Bir tomondan, bolaning o’z ota-onalaridan meros sifatida o’zlashtirgan sifatlari, masalan, anatomo-fiziologik xususiyatlar, miya faoliyatining o’ziga xosligi, tana tuzilishi (qo’l, oyoq, yuz tuzilishi va boshq.), albatta, psixologik jahatdan odam bolasining muhitga moslashuvi, unda o’zini erkin tutishi va faol harakatlar qilishi, ro’y berayotgan jarayonlarni ongida ma’lum ma’noda aynan, to’g’ri aks ettirishiga sabab bo’ladi. Chunki oddiygina anatomik anomaliya holati (qo’lning kaltaligi, bo’yning juda kichikligi kabi) psixikaga va shaxsning jamiyatda o’zini tutishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Lekin ikkinchi tomondan, tashqi muhit ta’sirini ham kamsitib bo’lmaydi. Masalan, agar bola maxsus o’quv maskanlarida o’qimasa, unga tarbiyaviy ta’sirlar ko’rsatilmasa, uning rivojlanishi qanday bo’lishini tasavvur qilish qiyin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |