494
tamoyilning asosiy mohiyati shundaki, bunda xo‘jalik aylanishida ishtirok etuvchi bank
mablag‘larining har bir so‘miga muayyan miqdorda moddiy boyliklar qarama- qarshi
turishi kerak. Banklar tomonidan iqtisodiyot tarmoqlariga berilgan har qanday kreditlar
to‘liq tovar- moddiy boyliklari bilan yoki ma‘lum xarajatlar bilan ta‘minlangan bo‘lishi
kerak. Tarmoqlarga ta‘minlanmagan kreditlarning berilishi bank kreditlarining bankka
qaytib kelmasligiga asos bo‘ladi. Bu o‘z navbatida bankning likvidligiga va pul
muomalasiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti
sharoitida banklar tomonidan beriladigan kreditlarning tovar moddiy- boyliklari va
xarajatlar bilan ta‘minlangan bo‘lishiga alohida e‘tibor berilmoqda. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida banklar faoliyatidagi eng asosiy muammolardan biri berilgan ssudalarning
qaytarilmasligidir. Ushbu muammoni qisman hal etish,ya‘ni mijoz tomonidan kreditni
qaytara olmaslik riskini kamaytirish yo‘llaridan biri mijoz mulkining ma‘lum qismini
berilgan kredit uchun garov sifatida talab qilishdir. Bizga yaxshi ma'lumki, risk bank
faoliyatining «hamroxi» hisoblanadi. Banklar aktivlarining juda katta qismini riskli aktivlar
tashkil qilib, kredit esa bankning eng baland riskli (100 foiz riskli) aktiv operatsiyasi
hisoblanadi. Kredit operatsiyasidagi eng katta risk uning ya'ni, berilgan kreditning
qaytmaslik riskidir. Shu bois, kreditni ta'minlanganligi birinchidan, kreditning qaytmasligi
bilan bog‘liq xavfni (riskni) kamaytiradi yoki oldini oladi, ikkinchidan, kredit bilan bog‘liq
yo'qotishlarni oldini oladi, uchinchidan, qarz mablag‘larining bankka qaytarilishini
kafolatlaydi.
Kreditning ta'minlanganligi deganda, beriladigan kreditning qaytarilishi aniq
moddiy qimmatliklar, pul hujjatlari yoki pul mablag‘larini olishga bo‘lgan huquq bilan
kafolatlangan bo'lishi tushuniladi.
Kredit tizimi hamda kredit muassasalari, banklar faoliyatini yanada rivojlantirish
maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 23-martda
PQ-3620-sonli ―Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-
tadbirlar to‗g‗risida‖ qaror qildi. Bu qarorga movofiq 2018-yil 28-aprelda O‗zbekiston
Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi kredit byurolarini ro‗yxatga olish va ularning
faoliyatini litsenziyalash tartibi to‗g‗risida qaror qildi.
М.А. Орипов – и.ф.н., доц., БухДУ
Н.Т. Урманов - и.ф.н., доц., ТДИУ
Do'stlaringiz bilan baham: