Bu muammolar ustida bosh qotirgan rus olimlaridan L.Vigotskiy, S.Rubinshteyn, A.Leontyev, xorijlik J.Piaje, K.Levin va ko’plab boshqa psixologlar ikkala omil rolini ham inkor qilmagan holda ijtimoiy muhitning yetakchi ta’siri to’g’risidagi fikrni baravar yoqlaganlar. Chunki to’g’ri tashkil etilgan ta’lim-tarbiya, oila va undagi o’zaro munosabatlarning xarakteri, shaxs muloqotda bo’ladigan ijtimoiy guruhlar, u tanlagan kasb va kasbdoshlari muhiti, nikoh va ma’lumot masalalarining qanday hal qilinganligi kabi qator ijtimoiy omillar shaxsning rivojlanishi, uning o’z-o’zini anglashi va o’zgalarga munosabati, bilish jarayonlari hamda intellektual taraqqiyotida katta ahamiyatga egaligiga shubha yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |