1. VIII asr oxiri IX asr boshlarida O'rta Osiyodagi ijtimoiy, siyosiy ahvol. Movarounnahrda Somoniylar davlatining vujudga kelishi va uning boshqaruv tizimi.
2. O'rta Osiyoda Qoraxoniylar davlati. Undagi ijtimoiy va iqtisodiy ahvol.
3. Xorazmshoxlar davlati. Undagi siyosiy - iqtisodiy hayot.
1. VIII asr oxiri IX asr boshlarida O'rta Osiyodagi ijtimoiy, siyosiy ahvol
VIII asrning oxirlari va IX asrning boshlarida Arab xalifaligining siyosiy tang ahvolga tushib qolishi O'rta Osiyoda mustaqil davlatlarning tashkil topishiga qulay shart sharoitlar yaratdi. Dastlab bunday davlatlar arablar istilo qilib ulgurmagan Movarounnahrning shimoliy va shimoliy sharqiy hududlarida shakllandi. Ana hunday davlatlarning birinchisi Qorluqlar davlati bo'lsa, ikkinchisi O'g'izlar davlatidir.