Oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashda qishloq xo‘jaligining ahamiyati
Oziq-ovqat muammosi bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri
hisoblanadi. Oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish eng avvalo har bir davlatning
agrosiyosati-qishloq xo‘jaligiga chambarchas bog‘liqdir. MDH tarkibiga kiruvchi
davlatlarda ham qishloq xo‘jaligini rivojlantirish zarurati va MDH tarkibiga kiruvchi
davlatlarning iqtisodiy salohiyati katta. Bunda qishloq xo‘jaligi nafaqat aholini oziq-ovqat
88
bilan ta‘minlabgina qolmay, unga yana insonlarning mehnatga bandligini oshirmoqda.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining asosiy iste‘molchilari aholi hisoblanadi. Shu sababli
dunyo aholisining ko‘payishi (kamayishi), hududlar bo‘yicha taqsimlanishi, ularning
daromadlarining o‘zgarishini juda jiddiy o‘rganish talab etiladi. Qishloq xo‘jaliginng muhim
vazifalaridan biri mamlakat aholisini oziq-ovqat, qayta ishlash sanoatini esa zarur qishloq
xo‘jaligi xomashyosi bilan ta‘minlashdir.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan energiya manbai, oziq-
ovqat va boshqa maqsadlarda foydalanish, minimal ishlov orqali tuproqning unumdorligini
tiklash, suv sarfini, kimyoviy moddalarni qo‘llashni kamaytirish katta ahamiyatga ega.
Oziq-ovqat xavfsizligi qishloq xo‘jaligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning
strategiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- qishloq xo‘jaligi majmui mehnat resurslariga nisbatan protektsionistik choralarni
ko‘rish va aholi har xil qatlamlarining davlat ta‘minotiga erishish;
- sanoat, saqlash, qayta ishlash va oziq-ovqatlarni tarqatish tizimida mehnat
resurslarining optimal muvozanatini ushlab turish
56
.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzurida Oziq-ovqat va qishloq xo‗jaligi
tashkilotining (FAO) tashkil etilishi bilan dunyo aholisining oziq-ovqat tanqisligi
masalasiga alohida e‘tibor qaratib kelinmoqda.
Xususan, BMT tashabbusi bilan 1996-yilda ―Butunjahon oziq-ovqat xavfsizligi Rim
deklaratsiyasi‖ hamda 2000-yilda ―Mingyillik deklaratsiyasi‖ qabul qilinib, unga ko‗ra,
to‗yib ovqatlanmaydigan jahon aholisi sonini 2015-yilga borib ikki barobarga qisqartirish
nazarda tutilgan. FAOning statistik ma‘lumotlariga ko‗ra, istiqbolni o‗ylab qilingan chora-
tadbirlar natijasida to‗yib ovqatlanmayotgan jahon aholisi 1991-yilda 1010,7 million kishini
tashkil qilgan bo‗lsa, 2000-yilda 924,3 million (1991-yilga nisbatan 9 foizga kam), 2010-
yilda 838 million (1991-yilga nisbatan 17 foizga kam) va 2015-yilda 792,5 million kishini
tashkil etgan (1991-yilga nisbatan 22 foizga kam). Ya‘ni oxirgi 25 yil mobaynida ushbu
ko‗rsatkich tushib borish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Bu borada O‗zbekiston Respublikasida ham aholi oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash
bilan bog‗liq iqtisodiy islohotlarni samarali olib borilayotganligi bois, Economist
Intelligence Unit kompaniyasi tomonidan har ikki yilda o‗tkaziladigan ―Dunyo
davlatlarining oziq-ovqat xavfsizligi‖ xalqaro reytingida O‗zbekistonning o‗rni yildan-yilga
yuqorilab borayotganligini ko‗rsatmoqda
57
. Jumladan, ushbu kompaniyaning 2014-yildagi
reytingida O‗zbekiston 73-pog‗onani egallagan bo‗lsa, 2016-yilda bu ko‗rsatkich bo‗yicha
mamlakat 64-pog‗onani egallab, 2014-yilga nisbatan to‗qqiz pog‗ona yuqoriga ko‗tarilgan.
Bundan tashqari, respublika oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashni tartibga solish
bo‗yicha bugungi kunga kelib o‗ndan ortiq me‘yoriy-xuquqiy hujjatlar qabul qilingan.
Jumladan, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-martdagi ―Iste‘mol
tovarlari importini boj-tariflari orqali tartibga solishni takomillashtirishning qo‗shimcha
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-1496-sonli (ushbu qaror asosida ichki ishlab
chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida respublikaga import qilinayotgan ayrim iste‘mol
tovarlariga nisbatan aksiz solig‗ini joriy qilish belgilangan) hamda 2009-yil 23-yanvardagi
―Oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarilishini kengaytirish va ichki bozorni to‗ldirishga oid
qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi PQ-1047-sonli qarorlarini (ushbu qaror asosida
56
Ўзбекистон озиқ-овқат дастурини амалга оширишнинг муҳим захиралари: конфренция
материаллари. – Т.: ―Ўзбекистон‖, 2014. 68-бет.
57
Opportunities in agriculture and food processing. //Business connections. 2016 .
No1.(//www.amcham.uz)
89
respublika aholisi uchun 2009-yilda oziq-ovqat mahsulotlari eng muhim turlarini ishlab
chiqarishning asosiy parametrlari belgilab berilgan) ko‗rsatish mumkin
58
.
Shunga qaramasdan, bugungi kunda respublika aholisining oziq-ovqat xavfsizligini
ta‘minlash hamda oziq-ovqat mahsulotlari importini boj-tarif orqali tartibga solish bilan
bog‗liq bir-qancha muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan,
- ichki bozorni himoya qilish va davlat budjetining daromadlar qismini to‗ldirish
masalasiga jiddiy e‘tibor qaratilishi va oziq-ovqat tovarlari importiga nisbatan boj
stavkalarini yuqori qo‗yilganligi natijasida aholining to‗lov qobiliyatiga salbiy ta‘sir
o‗tkazayotganligi;
- respublikaga import qilinayotgan oziq-ovqat tovarlari tarkibida sifatsiz
mahsulotlarning kirib kelayotganligini (energetik ichimliklar, tarkibida ximikat miqdori
bo‗lgan mahsulotlar va b.) ta‘kidlash mumkin
59
.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashda xalqaro reytinglarda yuqori natijalarga
erishayotgan Germaniya Federatsiyasi (2016-yilgi reytingda 8-pog‗onani egallagan)
tajribasi o‗rganilganda, ushbu davlat o‗zining oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashda asosiy
e‘tiborini iste‘molchilar huquqini himoya qilish (uchta yo‗nalish belgilangan: sog‗liqni
saqlash, iste‘molchilarni aldanishdan himoya qilish va jamoatchilikni axborot bilan
ta‘minlash), oziq-ovqat mahsulotlarining ekologik xavfsizligini ta‘minlash va atrof muhitni
himoya qilishga qaratgan. Shuningdek, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan
ta‘minlash maqsadida Germaniya FAO, ―Butunjahon sog‗liqni saqlash tashkiloti‖ bilan
hamkorlikni yo‗lga qo‗ygan, bundan tashqari, Germaniya hududida ekokorxonalar (1995-
yildan 2014-yilga qadar Germaniyada ekokorxonlarning soni 6,6 mingdan 23 mingtagacha
ko‗paygan) tashkil qilingan.
Yuqorida keltirib o‗tilgan muammolarni bartaraf qilish, aholini sifatli va arzon oziq-
ovqat mahsulotlari bilan yetarli miqdorda ta‘minlash maqsadida, quyidagi chora-tadbirlarni
amalga oshirish maqsadga muvofiq:
- birinchidan, aholining birlamchi ehtiyojidagi oziq-ovqat tovarlariga (un, yog‗,
shakar va b.) nisbatan qo‗yilayogan boj stavkalarini aholining to‗lov qobiliyatini hisobga
olgan holda belgilash;
- ikkinchidan, aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashda import qilinayotgan
mahsulotlarning sifat darajasiga e‘tibor qaratish, bunda aholi salomatligiga jiddiy ta‘sir
qiladigan tovarlarga nisbatan bojxona to‗lovlari stavkasini oshirish yoki importni cheklash
(kvotalash) hamda Germaniya tajribasidan kelib chiqib, iste‘molchilar huquqlarini himoya
qilishga bo‗lgan e‘tiborni yanada kuchaytirish lozim bo‗ladi
60
.
Dunyo aholisining o‗sib borish tendensiyasi kuzatilayotgan bir paytda, ularning oziq-
ovqat xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha xalqaro tashkilotlar (FAO, Butunjahon sog‗liqni
saqlash tashkiloti va b.), shu jumladan, O‗zbekiston Respublikasida olib borilayotgan
islohotlar o‗zining ijobiy natijasini bermoqda. Kelgusida bu boradagi chora-tadbirlarni
amalga oshirishni davom ettirish aholining barcha qatlamlarini sifatli, arzon va yetarli
darajada oziq-ovqat tovarlari bilan ta‘minlashga olib keladi.
58
http://uza.uz/uz/documents/mamlakatning-oziq-ovqat-xavfsizligini-yanada-ta-minlash-chor-
16-01-2018
59
Усмонов З.К., Қўзиев К.Ф. Ўзбекистон озиқ-овқат саноати тармоқларида ишлаб
чиқариш кучларини жойлаштиришнинг минтақавий хусусиятлари.//‖Иқтисод ва молия‖;
2016, №7.
60
Bulletin of IDF No. 480/2017 – The contribution of school milk programmes to the nutrition
of children woldwide. Date:2017 – Pages:2017 http://www.fil-idf.org/Public/Publication.
php?ID=41397$ajax=true
90
М. А. Орипов – и.ф.н., доц., БухДУ
Н. Т. Урманов - и.ф.н., доц., ТДИУ
Do'stlaringiz bilan baham: |