―ИҚтисодиёт‖ факультети


Raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish



Download 6,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/312
Sana22.02.2022
Hajmi6,58 Mb.
#101957
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   312
Bog'liq
Тўплам-конференция-Sayt-10.01.2019

Raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish 
orqali aholi bandligini ta‘minlash muammolari 
 
Bugungi rivojlanayotgan zamonda, dunyo aholisi son jihatdan shiddat bilan ortib 
borayotgan bir paytda ishsizlik darajasini imkon qadar pasaytirish, uni ortib ketishiga yo‘l 
qo‘ymay, nazoratda ushlab turish barcha mamlakatlarning ustuvor maqsad va vazifalaridan 
biriga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Sababi, har qanday davlatda hukumat tomonidan 
qabul qilinadigan jamiyki qarorlar xalq manfaati yo‘lida, aholi turmush farovonligini 
oshirish maqsadida qabul qilinadi va ijrosi ta‘minlanadi. Mamlakatda ishsizlik darajasining 
ortishi, aholining ishsiz qolishi yoxud ishidan ayrilishi ularning hukumatga bo‘lgan 
munosabatini salbiy tomonga o‘zgarishiga, turli xil norozilikni tadbiq qiluvchi mitinglar, 
namoyishlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Ishsizlik darajasi 
mamlakatning iqtisodiy salohiyatini belgilovchi, bozor iqtisodiyotining ajralmas asosiy 
xususiyatlaridan biri hisoblanadi. 
Ishsizlik — bir qism iqtisodiy faol aholining o‘ziga loyiq ish topa olmasdan qolishi 
va mehnat zaxirasiga aylanishidir. O‘zbekistonda ishsizlik tushunchasi rasman 1992 yil 
―Aholini ish bilan ta‘minlash to‘g‘risida‖gi qonunning qabul qilinishi bilan me‘yoriy 
kuchga ega bo‘ldi (1998 yil 1 mayda ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi). 
Yuqoridagilarga qo‘shimcha tarzda shuni aytish lozimki, ishsizlik inson 
manfaatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘sir qiladigan yirik ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biri 
hisoblanadi. Ish joyini yo‘qotish ko‘p kishilar uchun oilaviy turmush darajasining 
pasayishini, shaxsiy hayotining notinchligini keltirib chiqaradi, kishiga jiddiy ruhiy ta‘sir 
ko‘rsatadi. 
Amaldagi iqtisodiy hayotda ishsizlik ish kuchi taklifining unga bo‘lgan talabdan 
oshib ketishi tarzida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiyotda jami talab va taklif muvozanati 
buzilishi oqibatida tovarlarga bozor talabi qisqaradi, bu esa o‘z o‘rnida ish kuchiga talabni 
qisqarishiga sabab bo‘ladi. Natijada ish kuchining bir qismi ortiqcha bo‘lib qoladi; 
iqtisodiyot rivojlanishi bilan malakali ish kuchiga talab oshib, malakasizlar kerak bo‘lmay 
qoladi; aholi ishchilarga nisbatan tez o‘sgan kezlarda, uning bir qismi ortiqcha bo‘lib, ishsiz 
qoladi. 
Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasida kiritilayotgan investetsiyalarning hajmi, 
mamlakat ichki bozorida yangi mahsulot brendlarining soni o‘tgan davrlarga nisbatan ancha 
ko‘pligi kishida ijobiy taassurot uyg‘otadi. Jumladan, ―Crafers‖, ―Artel‖ va shu kabi bir 
qator brendlarning mamlakat ichki bozoriga kirish uchun, turli assortimentdagi mahsulotlar 
yaratishga, innovatsiyalarni joriy qilish uchun qilayotgan hatti-harakatlari alohida e‘tiborga 
loyiq. 
Shuningdek, ―2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi‖ning uchinchi bobi iqtisodiyotni rivojlantirish 
va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarida hamda to‘rtinchi bob ijtimoiy sohani 
rivojlantirishning 
ustuvor 
yo‘nalishlarida 
ko‘rsatilgan 
bir 
qator
chora-tadbirlar so‘zimizning yaqqol isboti bo‘la oladi.
155
155
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‗yicha harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖ gi Farmoni. 7 fevral 2017 yil. http://press-
service.uz/document/5482/ 


253 
Aytish joizki, ―Harakatlar strategiyasi‖ to‘rtinchi bob birinchi bo‘limida yangi ish 
o‘rinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv muassasalari 
bitiruvchilari bandligini ta‘minlash, mehnat bozori infratuzilmasining mutanosib 
rivojlanishini ta‘minlash, ishsizlik darajasini kamaytirishga alohida urg‘u berib o‘tilgan. 
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 
dekabrdagi 1011 sonli qaroriga muvofiq, 2018 yildan mehnat resurslari, aholi bandligi va 
ishga joylashtirish balansini ishlab chiqish, bandlik masalasi bo‘yicha uy xo‘jaliklarini 
o‘rganish, shuningdek, ishga joylashtirishga ehtiyoj sezayotgan aholi sonini aniqlashni 
yangi metodika bo‘yicha amalga oshirmoqda.
156
2018 yil iyul-avgust oylarida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 
tasarrufidagi Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi 
tomonidan respublikaning 62 shahar va tumanlarida 310 ta o‘zini o‘zi boshqarish organi, 
3100 ta uy xo‘jaligi va 16425 nafar fuqaroni qamrab olgan keng ko‘lamli sotsiologik 
tekshiruv ishlari amalga oshirildi. 
O‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, iqtisodiy faol aholiga nisbatan ishsizlik 
darajasi 9,3 foizni tashkil etdi, bu joriy yilning I kvartaliga (9,7 foiz) nisbatan 0,4 foizga 
kamayganligini ko‘rsatadi. Eng ko‘p ishsizlik darajasi Farg‘ona (10 foiz), Andijon (9,9 
foiz), Surxondaryo (9,9 foiz) viloyatlarida, eng kami Toshkent (7,8 foiz) shahrida qayd 
etildi. 
Yoshlar (30 yoshgacha) o‘rtasidagi ishsizlik darajasi 15,9 foizni, ayollar o‘rtasida — 
13,4 foizni tashkil etdi. 
Shuni e‘tiborga olish joizki, 2017 yilning xuddi shu davri bilan qiyoslaganda (5,2 
foiz) ishsizlikning ortishi ishsizlar sonining keskin ko‘paygani bilan emas, balki band 
bo‘lmagan aholini hisobga oluvchi, ya‘ni ishga joylashish ehtiyojidagi shaxslarni to‘liqroq 
hisoblash imkonini beruvchi metodologiyaning takomillashgani bilan bog‘liqdir. 
Mehnat resurslari soni 18792,2 ming kishini tashkil etdi, bu 2018 yilning I 
kvartalidagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,1 foizga oshganini bildiradi. Iqtisodiy faol aholi soni 
14569,5 ming kishiga yetdi (0,4 foizga kamaygan), iqtisodiy nofaol aholi
esa ― 4222,7 ming kishidan iborat (1,9 foizga ortgan). 
Iqtisodiyot sohasida band bo‘lganlar soni 13219,9 ming kishiga yetdi (0,2 foizga 
o‘sgan). Iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo‘lganlar 5317,3 ming kishini tashkil etdi 
(0,6 foizga tushgan), bunda dehqon xo‘jaliklarida band bo‘lgan shaxslar ko‘rsatkichi — 
69,4 foizga, yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlar ko‘rsatkichi — 13,8 foizga ortgani, shu 
bilan birga, iqtisodiy sohasida band bo‘lgan yuridik shaxslar ko‘rsatkichi 1,7 foizga 
kamayganligi qayd etildi. Uy xo‘jaliklarini tekshirish metodologiyasining takomillashuvi 
norasmiy sektorda band bo‘lganlarning yanada ishonchliroq ko‘rsatkichi — 7902,6 ming 
kishi 
(band 
bo‘lganlar 
umumiy 
sonidan 
59,8 foiz) ni aniqlashga imkon berdi, ulardan vaqtinchalik bir martalik va mavsumiy 
ishlarda band bo‘lganlar — 1632,5 ming kishini, shuningdek, xorijga ishga 
ketganlar — 2644,1 ming kishini tashkil etadi. 
2018 yil yanvar-iyun oylarida mehnat organlariga ishga joylashish bo‘yicha 345134 
kishi murojaat qilgan, ulardan — 119792 nafari ishga joylashtirildi, 213641 nafari jamoat 
ishlariga jalb qilindi, 8553 nafari kasbiy qayta o‘qitishga yo‘naltirildi, 6065 nafariga 
ishsizlik nafaqasi tayinlandi. 
Mamlakat miqyosida 3-5 foiz darajasidagi ishsizlik iqtisodiyot uchun normal holat 
(ishsizlikning tabiiy chegarasi) hisoblanadi.Ishsizlik darajasini pasaytirish uchun aholini 
156
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati ma‘lumotlari. 


254 
bandligini ta‘minlash davlat dasturi ishlab chiqiladi, korxonlar qurilib, yangi ish o‘rinlari 
tashkil etiladi, xodimlarni yangi kasblarga o‘qitish, qayta tayyorlash ishlari amalga 
oshiriladi, bandlikka yordam jamg‘armasi tashkil qilinadi. 
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi 
―Yangi ish o‘rinlari tashkil etishni, rag‘batlantirish hududiy jamg‘armasi‖ning namunaviy 
nizomi loyihasi e‘lon qilingan edi.
157
Nizomga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Aholi bandligini 
ta‘minlash ishlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida‖gi 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3856-son qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi 
―Yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘arma‖si hududlarda yangi 
ish o‘rinlari yaratishni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. 

Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish