata olmadi. Natijada Xisor viloyati barcha tog'lik tumanlari bilan birga Shaybonylar ixtiyoriga o'tdi hamda Termiz va Amudaryoning so'l qirg'ogiga joylashgan Qunduz, Tolkon, Badaxshon va Balx ishg'ol etildi. Bu harbiy yurishlarda qatnashgan tajribali lashkarboshi Sulton Mahmud 1505 yil Qunduzda kasallikdan vafot etdi. Uning jasadi Qarshi orqali Samarqandga olib kelinib, dafn etildi.

Shayboniyxonning Movarounnahr va xurosonni birlashtirib markazlashgan davlat tuzishga xalaqit berayotgan yana bir jiddiy raqib Dashti Qipchoqda hukmron bo'lib qolgan qozoq sultonlari edi. 1504 yilda Balx shahrini qamal qilib turgan Shayboniyxon qozoq sultonlarining Movarounnahrga hujum qilganligini eshitib, orqaga qaytishga majbur bo'ldi va Dashti Qipchoqqa yurish qildi. Qozoq sultonlari ochiq jangdan qochib chekingan bo'lsalar-da, 1506 yilda Shayboniyxonning xurosonda ekanligidan foydalanib yana Movarounnahrga bostirib kirib, uni talon taroj qildilar. Shayboniyxon orqaga qaytib, ularni yana Dashti Qipchoqning ichkarisigacha quvib kiradi. 1508 yilda qozoq sultonlari xujumi yana takrorlandi. O'sha yili Shayboniyxon xozirgi Afg'onistonning Qandahor va Zamindovur viloyatlarini ishg'ol qilib, Qobulda turgan Zaxriddin Muhammad Bobur bilan kurashish uchun kuch to'playotgan edi. Uning yo'qligidan foydalangan qozoq sultonlari-Ahmad sulton bilan Jonish sultonlar Movarounnahrga xujum qilib, Buxoro va Samarqandgacha yetib keldilar va ko'p odamlarni asir olib, katta o'lja bilan qaytib ketdilar. 1508 yilda Shayboniyxon Buxoroga qaytib keladi va qozoq sultonlariga qarshi hal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko'ra boshlaydi. 1509 yilning boshlarida o'zbeklarning katta qo'shini Dashti Qipchoq ustiga yurish boshladi va mart oyida Jonish sultonning yurti Qora Abdalni egallaydi. Shundan so'ng qozoq sultonlari va xonlari ichida eng nufuzlisi va kuchlisi bo'lgan Burundukxon ulusiga xujum qilindi. Burundukxon bilan Qosim sulton Shayboniyxonning katta kuch bilan kelayotganligini eshitib, Dashti Qipchoqning ichkarisiga chekindilar. Shayboniyxon ularni ancha yergacha ta'qib qilib borgan bo'lsa-da, butunlay tor-mor qilishga muvaffaq bo'la olmadi. Bu yurishlar natijasida Sig'noq, Yassi, Savron shaharlari qayta qo'lga kiritildi. Turkistondagi Xo'ja Ahmad Yassaviy maqbarasini ta'mirlatib, bu yerda ba'zi imoratlar qurdirgan Shayboniyxon Turkiston viloyatiga ilgari Qarshi viloyatining noibi bo'lib turgan Sa'id Oshiqni hokim qilib tayinladi va Movarounnahrga qaytadi.

Movarounnahrning markazida mustahkam o'rnashib olgandan so'ng Shayboniyxon xurosonni zabt etishga jiddiy kirishdi. Sulton xusayn Bayqaroning 1506 yilda vafot etishi, so'ngra xuroson taxti uchun o'g'illarining o'zaro kurash boshlashi unga juda qo'l keldi. Xirot taxtiga birdaniga ikki shaxzoda Muzaffar va Badiuzzamon o'tkazildi. Temuriy shaxzodalarning kelishib harakat qila olmaganligi va harbiy jihatdan uquvsizligidan foydalangan Shayboniyxon Balx shahrini egalladi. 1507 yilda Xirot shahri ham qo'lga olingandan keyin butun xuroson Shayboniylar davlatiga qo'shib olindi.

Temuriylar davlatining asosiy viloyatlarini o'z ichiga olgan Movarounnahr va xuroson egallangandan so'ng Eronni bosib olish uchun zimdan tayyorgarlik ko'rila boshlandi. 1509 yilning aprel oyida Shayboniyxon Qarshida o'z qo'shinlarini to'playdi va ularga bosh bo'lib Amudaryo kechuvi-Burdaliq tomonga (xozirgi Chorjuy yaqinida) qarab yo'lga tushadi. Lekin Fayzullox ibn Ruzbexonning bergan ma'lumotiga qaraganda, yo'lda o'zbek sultonlarini o'z uluslariga qaytarib yubordi. Muhammad Temur sulton Samarqandga, Xamza sulton Xisori Shodmonga, Ubaydullo sulton Buxoroga o'z qo'shinlari bilan qaytib ketadilar. Bu bilan Shayboniyxon Movarounnahrdagi siyosiy barqarorlikni saqlab turish va ehtimol qozoq sultonlarining yangi bosqinining oldini olishni ko'zlagan bo'lsa kerak. Marv shahrini egallagan Shaybonixon Eronni ichki viloyatlariga yurish qiladi. Mashxad va Tus shaharlarini ziyorat etib, ba'zi memoriy inshootlarni ta'mirlashga buyruq beradi. 1510 yilda Erondan orqaga qaytgan Shayboniyxon orqadan katta kuch bilan yetib kelgan Eron shohi Ismoil Safoviy qo'shinlari bilan Marv yaqinida, Movarounnahrdan yordam kelishini kutmasdan jangga kirishga majbur bo'ldi va son jihatdan ustunlikka ega bo'lgan «Qizil boshlilar» qo'shinlaridan mag'lubiyatga uchraydi. Shaybonixonning o'zi ham bu jangda halok bo'ldi va uning Eronni zabt etish rejasi amalga oshmadi.

Zamondoshlari tomonidan «Xalifa ul-Raxmon» va «Imom az-Zamon» deb ulug'langan Shaybonixon tiriklik vaqtidayoq Movarounnahr va xurosonni o'zbek sultonlariga suyurg'al sifatida taqsimlab bergan edi. Shaybonixonning o'limidan so'ng taxtga Shayboniyxonning amakisi Kuchkinchixon (1510-1529) ko'tarildi. Bu xon ona tomonidan temuriylardan bo'lib, mashhur olim, davlat arbobi Mirzo Ulug'bekning qizi Robiya begimning va ko'chmanchi o'zbeklar davlatining asoschisi Abdulxayrxon o'g'li edi.

Lekin bu davrda o'zbek sultonlari orasida boshlangan kelishmovchiliklar davlatni zaiflashishga olib keldi va shayboniylar keyingi janglarda mag'lubiyatga uchray boshladilar. Natijada xuroson va Xorazm qo'ldan boy berildi. Qobulni egallab turgan Bobur 15II yilda Eron shohi qo'shinlari yordamida Xisor, Ko'lob, Qunduz, Badaxshon va Samarqandni bosib oldi. Movarounnahrni butunlay egallash niyatida bo'lgan Boburga tarjibali sarkarda Najmiddin Soniy boshchiligida 12000 kishilik eron qo'shini kelib qo'shildi. 1512 yilda Qarshi shahrini qattiq janglardan so'ng qo'lga kiritgan eronliklar shaharni talon-taroj qilib, ko'pgina begunoh odamlarni qirg'in qildilar. Bu urushda shahar himoyachilari safida bo'lgan tarixchi olim, shoir Binoiy ham halok bo'ldi. Bu qirg'in Movarounnahrda eronliklarga qarshi kuchli norozilik va g'alayonlar ko'tarilishiga olib keldi.

Keyingi hal qiluvchi jang G'ijduvon yaqinida bo'lib o'tdi. 1512 yilning noyabr oyida Buxoroga yurish qilgan Bobur va eronliklarning birlashgan qo'shini Shayboniyxonning jiyani, Sulton Mahmudning o'g'li Ubaydulla Sulton tomonidan butunlay tor-mor etildi. Bu mag'lubiyatdan so'ng Bobur Mirzo Movarounnahr taxtidan umidini uzib, yana Qobulga qaytib ketishga majbur bo'ldi. Keyinchalik u o'z qo'shini bilan Hindistonga yurish qildi va birin-ketin Laxor, Dehli, Agra shaharlarini ishg'ol etib, xozirgi Pokiston, Hindiston, Bangladej va Afg'onistonning katta qismini o'z ichiga olgan Boburiylar imperiyasiga asos soldi.

Kuchkinchixonning o'limidan so'ng Movarounnahr taxtiga uning ug'li Abu Saidxon o'tqazildi (1529-1533). Lekin tez orada Shayboniy sultonlari ichida katta mavqega ega bo'lgan Ubaydullaxon oliy hokimiyatni o'z qo'liga olishga erishdi. Buxoro viloyatining hukmdori bo'lgan bu tajribali siyosatchi va g'ayratli sarkarda hukmronligi davrida (1533-1539) Movarounnahr, ayniqsa, Buxoro viloyati har tomonlama rivojlandi. Xonlikning poytaxti Samarqanddan Buxoro shahriga ko'chirildi. Shundan so'ng Shayboniylar davlati rasman Buxoro xonligi deb atala boshladi. Lekin Ubaydullaxonning o'limidan keyin o'zbek sultonlari orasidagi kelishmovchiliklar yanada kuchayib, mamlakat amalda bir necha qismlarga bo'linib ketdi. Buxoroda Abdulazizxon (1540-1550), Samarqandda Abdulatifxon (1540-1551, Toshkent va Turkistonda Navruz Ahmadxon (1540-1556) hukmronlik qila boshladi. Bu hukmdorlarning bir-birlari bilan o'zaro kurashlari mamlakatni ancha zaiflashishga olib keldi. Shayboniy sultonlarining o'zaro kurashlariga barham berib, ularni yagona hokimiyat ostiga birlashtira oladigan qattiqqo'l va tajribali davlat arbobiga hayotiy ehtiyoj paydo bo'ldi. Bu ehtiyoj tarix sahnasiga Abdulla ibn Iskandarxonni olib chiqdi.

XVI asr o'rtalarida o'z siyosiy faoliyatini boshlagan Abdullaxonning ilk yutuqlari Qashqadaryo vohasi bilan bog'liq. 1552 yilda Abdullaxon Qarshi qo'rg'onlarini egallab, Samarqand va Keshga tahdid solayotgan Navro'z Ahmadxonning katta qo'shinini Koson yonida bo'lgan jangda tor-mor qilishga muvoffiq bo'ldi. 1553-1554 yillarda navro'z Ahmadxon Samarqand va Miyonkolni egallagandan keyin Balxga ketshga majbur bo'lgan Abdullaxon 1556 yildan so'nggina (Navruz Ahmadxonning o'limidan keyin) Buxoro taxtini egallash uchun jiddiy kurash boshladi. Xonlik taxtiga o'tirgan tog'asi Pirmuhammad yordamida u 1556-1557 yillarda Miyonkol, Kesh, Buxoro va Nasafni egalladi. 1560 yilda u otasi Iskandar sultonni Buxoroga olib kelib butun o'zbeklarning Oliy xoni deb e'lon qiladi. Lekin amalda hokimiyat Abdullaxonning qo'lida edi.

Abdullaxon uzoq yillar (1557-1583) davomida olib borilgan janglardan so'ng butun Movarounnahrni, Xisorni, xurosonning katta qismini, Xorazm va Turkistonni qo'lga kiritib, bu ulkan hududda markazlashgan davlat barpo etishga erishdi. Abdullaxonning yutuqlarida Jo'ybor xo'jalarini qo'llab-quvvatlashlari ham katta ahamiyatga ega bo'ldi. Hokimiyat amalda Abdullaxonning qo'lida bo'lsa-da, to 1583 yilgacha Buxoro xoni rasman uning otasi Iskandar hisoblanar edi. Avval Miyonkol tumanining hokimi bo'lgan Iskandarxon (1560-1583) ning g'ayratli va tajribali harbiy sarkarda bo'lganligi, lekin qarigandan keyin taqvoga berilib ketganligi manbalarda qayd etilgan.

Abdullaxonning sa'yi harakati bilan tashkil topgan va har tomonlama qudratli bo'lgan bu xonlik o'zbek davlatchiligi tarixida Amir Temur saltanatidan keyingi eng yirik davlat edi. Lekin bu davlatning kuch qudrati ham xuddi Amir Temur tuzgan davlatdek, hokimiyat tepasida turgan hukmdorning shaxsiy fazilatlariga suyanar, davrning har qanday sinovlariga bardosh bera oladigan mustahkam davlatchilik tizimi yaratilmagan edi. Shu tufayli ham Abdullaxonning o'limidan so'ng (1598) katta qiyinchilik bilan barpo etilgan bu davlat ham tez orada inqirozga yuz tutdi. Uning vorislari Abdullaxonning buyuk davlatchilik siyosatini davom ettira olmadilar va hokimiyatni juda qisqa vaqtgina o'z qo'llarida saqlab tura oldilar. 1598 yilda, Abdullaxonning o'limidan keyin taxtga o'tirgan uning o'g'li Abdulmo'min 6 oydan so'ng saroy fitnachilari tomonidan o'ldirildi. Hokimiyatni Shaybonixonning safdoshlaridan Jonibek sulton (1528-yil vafot etgan) ning urug'idan bo'lgan Pirmuxammad Ibn Sulaymon (1599-1601) egalladi. Abdullaxonning jiyani bo'lgan bu xon shayboniylar sulolasining sunggi vakili bo'lib qoldi.

Abdullaxonning vafotidan keyin markaziy davlat hokimiyatning zaiflashuvi natijasida Xorazm va xuroson qo'lidan ketdi. Movarounnahrning markaziy viloyatlariga qozoq xoni Tavakkalxon katta qo'shin bilan bostirib kirib Farg'ona vodiysini, Toshkentni, Samarqand va Zarafshon vohasining katta qismini bosib oldi hamda Buxoroni qamal qildi. O'zbek sultonlarining birlashgan qo'shinlari Pirmuhammadxon boshchiligidagi Buxoro yonida qozoqlarga qattiq zarba berib ularni chekinishga majbur qilgan bo'lsada, lekin Movarounnahrdagi siyosiy vaziyat yaxshilanmadi. Shayboniy hukmdorlar o'rtasidagi uzaro kurashlar oxir oqibat bu sulola vakillarining butunlay qirilib ketishiga olib keldi va 1601 yilda Pirmuhammadxonning o'limidan keyin Buxoro taxti yangi sulola Ashtarxoniylar (Joniylar) qo'liga o'tdi.

Davlat tizimi. Shayboniylar davlati o'z mohiyatiga ko'ra yirik davlat bo'lib, oliy hokimiyat cheklanmagan huquqlarga ega bo'lgan davlat boshlig'i xon tomonidan boshqarilgan. Xonlikning siyosiy tizimida, boshqaruvda Amir Temur va temuriylar davrida qaror topgan tartib-qoidalar, hususiyatlar bilan birga ko'chmanchi o'zbeklar davlatiga xos an'analar ham mavjud edi. Davlat boshqaruvida islomiy shariat va odat qonun qoidalarga amal qilingan. Davlatni boshqarishda xon saroyidagi oliy darajali amaldorlardan tashkil topgan markaziy boshqaruv va viloyat hokimlari qo'lidagi mahalliy boshqaruv asosiy o'rin tutib, ular mamlakatning amaldagi xaqiqiy egalari edilar. Ular yordamida, bevosita ishtirokida xon ma'muriy boshqaruvni amalga oshirardi.

Markaziy boshqaruv davlatning ichki va tashqi hayotiga bog'liq barcha masalalarni hal qiladigan dargox-saroy devonida jamlangan edi. Davlatning oliy darajali amaldorlari a'zo bo'lgan va odatda bosh vazir tomonidan boshqariladigan bu mahkama mamlakatning siyosiy, moliyaviy, harbiy tashkiliy va boshqa masalalarni ko'rib chiqar edi. Bu yerda qabul qilingan qarorlar xonning tasdig'i bilangina kuchga kirar va hayotga joriy etilardi. Ko'kaldosh, otaliq, naqib, vaziri a'zam, vazir, devonbegi va boshqa oliy darajali saroy amaldorlari, nuyon, tug'begi, qutvol, dorug'a, qo'rchiboshi va boshqa harbiy amaldorlarning fikri va manfaatlari ham qarorlar qabul qilinishida katta ahamiyatga ega edi. Davlat boshqaruvida harbiy-ma'muriy amardorlardan tashqari, ulamolar, din peshvolari, shayxlar va xojalarning, hususan, Shayx ul-islom, Qozi kalon, Mufti kabi diniy mansab egalarining ham ta'siri katta bo'lgan. Bu davrda, ayniqsa Buxoroda yaqindagi Jo'ybor qishlog'idan chiqqan xojalarning mavqei juda oshib ketdi.

Mahalliy boshqaruv viloyat hokimlari qo'lida bo'lib, ular o'z boshqaruv tizimiga ega bo'lgan. Unga qo'shinga boshchilik qiladigan, aholidan soliqlar yig'ib oladigan, shariat qonunlarining to'g'ri bajarilishini nazorat qiladigan amaldor (rais)lar kirgan. Viloyatlar o'z, navbatida, kichik ma'muriy birliklar: tuman, kasaba va mavzelarga bo'linib idora qilingan. Mahalliy boshqaruvning eng quyi bo'g'ini oqsoqol (kalontaron) tomonidan boshqariladigan qishloq jamoalari edi.

Ma'muriy tuzulishi Buxoro xonligining bu davrdagi asosiy ma'muriy birligi viloyat (ulus) bulib, manbalarda Samarqand, Qarshi, Shaxrisabz, Xisor, Balx, Termiz, Karmana, Qorako'l, Miyonkol, Shosh, (Toshkent), Turkiston, Farg'ona, Uratepa, Marv kabi viloyatlar tilga olinadi. Poytaxt, shahar va unga tegishli tumanlar xonning o'zi tomonidan boshqarilgan. Viloyat hokimlari xon tomonidan tayinlangan. Odatda bunday yuksak mavqega xonning yaqin va ishonchli kishilari, qarindoshlari, yirik qabila boshliqlari, harbiy yurishlarda o'zini ko'rsatgan o'zbek sultonlari muyasar bo'lgan. Shuni alohida aytib o'tish kerakki, xonlikning davlat chegaralari doimiy bo'lmay tez-tez o'zgarib, kengayib yoki qisqarib turgan. Ba'zi viloyatlar tashqi va ichki siyosiy vaziyatga qarab markaziy hokimiyatga bo'ysunmay qo'ygan va ularni qayta bo'ysundirish uchun harbiy yurishlar olib borgan.

Ijtimoiy tuzum. Jamiyat hayotiga davlat boshqaruvida tutgan o'rniga, mavqeiga qarab quyidagi bir nechta ijtimoiy tabalarni ajratib ko'rsatish mumkin: -



  • Oliy tabaqa. Unga xon va uning yaqinlari, o'zbek sultonlari, yirik saroy amaldorlari ( vaziri vuzaro) kirgan. Davlat boshqaruvini ana shu ijtimoiy tabaqa amalga oshirgan.

  • Umaro harbiy- ma'mariy amaldorlar, yirik sarkardalar, viloyat hokimlari, qo'shni va qabila boshliqlari. Mahalliy boshqaruv ular qo'lida bo'lgan.

  • Ulamolar. Yirik din peshvolari, shayxlar, xojalar. Ular nafaqat diniy, balki dunyoviy boshqaruvda ham faol ishtirok etganlar.

  • Fuzalo. Jamiyat madaniy-ma'naviy hayotni aks ettirgan: olimlar, shoirlar va boshqalar.

  • Raiyat (fuqaro). Jamiyatda asosiy ishlab chiqaruvchi. moddiy boylik yaratuvchi xazinaga soliq to'lovchi ijtimoiy tabaqa bo'lib, ularga do'kondorlar, hunarmandlar, o'rta hol dehqonlar va chorvadorlar, yollanib ishlaydigan aholi kirgan

  • Qullar. Bu davrda qulchilik saqlanib qolingan bo'lib, qullarni asosan harbiy talonchilik yurishlari paytida asirga tushirilgan, o'lja qilib olingan kishilar tashkil etgan. Ma'lum xaq evaziga ular ozod bo'lishi mumkin bo'lgan. Qullar mehnatidan saroyda, yirik amaldorlar va ullamolar xujaliklarida foydalanishgan.

Harbiy soha. Mamlakat siyosiy hayotida, davlat boshqaruvida yirik sarkardalar, qo'shin boshliqlarining o'rni katta edi. Ichki va tashqi xavfni bartaraf etishda yangi yerlarni bosib olish uchun qilinadigan istilochilik yurishlarida qo'shinlarining soni, harbiy tayyorgarligi, qo'shin boshliqlarining qo'mondonlik mahorati katta ahamiyat kasb etardi.

Shayboniylar qo'shini asosan otliq va piyoda askarlardan tashkil topgan. Qo'shin urushda o'q-yoy, uzun nayza, qilich, gurzi, uzun dastali jang boltasi (tabarzin), changak kabi asosiy xujum qurollaridan foydalangan. Abdullaxon ikkinchi davrida qo'shin xorijdan keltirilgan pilta miltiqlar bilan ham qurollantirildi. Shayboniylar qo'shinida navkarlar himoya uchun qalqon (sipar) dan foydalanganlar, hamda temir simdan mayda qilib tuqilib, usti ipak va baxmal mato bilan yopilgan sovut-jovshan (forscha baxtar) yoki jiba (jeva)-temir yoki po'latdan ishlangan mahsus kiyim kiyib jang qilganlar. Abdullaxon ikkinchi davrida Yevropada keltirilgan farangi jovshan (sovut) ham bo'lgan. Urushda yaroq va o'q- o'tmasligi uchun otlar ustiga ham mahsus yopinchiq-gejm (kejim) yopishgan.

Qo'shin tarkibida naftandozlar, manjanliqchilar va tosh otuvchilar ham bo'lib, ular shahar va mudofaa qo'rg'onlarini egallashda katta o'rin tutgan. xuI asrning 2-yarmidan boshlab Abdullaxon Ikkinchi qo'shinida chet ellardan keltirilgan kichik zambaraklar paydo bo'ldi.

Qo'shin tarkibi, uning jagovor saflanishi, jang qilish tartibi Chingizxon va Amir Temur qo'shinlari harbiy tuzilishi, urush taktikasishga asoslangan bo'lib, unga Shaybonixon davrida ko'chmanchi o'zbeklarga hos bo'lgan bir qancha yangi jang usullari kiritildi. Hususan, Bobir Mirzo, Shaybonixon qo'shini «Tulg'ama» jang usulini mukammal o'zlashtirganliklari xaqida ma'lumot beradi.

Shayboniylar qo'shini asosan qalb (kavl) deb ataluvchi markaziy qism, barong'or (o'ng qanoti) va javongor (so'l qanot) qismlarida hamda xirovul (qo'shinining orqa qismi) dan tashkil topgan. Ular xonning o'zi va tajribali o'zbek sarkardalari boshchilik qilgan. Qo'shinning qanotlariga boshchilik qilgan sarkarda o'g'lon deb yuritilgan. Qo'shin oldida manglay (avangard) deb ataluvchi harbiy qism yarim doira shaklida saf tortib borgan. Uning oldida esa tez harakatlanuvchi kichik jangovor kism ilg'or bo'lgan. Shayboniylar qo'shinida umumiy qism oldida boruvchi «Qorovul» deb atalgan mahsus qism, kushinning o'ng va so'l qismlari oldida boruvchi kichik gul deb yuritilgan bo'linmalar va ortidan boruvchi mahsus yordamchi bulinma chanox bo'lgan.

Qo'shin tarkibida tugchi qism, ya'ni bayroq ostida ehtiyotda turuvchi (tugni qo'riqlovchi) 20-30 ming kishilik jangovor harbiy bo'linma hamda zabongiri, ya'ni dushman tomonidan yashirin ravishda «til» tutib keluvchi mahsus bo'linma va xabargiri dushman to'g'risida umumiy ma'lumot keltiruvchi bo'linmalar ham bo'lgan.

Manbalarda, favqulodda vaziyatlarda eng qaltis harbiy vazifalarni bajarishga mo'ljallangan, saralangan uzbek jangchilaridan tashkil topgan jangovor qismlar bo'ganligi ham ta'kidlanadi.

Harbiy yurishlar paytida xon uchun rasmiy qabul marosimlari o'tkaziladigan mahsus joy bargoh xozirlangan. Qo'shinda saralangan o'zbek navkarlaridan tuzilgan xonning qo'riqchilari ham katta rol o'ynagan.

Shayboniylar qo'shini ham Chingizxon va Amir Temur qo'shinlaridek, 10 ming korpuslar-tumanlarga bo'lingan. Unga No'yon deb ataluvchi harbiy sarkarda boshchilik qilgan. Tumanlar o'z navbatida minglik, yuzlik, o'nliklarga bo'lingan.

Qo'shinni jangga xozirlash, ularning maoshini tulash va boshqa tashkiliy ishlar bilan mahsus amaldor-tavochi shug'ullangan. Qo'shinni qurol-yarog' bilan ta'minlashga mas'ul bo'lgan amaldor-jevachi bo'lib, u xonning qurol-aslahatlariga ham javobgar bo'lgan.

Harbiy amaldorlar va navkarlarga xazinadan beriladigan yillik maoshdan tashqari harbiy yurishlar paytida qo'lga kiritiladigan o'ljadan ham berib turilgan.

Sud ishlari. Xonlikda jinoyatni aniqlovchi va jazo beruvchi asosiy mahkama islomiy shariat qonun-qoidalarga asoslanib ish tutuvchi qozilik idoralari edi. Davlatdagi oliy sudya Qozi kalon bo'lib, viloyatlardagi jinoyatlarni jazolash viloyat qozilari qo'lida bo'lgan. Oliy jazo-o'lim hukmini faqat xonning mahsus farmoni bilan amalga oshirganlar. Aybdorni aniqlashda, shariat qonunlariga asosan, ikki kishining guvohligi yetarli bo'lgan. Viloyatlarda, tumanlarda jinoyat ishlarini viloyat hokimi nazoratida mahalliy qozilar olib borgan. Jinoyatchilarga gunohiga qarab o'lim jazosi, mav'lum muddatga (ko'p hollarda umurbod) zindonga tashlashdan tortib, tan jazosi berish (durra urish barmoq larni kesib tashlash va boshqalar), sazoyi qilish, qoziqqa o'tkazish kabi jazo choralari ham qo'llanilgan. Aybdorlarga jazo berish ko'pincha bozor oldidagi mahsus maydonda-aholi ko'z o'ngida amalga oshirilgan.

Harbiylar sodir etgan jinoyatlar va jazo turlari mahsus harbiy sudyalar Qozi askar va mufti askar tomonidan ko'rib chiqilgan.

Mol-mulk bilan bog'lik jinoyatlar, o'g'irlik, shariat qonunlariga rioya qilmaganlik (ichish, chekish, qimor o'ynash, zino bilan shug'ullanish va boshqalar) uchun beriladigan jazolar turi ko'pincha amldorlarning hoxish irodasiga bog'lik bo'lib, ma'lum jinoyatlar uchun aniq jazo oldindan belgilab qo'yilmaganligi, sud ishlarida poraxurlik, mansabni suiiste'mol qilishga yo'l ochib berdi.

Bu davrga oid xujjatlar (Jo'ybor shayxlari arxivi, Samarqand qozilik idorasi xujjatlari va boshkalar) turli fuqorolik ishlari, huquqiy-ma'muriy jinoyatlar, tartibbuzarlik va ularga nisbattan qo'llaniladigan jazo choralari xaqida ma'lumotlar saqlanib qolgan. Masalan, Buxorodagi Katta G'oziyon va Kichik G'oziyon madrasasiga tegishli xujjatlarda (1535) madrasada o'qish va xujrada yashash tartib-qoidalarini buzgan talabalariga qo'yiladigan jazo choralarini ko'rilishi qayd etilgan. Agar talaba darsga bir oy sababsiz qatnashmasa, uni xujradan mahrum qilishgan, agar talaba dangasaligi sababli darslarni yaxshi o'zlashtira olmasa va bir bosqichdan ikkinchi boskichga o'ta olmasa, unga nafaqa to'lash bekor qilinib, xujra tortib olingan.

Iktisodiy hayot. Xonlikda qishloq xo'jaligi (dehqonchilik va chorvachilik) savdo-sotiq va hunarmandchilik iqtisodning asosiy tarmoqlari hisoblanardi. Mamlakatning asosiy boyligi yer bo'lib, Shayboniylar davrida yer egalarining quyidagi asosiy tarmoqlari mavjud edi.



  1. Mulki sultoniy-davlatga qarashli yerlar.

  2. Mulki xolis-hususiy shaxslarga tegishli yerlar.

  3. Vaqf-diniy mahkamalarga, madrasa va masjidlarga, qabristonlarga qarashli yerlar.

  4. Qishloq jamoalari egalik qilaigan yerlar.

Dehqonchilik asosan sug'oriladigan hosildor yerlarda va lalmi dehqonchilik uchun qulay bo'lgan adirlar, tog' va tog' oldi hududlarida rivojlangan edi. Yerda mehnat qiladigan kishilarning asosiy qismi kambag'allar qishloq aholisi bo'lib, ular o'z yer maydoniga ega bo'lmasdan, ijaraga olingan yerda dehqonchilik qilib kun kechirgan.

Manbalarda keltirilishicha, bu davrda bug'doyning o'n xil navi, arpa, ko'noq, juhori, no'xat, makkajuxori, loviya, kunjut, beda, sabzavot va poliz ekinlari yetishtirilgan. Texnik ekinlardan sholi, paxta va boshqalar ekilgan. Sabzavotchilik, polizchidlik, bog'dorchilik va ipakchilik yuksak taraqiy etgan.

Dehqonchilik uchun qulay bo'lgan hosildor yer maydonlari, bepoyon yaylovlar xon va uning yaqinlari yirik harbiy-ma'muriy amaldorlarga qarashli edi. Bu davrda hususiy yer egaligining o'rta asrlarda mavjud bo'lgan iqto', suyurg'ol va tanxo kabi shakllari ham keng tarqalgan. Harbiy-ma'muriy amaldorlarga va yirik din peshvolariga davlat oldidagi xizmatlari uchun beriladigan bunday yerlarda asosan yersiz kambagal dehqonlar yollanib ishlangan.

Shayboniylar davlati ijtimoiy-iqtisodiy hayotida Buxoro yaqinidagi Jo'ybor qishlog'idan chiqqan. Jo'ybor xojalari katta ta'sirga ega edi. Shayx Muhammad Islom (1493-1563) va uning avlodlaridan xoji Sa'd (1531-1585), xoja Tojiddin Xasan (1574-1646), xoja Abdurahim (1575-1629), kabi yirik Jo'ybor xojalarining Buxoro, Samarqand, Nasaf (Qarshi), Marv va boshqa viloyatlarida katta yer maydonlari bo'lib, bu mulklar meros tariqasida avloddan avlodga o'tgan va barcha soliqlardan ozod etilgan. Xonlar va boshqa yirik amaldorlar tomonidan ularga hadya etilgan yer mulkalaridan tashqari ular Movarounnahr va xurosonning serunum yaylovlariga, behisob podalarga, katta shaharlarda joylashgan o'z hunarmandchilik do'konlariga, savdo rastalariga, tegirmonlar, hammom va karvonsaroylardan keladigan davromadlarga ham ega bo'lganlar.

Katta boylikka ega bo'lgan Jo'ybor xojalari o'z hususiy yerlaridan tashqari vaqf yerlardan keladigan daromadni ham nazorat qilganlar. Bu xojalarning davlat ishlaridagi mavqei shunchalik kuchli ediki, xatto ular amaldorlarni yuqori mansablarga tayinlash yoki chetlatishda ham katta ta'sirga ega bo'lganlar.

Shayboniylar davrida dehqonchilikni rivojlantirishga yordam beruvchi islohotlar o'tkazildi, davlat xazinasiga dehqonchilikdan tushadigan daromadni yaxshilashga xizmat qiluvchi ilg'or tartiblar joriy qilindi. xususan, qarovsiz yerlarni davlat mulkiga kiritib, bu yerlar dehqonchilikni rivojloantirish, bunday yerlardan dehqonchilik qilishni xoxlaganlarga har tomonlama yordam berish, ma'lum muddat soliqlardan ozod qilish, yerdan olinadigan soliqlarni yig'ishda mahalliy amaldorlarning o'z mansablarini suiiste'mol qilishlariga yo'l qo'ymaslik uchun bir qator tadbirlar amalga oshirildi.

Chorvachilik qishloq xo'jaligida yetakchi tarmoq sifatida katta ahamiyatga ega edi. Yirik va mayda tuyoqli xayvonlarni boqish, yilqichilik, tuyachilik ancha rivojlandi. Yarim ko'chmanchi xayot kechiruvchi o'zbek qabilalari boshliqlari, yirik chorvador boylar, shuningdek, xon va saroy amaldorlari, harbiy- ma'muriy mansabdorlar, din peshvolari tog' va tog' oldi tumanlarida, dashtlarda katta-katta yaylovlarga ega bo'lib, bu yerlarda ularga tegishli bir necha minglab qo'ylar, yilqilar, tuyalar boqilgan. Chorvadorlar ichki va tashqi bozorda chorva mollari, turli mahsulotlar, xom-ashyo (teri, jun) yetkazib berganlar. O'troq dehqonchilik tumanlarida uy chorvachiligi rivojlangan bo'lib, dehqonchilikda yer xaydashda yirik shohli xayvonlar (xo'kiz, sigirlar)dan foydalanilgan.

Hunarmandchilik XVI asrda o'z taraqiyotining yuksak cho'qqilariga chiqdi. Hunarmandchilikning asosiy turlari bulgan to'qimachilik, kulolchilik, metalga ishlov berish bilan bog'liq hunarlar (qurolsozlik, temirchilik, digrizlik, misgarlik), duradgorlik va boshqa sohalarda mehnat qilgan xunarmand ustalar mahsuloti ko'p hollarda yuksak san'at asari darajasiga ko'tarila oldi. Hunarmandchilikning asosiy markazlari Samarqand, Toshkent, Buxoro, Qarshi, Balx kabi yirik shaharlar edi. Samarqand va Buxoroda hunarmandchilik turlarining soni 60 dan ortiq bo'lganligi manbalarda qayd etilgan. Bu davrda xalq xunarmandchiligida butun o'rta asrlar hunarmandchiligiga xos bo'lgan ilg'or an'analar yangi shakl va ko'rinishda davom ettirildi.

Hunarmandlar ijtimoiy jihatdan o'z uyushmalariga ega bo'lib, ular odaticha arabcha «kasaba» (olmoq, ishlab topmoq) termini bilan ataldi. Xonlikdagi barcha shaharlarda hunarmandlar o'z uyushmalariga ega bo'lib, ular saylab qo'yiladigan rais yoki oq soqol tomonidan boshqarilgan. Manbalarda xon saroyi extiyoji uchun ishlaydigan mahsus saroy hunarmandlari bo'lganligi to'g'risida ham ma'lumotlar mavjud.

Savdo-sotiq. Shaybaniylar davrida savdo-sotiq mamlakat iqtisotining muhim tarmog'i edi. Asosiy savdo markazlari bo'lgan yirik shaharlar (Buxoro, Samarqand, Qarshi, Balx, Toshkent, Andijon) dan tashqari ko'pgina katta qishloqlarda ham bozorlar mavjud edi. Savdo bilan shug'ullanadigan kishilar asosan ikki toifaga bo'lingan: savdogarlar-yirik mablag'a ega va tashqi savdoda ishtirok etuvchi boy-badavlat kishilar hamda do'kondorlar-o'z do'konlariga ega bo'lgan kichik toifadagi savdo ahli.

Tashqi savdo katta foyda ketirganligi uchun xon va yirik saroy amaldarlari, viloyat hokimlari, yirik ulamolar va qabilalar boshliqlari o'z mablag'larini savdo sotiqqa ham sarflaganlar. Manbalarda ularga tegishli savdo karvonlari xorijiy mamlakatlar bilan bo'ladigan tashqi savdoda faol ishtirok etganligini ko'rsatuvchi ma'lumotlar bor. Shayboniylar davrida Turkiya, Eron, Hindiston, Rossiya, Xitoy kabi davlatlar bilan iqtisodiy savdo aloqalari olib borildi.

558 yilda O'rta Osiyoda bo'lgan ingiliz sayohi Antoni Jenkinson Buxoro shahrida har yili yirik savdogarlar qurultoyi bo'lishi, bu erga Hindiston, Eron, Balx, Rossiya va boshqa mamlakatlardan katta-katta sovdo karvonlar kelishi xaqida ma'lumot beradi.

Katta hududga ega bo'lgan xonlikning turli viloyatlari o'rtasidagi yaqin iqtisodiy savdo aloqalari ham mavjud edi. Ayniqsa Abdullaxon ikkinchi hukmronligi davrida Buxoro xonligida ichki va tashqi savdo keng rivojlandi. Karvon yo'llari bo'yida ko'plab inshootlar, karvonsaroylar, rabotla, sardobalar barpo etildi, savdo karvonlari havfsizligini ta'minlash choralari ko'rildi.

Soliqlar. Tarixiy manbalarni, xujjatlarni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, Shayboniylar davrida 40 dan ortiq turli soliqlar va jarimalar mavjud bo'lgan. Soliq to'lovchi aholi fuqaro (raiyat) deb yuritilgan va ulardan turli soliqlardan tashqari jarimalar ham undirib olingan.

Yerdan olinadigan asosiy soliq xiroj bo'lib, u ishlab chiqarilgan mahsulotning 51 mikdorda pul yoki mahsulot bilan olingan.

Zakot soliqi savdogarlar va chorvadorlardan olinib, uning jami 41 miqdorida bo'lgan.

Shahar aholisi: hunarmandlar va do'kondorlar mahsus soliq-tamg'a to'laganlar. Undan tashqari, yirik boylar va sudxo'rlarga tegishli savdo rastasida do'konlarni ma'lum xaq evaziga ijaraga olib, o'z mahsulotini sotganligi uchun taxti joy (tagjoy) deb ataluvchi soliq to'langan.

Boshqa dinga mansub (xristian, yaxudiy, buddiy)savdogarlar o'z mahsulotining 87 51 qismini juz'ya solig'i tarzida to'laganlar.

Manbalarga ko'ra, bu davrda yana ixrojat, tog'ar, ulufa, qo'nalg'a, begar, madadi lashkar, boj, tansukot, tuxfa va boshqa soliqlar mavjud bo'lib, ularning ko'pchiligi butun o'rta asrlar davriga xos edi. Raiyat soliqlar to'lashdan tashqari turli ishlarga (mudofaa inshootlarini, sug'orish tarmoqlarini tiklash kabilarga) majburan jalb etilgan.

Madaniyat. Ilm-fan. Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahr va xurosonda rivojlangan yuksak madaniyat an'analarini Shayboniylar davom ettiradilar hamda ma'lum ma'noda ularni yanada boyitadidlar. Bu davrda adabiyotning turli janrlarida, tarixnavislik hattotlik san'ati, epigrafiya, me'morchilik va madaniyatning boshqa bir qator sohalarida katta yutuqlar qo'lga kiritilgan.

Butun o'rta asrlar davrida bo'lganidek, bu davrda ham boshlang'ich ta'lim beriladigan maktablar hamda diniy va dunyoviy bilimlar beriladigan, jamiyatga o'qimishli, bilimli kishilarni tayyorlab beradigan madrasalar asosiy madaniyat dargohlari bo'lgan. Xonlikning barcha katta-kichik shaharlarida oliy ta'lim beruvchi madrasalar mavjud bo'lib, ularga o'qish uch bosqichda bo'lgan va 21 yil davom etgan.

Adabiyot. Shayboniylar davri adabiy hayotida yuksalish, adabiyotning turli janrlarining rivojlanishi davom etdi. Adabiyot maydonida dastlab Muhammad Solix, Xoja, Afsadiy, Vosifiy, Majlisiy, Ubaydiy, Baqoiy, Shaydo, Oshiq, Aziziy, Nisoriy, Mushfiqiy, Naxliy, Mutrifiy va boshqa ko'p so'z san'atkorlari o'z ijodi bilan nom qozondilar. O'zbek va tojik mumtoz adabiyotini rivojlantirishga katta hissa qo'shgan bu adabiyot vakillari bilan boburiylar hukmronlik qilayotgan Hindiston, shuningdek, Eron, Turkiya, Ozarbayjon va Sharqiy Turkistondagi so'z san'atkorlari orasida ijodiy aloqalar mavjud edi. Bu davrda yaratilgan adabiy asarlar ichida Buxorolik adabiyotshunos olim, shoir, saroyda «Malik ush-shuaro» deb ulug'langan Xasanxoja Nisoriy (1516-1597)ning «Muzakkiri axbob» (Dustlar yodnomasi) asari muhim ahamiyatga ega. (Bu asarni o'zbek tilidagi tarjimasi 1993 yilda «Meros» nashriyotida chop etildi).

Bu asar qomusiy harakterga ega bo'lib, unda xuI asrda Movarounnaxr, Xuroson, Hindiston, Eron, Turkiya, Sharqiy Turkistonda ijod kilgan 288ta shoirlar xaqida, Jomiy, Navoiy, xusayn Barqaro, xusayn Voiz Koshifiy singari ustozlar to'g'risida, Arslonobod, Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg'oniy, Zangi ota, Shayx xudoydot kabi tasavvuf namoyandalari hayot, karomatlari xaqida, shuningdek, tarixiy voqealar, ilmu-fan rivoji, san'at sohasidagi ixtirolar, sharqning turli shaharlaridagi me'morchilik mo'jizalari, tabiatdagi ajoyib hodisalar to'g'risida hikoya qilinadi. Shayboniy Abdullaxon ikkinchiga bag'ishlab yozilgan bu asar Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkiratush-shuaro» va Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» asarlaridan keyingi «Uchinchi teakira» hisoblanadi va xuI asrda O'rta Osiyo, Eron va Hindistondagi adabiy muhitni, adabiyotning boshqa masalalarini yoritishda muhim o'rin tutadi.

Hukmron sulola vakillari adabiyot rivojiga homiylikqilishdan tashqari, o'zlari ham ijod bilan shug'ullanganlar. Hususan, Shaybonixon garchi bolalik va yoshligi doimo quvg'in, ta'qib ostida va hayoti jang maydonida kechgan bo'lsada, yaxshi ta'lim-tarbiya olishga ulguradi, iste'dodli shoir, musavvir, musiqachi va xushovoz qiroatxon bo'lib yetishdi. Undan bir necha o'zbekcha g'azal, ruboiy va «Baxr-ul xudo» nomli doston yetib kelgan. Shayboniyxonning o'g'li valiaxd Temur sultonga atab yozgan pand-nasihatlardan iborat kitobi (1507-1508) ham mavjud bo'lib, uning yagona nushasi xozir Turkiyada saqlanadi.

Boshqa Shayboniy hukmdorlar tomonidan bitilgan anchagina adabiy asarlar ham mavjud bo'lib, ular ichida O'zR FA Sharqshunoslik Instituti qo'lyozmalar fondida saqlanayotgan Ubaydullaxonning she'riy devonini, Navro'z Ahmadxonning o'g'li Dust Muhammad Sultonning «Silsilot-us salotin va anis-ul oshiqin» asarini, Abdullaxon ikkinchining o'zbek tilida «Xon» taxallusi bilan yozilgan g'azallarini aytib o'tish mumkin.

Tarixnavislik. Bu davrda ko'plab tarixiy asarlar yaratilib, o'rta asr musulmon tarixnavisligidagi yetakchi an'analar davom ettirildi. Sulola asoschisi Shaybonixonga, uning vorislariga atab bir necha yirik tarixiy asarlar yaratildi. Bu lar ichida Kamoliddin Binoiyning, Mullo Shodiy, Muhammad Solix, Fayzullox ibn Ruzbexonnning asarlarini, Abdullox ibn Muxammad ibn Ali Nasrulloxiyning «Zubdat-al asar», Mirzo Muhammad Xaydarning «Tarixi Rashidiy», Xofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» («Sharafnomaiy shoxiy»), noma'lum muallifning «Tovarixi g'uzida, Nusratnoma»kabi tarixiy asarlarni aytib o'tishimiz mumkin.

XVI asrda yaratilgan Zayniddin Vosifiyning «Badoye'-ul vaqoye'»(«Nodir voqealar»), Zaxriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asarlari ham Shayboniylar davri tarixnavisligidagi yetakchi an'analar xaqida qimmatli ma'lumotlar beruvchi asarlardir.

Shayboniylar davrida Movarounnahr va xuroson tarixiga oid fors tilidagi tarixiy asarlarni o'zbek tiliga tarjima qilish ishlari ham olib borildi. xususan, Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asari Kuchkunchixonning topshirig'i bilan o'zbek tiliga tarjima qilinganligi ham Shayboniy hukmdorlar milliy til ravnaqi uchun qayg'urganliklaridan dalolat beradi.

Shayboniylar davrida, shuningdek, musavvirlik, xattotlik va musiqa san'atida, fikx, tibbiyot, mantiq, riyoziyot (matematika), xandasa (geometriya) ilm va nujum (astronomiya) hamda ilm- fan, madaniyatning boshqa sohalarida rivojlanish ko'zga tashlanadi. Muhammad Amin ibn Ubaydulla Mo'minboyning «Xisobi amali shabaka»(1550), Bobokalon mufti Samarqandiyning «Risola dar ilmixisob», «Vasiyat bar chaxar qism», Muhammad xusayn Munajjim Buxoriyning «Ma'rifati samti qibla» va boshka asarlari bu davrda ko'pgina aniq fanlar sohasidagi yuksalishlardan dalolat beradi.

Tibbiyot sohasida yozilgan asarlar ichida Sultonali Samarqandiyning «Dastur-ul iloj» (1596), Muhammad Yusuf Kaxxolning «Taxqiq-al xumayyot», «Zubdar-ul Kaxxoliy» asarlarini, Ubaydullox Kaxxol ibn Muxammad Yusufning «Shifo-ul ilal» (Kasalliklar davosi) va «Um dat-ul kuxliya fil-amrodul bosariya» (Ko'z kasalligiga doir asosiy kitob) asarlarini aytib o'tish mumkin. Bu asarlarda ilgari surilgan davo uslublari, tashxis qo'yish, dorilar tayyorlash va boshqa fikrlar o'rta asr musulmon sharq tibbiyotiga xos ilg'or an'analar xuI asrda ham davom ettirganligidan dalolatdir.

Me'morchilik. Shayboniy hukmdorlar ham me'moriy inshootlar barpo etishga o'z kuch-qudratlarining ifodasi sifatida qaradilar. Sifatli pishiq g'ishtlardan baland poydevor ustiga qurilgan ko'plab inshootlar bu davr shaharsozligi va me'morchiligi yuksak taraqiy etganligidan dalolat beradi. Samarqand, Toshkent, Qarshi, Marv, Balx, Xiva va ayniqsa, xonlik poytaxti Buxoroda ko'pgina muxtasham inshootlar barpo etildi. Movarounnahr shaharsozligida temuriylar davri me'moriy an'analari davom ettirildi va boyitildi. Shaharlarda ko'plab madrasalar, masjidlar, xonkoxlar, yopiq bozorlar, karvonsaroylar, hammomlar qurilgan bo'lsa, yirik daryolarda mustahkam ko'priklar, karvon yo'llari bo'yida karvonsaroylar, robotlar, sardobalar barpo etildi. Me'moriy inshootlarni qurishda davlat xazinasidan tashqari, hususiy kishilar ham o'z mablag'larini sarflaganliklarini aytib o'tish kerak.

Bu davr inshootlari ichida Samarqand yaqinida Shaybonixon tomonidan Zarafshon daryosi ustida qurilgan ko'prik-suv ayrgichni, shahardagi Shaybonixon madrasasi (1515-1516) va masjidini, Abduraxm sadr madrasasini, Toshkentda Navro'z Ahmadxon qurdirgan Barokxon madrasasini (Xozirgi Xasti Imom) va Abdullaxon ikkinchi davriga mansub Ko'kaldosh madrasasini, Qarshi shahridagi Abdullaxon madrasasi va Nomozgoh (Ko'k Gumbaz) machitini, Boqibiy madrasasini, hammom va sardobani, Karmana yaqinida Zarafshon daryosi ustidagi ko'prikni (1582), bu shaharda barpo etilgan bir nechta madrasa, xonaqox, masjidlarini va xonlikning boshqa shaharlaridagi ko'plab binolarni aytib o'tish mumkin.

Ubaydullaxon davridan boshlab poytaxt shahar maqomiga ega bo'lgan Buxoroda ayniqsa ko'plab me'moriy inshootlar barpo etildi. Bu shaharda Ubaydulaxon tomonidan Mir Arab madarsasi (1535-1536), Abdulazizxon davrida koshinli xonaqox, Masjidi kalon (1540-1541) va boshqa imoratlar barpo etildi. Ayniqsa, Abdullaxon II davrida shaharda ko'plab binolar : mavdrasalar, (Modarixon, Oyposhsho oyim, Govkushon, Fatxulla Qushbegi, Dustim, Abdullaxon kabilar), masjidlar, yopiq bozor va savdo rastalari (Toki Zargaron, Toki Sarrafon, Toki Kitobfurushon), xonaqoxlar, hammomlar qurildi.

Xonlikda shaharlar taraqqiyoti va me'morchilik ayniqsa Abdullaxon II davrida juda yuksaldi. Xozirgi O'zbekiston, Tojikiston, Kirg'iziston, Janubiy Qozog'iston, Turkmaniston va Shimoliy Afg'oniston hududlarini o'z ichiga olgan qudratli saltanat barpo etgan Abdullaxon II o'z umrini ot ustida, jangu-jadalda o'tkazgan bo'lsada, iqtisodiyot, madaniyat, hususan, me'morchilikka homiy yirik davlat rahbari sifatida xalqimiz xotirasida, tariximizda qoldi. Xozirgi paytda O'rta Osiyodagi xuI asrga mansub me'moriy obidalarining asosiy ko'pchiligi bu hukmdor davrida qurilgan bo'lib, manbalarning guvohlik berishicha ularning soni mingdan ortib ketadi.

Shayboniyxan hukmronligi davriga xulosa tarzini shuni aytish kerakki, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda ijodiy siljishlar yuz berdi. So'nggi temuriy hukmdorlar davrida kichik-kichik mustaqil boshqariladigan viloyatlarga bo'linib ketgan Movarounnahr yana yagona davlatga birlashtirildi. Ilm-fanda, madaniyatda temuriylar davri an'analari davom ettirildi va yanada boyitildi. Shaharsozlik, me'morchilik, hunarmandchilikda katta yutuqlar qo'lga kiritildi, tashqi va ichki savdo yuksak rivojlandi. Bularning barchasi Shayboniylar hukmronligi o'zbek davlatchiligi tarixida muhim ahamiyatga ega davrlardan biri ekanligini ko'rsatib turibdi.


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish