Parterlar - tug’ri geometrik shaklga ega bo’lgan yashil uchastka, uning
shakllanishida ko’proq o’t o’simliklar qatnashadi.
4. DARAXT O’SIMLIKLARINING BIOLOGIK VA MANZARALI
XUSUSIYaTLARI.
Daraxt o’simliklari o’zining go’zalligi, shaklari va rangining har xilligi bilan
odamlarning diqqat - e’tiborini o’ziga jalb qiladi. Tabiatning bu go’zal asari har
doim o’zgarib turadi. Tashqi muhit o’simlik organizmining rivojlanishiga katta ta’sir
ko’rsatadi, ularning tashqi ko’ rinishi, katta-kichikligi, ko’p vaqt o’sishi shu tash qi
muxitga chambarchas bo g’ li qdir.
Tarihiy rivojlanish jarayonida daraxt o’simliklari har xil ekologik sharoitda
o’sishga moslashib qolgan. Bir turlar quruq qumli tuproqlarda yaxshi o’sadi (
qaragay, archa, soksovul va boshqalar), boshqalari uchun esa tuprogi boyroq va
namligi yuqoriroq sharoit kerakdir ( qora qaragay, terak, tol). O’simliklarning
harorat, yorugliq, havoning namligiga ham talabchanligi har xildir. O’simliklar
o’zining individual rivojlanish jarayonida bir qator davrlarni o’tadi - yuvenildan
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
23
yetuklik davrgacha. Bu davrlarda bir o’simlik shox-shabbasining har xil kattalik,
shakli, o’sishning tezligi bilan xarakterlanadi.
Tez o’sishlik - daraxt o’simliklarning muxim xususiyatidir. Tez o’suvchi
daraxt va butalar manzarali va sanitar - gigiyenik samarasini ertaroq berishadi va
himoya (ixota) xususiyatini beradi. Shox-shabbalarining bir-biri bilan tez tutashib
ketishi tuproqga parvarish qilish ishlarini tezroq tugatishga imkon beradi, bu esa
daraxtzorlarni barpo etishni arzonlashtiradi.
Daraxt turlarining ko’proq vaqt o’sishi bog’ -park qurilishida katta
axamiyatga egadir. Bu iqtisodiy nuqtai nazardan tashqari estetik ma’noda xam zarur,
chunki kari yaxshi o’sgan daraxt manzarali bo’ladi (yosh daraxtlarga nisbatan).
O’zbekiston sharoitida yashil qurilishda muxim ekologik faktorlardan -
havoning harorati, tuproqning harorati, tuproqning namlik va ozuqa rejim, yoruglik
va havoning tarkibi. Tuproqning ozuqa va namlik rejimini boshqarish mumkin -
o’ziga mos agrotexnika bilan xavoning xarorati, tuproqning xarorati deyarli
boshqarish qiyin.
Daraxt turlarining shox-shabbasi qo’yidagi guruhlarga bo’linadi:
1.
shoh-shabbasi katta, yoyilib ketgan, keng (noto’g’ri shaklda): qayragoch, eman,
tol, oq terak, oq tut va baqaqatlar;
2.
piramidasimonli (konussimon, dukka o’xshagan(urchuksimoq), kolonna (ustun)
simon; piramidasimon eman, o’tkir bargli zarang, piramidasimon terak, g’arb
tuyasi, biota va boshqalar).
3.
cho’ziqli (olipsimon) va uning variantlari kashtan, zarang va bosh qalar.
4.
tuxumsimon: namatsimon (kigizsimon) jo’ka (lipa) Veymutov qaragayi.
5.
teskari tuxumsimon shaklda - suriya chibaskusi
6.
zont shaklida: aylant, albisiya, italiya qaragayi
7.
sharsimon (shtambli va butasimon), patsimon novdali qayragoch, sofora, sibir
olmasi, siren va boshqalar;
8.
shohlari pastga osilib o’sadiganlar - shohlari pastga osilib o’sadigan qayin,
majmuntol, oq terak.
9.
chirmoviqli - uzum, jimolost, glisiniya, tekoma va boshqalar;
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
24
10.yerga yoyilib o’suvchilar: qozoq archasi, qizilnik.
11.yosti qsimon - Lavson kiparisi, mikrobiota.
Do'stlaringiz bilan baham: |