Ishlar vazirligida Boshqo‘mondonlik shtabi Berlindagi bosh



Download 83,5 Kb.
bet2/3
Sana05.09.2021
Hajmi83,5 Kb.
#165627
1   2   3
Bog'liq
KURS ISHI 2020,

N.K.Krupskaya Yer to‘g‘risidagi Dekret g‘oyasini V.I.Lenin eserlardan olgan edi4, deb eslagandi. Biroq mamlakat sotsialistik o‘zgarishlarga tayyor emasdi. Shu bois bolsheviklaming hokimiyatni o‘z qo‘llarida uzoq saqlab qola olmaslikiari aniq edi. Ikkinchi tomondan esa hokimiyat masalasini uzil-kesil Ta’sis majlisi hal qilishi lozim edi. Ta’sis majli- sini chaqirish to‘g‘risidagi qaromi Muvaqqat hukumat qabul qilgan edi. Lenin va bolsheviklar Ta’sis majlisiga qarshi chiqa olmasdilar.

Chunki M.Gorkiy aytgani singari «sara rus kishilari qariyb vuz yil Ta’sis majlisi g‘oyasi bilan yashadilar»5.

Demokratik asosda o‘tgan Ta’sis majlisiga saylovlar oktabr to‘ntarishidan so‘ng bo‘lib o‘tdi. Saylov natijalariga ko‘ra sotsialistik partiyalarjami 59,6 foiz (shu jumladan eserlar 40,4 foiz, mensheviklar 2,7 foiz), bolsheviklar 24 foiz, burjua partiyalari 16,4 foiz vakillik nomzodiga ega bo‘ldilar. 1918-yil 5-yanvarda, Ta ’sis majlisi chaqirildi. V.I.Leninning buyrug‘iga binoan 200 moryak Ta’sis majlisini o‘rab turdi, bu hokimiyatning kimning qo‘lida ekanligini ko‘rsatar edi. Shunga qaramasdan Ta’sis majlisi hokimiyatni bolsheviklar qoiiga topshirmadi. Lenin boshliq bolsheviklar mag‘lubiyatga uchradilar. Lenin Ta’sis majlisini tashlab chiqib ketdi va o‘z kabinetidan turib Ta’sis majlisini tarqatib yuborish to‘g‘risida buyruq berdi. V. I.Lenin imzo chekkan dekret asosida kadetlar partiyasi qonundan tashqari deb e’lon qilindi va faoliyati taqiqlandi. Ta’sis majlisining deputati bo‘igan bu partiyaning ikki rahbari A.I.Shingarev va F.F.Kokoshkinlar kasalxonada o‘ldirildilar.

Ta’sis majlisining tarqatilishiga qarshi Petrogradning Obuxov, Patron va boshqa zavodlari ishchilari namoyish uyushtirdilar. Qizil gvardiyachilar namoyishchilami vahshiylarcha qirg‘in qildi. «Pravda» har qancha aldamasin, bu sharmandali voqeani yashira olmaydi»6, degan edi M.Gorkiy. Ana shu tariqa Lenin va bolsheviklar o‘z hokimiyatini o‘matish va mustahkamlash maqsadida mamlakatda qizil terromi boshlab yubordi. Xalq ommasining ko‘pchiligi Oktabr to'ntarishiga qarshi kurashga otlandi. 1918-yilda bolshevik Uriskiy o‘ldirildi, V.I.Lenin yarador qilindi. Bu voqealar bahonasida ming- minglab begunoh kishilar, chollar, kampirlar va yosh bolalar «burjua ayg‘°qchilari» degan soxta aybnoma bilan otib tashlandi. 1918-1920- yillami o‘z ichiga olgan fuqarolar urushi boshlandi. Mamlakatda harbiy kommunizm siyosati joriy qilindi. Oppozisiyachi partiyalar faoliyati ta’qiqlab qo‘yildi. Zo‘rlik va behisob qon to‘kish yo‘li bilan bolsheviklar mamlakatda yolg‘iz va hukmron partiyaga aylandilar. V.I.Lenin taz’yiqni, otish, qirg‘in qilishni hokimiyatni qo‘lga olish va mustahkamlashning birdan-bir vositasi deb bilgan. 1917-yil 25- oktabrda Sho‘rolaming II syezdi Kamenevning taklifi bilan Rossiyada oiim hukmini bekor qilganda Lenin dahshatga tushgan: «Nodonlik, nodonlik... Ular otishlarsiz inqilobni amalga oshirish mumkin, deb o‘ylaydilarmi7? V.I.Lenin har doim inqilobiy zo‘rlik, qon to‘kish va qirg‘inlar vositasi bilan sotsialistik tartibotlami o‘rnatish lozimligini ilgari surgan edi. U 1917-yil 24-27-dekabrda yozgan «Musobaqani qanday uyushtirish kerak?» degan maqolasida bunday deydi: «Katta- yu kichik ishlarda, mahalliy xususiyatlarda ishga qanday munosabatda bo‘lish usullarida, kontrolni amalga oshirish usullarida, parazitlami (boylar bilan muttahamlami, intelligensiyadan chiqqan noshudlar bilan shallaqilami, hokazo va shunga o‘xshashlami) qirib bitirish va zarari tegmaydigan qilish yo‘llarida xilma-xil usul qo‘llanish asosiy, tubli, muhim bo‘lgan birlikni buzmaydi, balki bu birlikni ta’minlaydi»8. V.I.Lenin maqsadga erishish yo'lida turli va xilma-xil usullardan foydalanishni maslahat beradi.

«Rossiya tuprog'ini har qanday zararli hashoratlardan, burga- lardan - muttahamlardan, kanalardan - boylardan va hokazo va hokazolardan tozalash muvaffaqiyat qozonishning garovidir»9, - deydi u.

Maqsad-muddaoga erishishning zo'rlik yo‘li, qirg‘in yo‘li, murosasizlik yoii markscha-lenincha mafkuraning sinflar o‘rtasidagi antoganistik kurash to‘g‘risidagi g‘oyasidan kelib chiqadi. Chunki, deb isbot qiladi V.I.Lenin, sinfiy jamiyat shunday bir prinsipga asoslanganki, «... yo sen birovni talaysan, yoki seni birov talaydi, yo sen birovga ishlaysan, yoki birov senga ishlaydi, yo sen quldor bo'lasan, yoki о‘zing qul bo‘lasan»10.

V.I.Lenin o‘zining «Davlat va revolyutsiya» kitobida opportunizm sinfiy kurash to‘g‘risidagi g‘oyani tan oldiyu, lekin eng asosiy va bosh narsani - kapitalizmdan kommunizmga o‘tish davrini, burjuaziyani ag‘darish va uni tamoman yo‘q qilish davrini tan olmaydi. Shuning uchun: «... bostirishda haddan tashqari rahmsizlik, yirtqichlik kerak, juda ko‘p qon to‘kish kerak, insoniyat o‘z yo‘lini qullik, krepostnoylik, yollanuvchilik holatida ana shu qon dengizlari orqali bosib o‘tib kelmoqda»11 deydi. Ushbu satrlami o‘qib beixtiyor pioner bo‘yin- boyloqlaridan tortib to davlat bayroqlarigacha bekorga qizil rangda emas ekan-da, degan fikr pay do bo‘ladi. Qizil rang - qon ramzi, zo‘rlik va insonga tajovuz ramzidir.

Petrogradda harbiy to‘ntarish yo‘li bilan Muvaqqat hukumatning ag‘darib tashlanganligi va hokimiyatning bolsheviklar qo‘liga o‘tganligi haqidagi xabar Toshkentga 27-oktabrda yetib keladi. Bu xabami Butunrossiya Sho‘rolarining II qurultoyida Turkiston nomidan vakil bo‘lib qatnashgan

A.Florov va D.Dekanov (Samarqand) yuborgan edi. Bunday xabar

  1. Kolesov orqali ham telegraf qilindi. Shu kuniyoq ishchi va askar deputatlari Toshkent sho‘rosining Ijroiya qo'mitasi A.Kojevnikov Kushka va Jizzaxdagi harbiy qismlarga yordam so‘rab telegramma jo‘natdi va qurolli qo‘zg‘olonga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Petrograddagi oktabr harbiy to‘ntarishini Turkistonda bolsheviklardan boshqa barcha siyosiy kuchlar qoraladilar va unga qarshi chiqdilar.

Oktabr to‘ntarishi allanechuk tasodif, noxush hodisa, jamiyat va Vatan oldidagi jinoiy voqea sifatida hatto uzoq Turkistondagi rus ro‘znomalarida ham o‘z aksini topdi. Bu borada o‘sha davrdagi chop etiladigan ro‘znomalardagi maqolalaming sarlavhalarini sanab o‘tishning o‘zi kifoya qiladi: «Bolsheviklar faqat Smolniyda qoldilar», «Xotiijam bo‘lingiz!», «Vatan oldida jinoyat» va hokazo. «Svobodniy Samarqand» ro‘znomasi esa hatto RSDRPning Samarqand tashkiloti «25 oktabrda Petrogradda voqea o‘lg‘on fitnani qoralab chiqdi» degan xabami bosgan edi.

Toshkentda qurolli qo‘zg‘olonga tayyorgarlik boshlab yuboril- ganligidan xabar topgan bosh komissar Korovichenko 27-oktabrda quyidagi mazmunda buyruq berdi: «Bolsheviklar Petrogradda qurolli qo‘zg‘olon ko‘targanliklari bilan bir vaqtda ishchi va askar deputatlari Toshkent Sho‘rosining Ijroiya Qo‘mitasi Toshkent gamizoni qo‘shinlariga murojaat qilib, ulami mening buyruqlarimni askar, ishchi va dehqon deputatlarining o‘lka sho‘rosi tasdiqlamay turib, bajarmaslikka chaqirdi.

Bolsheviklardan iborat bo‘lgan ishchi va askar deputatlari Toshkent Sho‘rosi Ijroiya Qo‘mitasining bu chaqirig‘ini Petrograd bolsheviklarini quwatlash maqsadida hokimiyatni bosib olish uchun qilinayotgan yangi urinish deb hisoblab, Toshkent shahrini va Sirdaryo viloyatining Toshkent uyezdini qonunda ko‘rsatilgan hamma oqibatlari bilan birga harbiy holatda deb e’lon qilaman»1. Ammo bu ishdan foyda chiqmaydi. 28 oktabrda Toshkentda qurolli qo‘zlog‘on boshlanadi va 1 noyabrda Muvaqqat hukumatning shahardagi so‘nggi istehkomi -Tuproq qo‘rg‘on egallanadi. Ana shu tariqa Toshkentda ham harbiy yo‘l bilan davlat to‘ntarishi amalga oshirildi. Toshkentdagi harbiy to‘ntarishga Kushka, Jizzax, Krasnovodsk, Chorjo‘y va boshqa shaharlardan harbiy qismlaming bergan madadi katta bo‘ldi. 14- noyabrdayoq Toshkentda qurolli qo‘zg‘olonning g‘alaba qilganligi munosabati bilan ishchi va askar deputatlari 0‘lka va Toshkent sho‘rolarining va Harbiy Kengashning aholiga xitobnomasi e’lon qilinadi. Unda bunday deyilgan edi: Butun hokimiyatni Sho‘ro qabul qilib oldi. Hokimiyatni o‘z qo‘lingizga oling!».

  1. noyabrda Turkiston butun o‘lka demokratik tashkilotlarining qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda Butun Rossiya miqyosida hokimiyat tuzish masalasi hal qilinguncha Muvaqqat o‘lka hokimiyatini tashkil etish muammosi muhokama qilindi. Ammo mazkur anjumanda 0‘lka Sho‘rosi Toshkent Sho‘rosi Ijroqo‘mi, musulmon vakillari 0‘lka

Sho‘rosi faqat maslahat ovozi bilangina qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, xolos.

Albatta, bundan mahalliy sho‘ro vakillari norozi bo‘ldilar va 12-15-noyabrda ulamochilar tashabbusi bilan Turkiston o‘lkasi musulmonlarining uchinchi qurultoyiga to‘plandilar.

Turkiston o‘lka musulmonlari chaqirilmoqchi bo‘lgan ishchi, askar va dehqon deputatlari Sho‘rolarining III o‘lka qurultoyida hal qiluvchi ovoz bilan qatnashish huquqini talab qildilar. Biroq ularning bu haqli, adolatli talabi qondirilmaydi.

Ammo shunga qaramasdan Sho‘ro hukumati va bolsheviklar partiyasi Turkiston musulmon xalqlariga muxtoriyat huquqini berish emas, hatto ular vakillarining Sho‘ro hukumati tarkibida qatnashishi uchun ham nega yo‘l bermadi, degan qonuniy savol tug‘iladi. Chunki Turkistonda o‘matilgan F.I.Kolesov boshchiligidagi Sho‘ro hukumati tashqi shakl ko‘rinishi jihatidan ilgarigi chor Rossiyasi mustamlaka hukumati va uning Turkiston general-gubematorligidan farq qilganday ko‘rinsa-da, o‘z ichki mazmun va mohiyati jihatidan undan hech qanday farq qilmas edi. Boz ustiga, sho‘ro hukmronligi yillaridagi o‘ta noziklik va ayyorlik bilan amalga oshirilgan qizil saltanatning mustamlakachilik siyosati, mamlakat xalqlari boshiga tushgan ayanchli qirg‘inbarot va qatag‘onlar Vatanimiz tarixida chor Rossiyasi davridagiga qaraganda yanada dahshatli iz qoldiradi. Bu dahshatlami Markaziy Osiyo xalqlari hech qachon unutmaydilar.

Turkiston Sho‘rolarining III syezdidan so‘ng 0‘lka Xalq Komissarlari Kengashining raisi F.I.Kolesov V.I.Leninga telegramma yuboradi. Telegrammada muvaqqat hukumat Turkiston qo‘mitasining ag‘darib tashlanganligi, III 0‘lka Sho‘ro syezdining chaqirilganligi, o‘lkada sho‘ro hokimiyatining o‘matilganligi va Turkistondagi umumiy vaziyat bayon qilingan edi. Kolesov telegrammada yangi Turkiston hukumati markaziy hokimiyatni batamom qo‘llab- quwatlaydi, deb ishontirdi12. Ammo bunday telegrammani berishdan oldin, F.I.Kolesov mahalliy tub yerli aholining istak-xohishi va qiziqishini hatto o‘rganishni ham istamadi va istamas ham edi. 1917-yil 1 noyabrdan to 1920-yilga qadar Xiva xonligi va Buxoro amirligi hududlaridan bo‘lak hozirgi 0‘zbekistonning barcha viloyat va muzofotlarida zo‘rlik yo‘li bilan Sho‘ro hokimiyati o‘matildi. Jumladan, 1 noyabrda Termizda, 13 dekabrda Samarqand viloyatida,

  1. 7 dekabrda Farg‘onada, shu dekabr oyining o‘zida Qo‘qonda, 11-

  1. dekabrda Qoraqalpog‘istonning Petro-Aleksandrovsk (To‘rtko‘l), Sho‘raxona, Shabboz va boshqa shaharlarida sho‘ro hokimiyati o‘rnatildi. Chimboy va Nukus shaharlarida Sho‘ro istibdodining o‘matilishi 1918-yil yanvariga qadar cho‘zildi.

Shu narsaga alohida e’tibor berish kerakki, joylarda ham sho‘ro hukumatini shakllantirishda Turkiston o‘lka Kengashining qurultoyi qarorlariga amal qilindi. Tub yerli aholi vakillarining g‘ururi kamsitildi, xo‘rlandi va oyoq osti qilinib, mahalliy sho‘ro hukumati tarkibiga kiritilmaydi.

Jumladan, 1917-yil 6-7-dekabrda bo‘lib o‘tgan Sho‘rolaming VI qurultoyida qatnashgan 60 Farg‘ona viloyatining deputatdan

  1. tasi mahalliy millat vakillari edi. Ammo qurultoy hay’atiga ulardan birorta vakil saylanmaydi, hay’atning a’zolari orasida

  1. I.Pavlyuchenko, M.G.Brizgaylov, P.D.Krutikov, M.I.Padelik,

  1. F.Grigorev, G.M.Mixaylov kabilar bor edi.

Turkiston о ‘ lkasida amalga oshirilgan harbiy to ‘ ntarishga nisbatan mahalliy xalq va uning ilg‘or ziyolilari, musulmon ulamolarining munosabatlari qanday bo‘ldi, degan savol albatta tug‘iladi. Ana shu fikr-xulosalami hisobga olib, bir so‘z bilan aytganda Oktabr harbiy to‘ntarishini mahalliy xalq o‘ta sovuqqonlik bilan qarshi oldi. Chunki Oktabr ilgari surgan g‘oyalar mahalliy aholiga tushunarsiz va begona edi. Bu o‘lkaning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kam taraqqiy etganligi bilan tavsiflanadi. Oktabr to‘ntarishi amalga oshirilgan paytda Turkiston о‘lkasida feodal ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar hukmron edi. Kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari to‘g‘risida umuman fikr yuritish ham mumkin emasdi. Turkiston о‘lkasida endigina ba’zi bir kichik-kichik sanoat korxonalari (paxta tozalash korxonalari, temirchilik ustaxonalari kabi) vujudga kelayotgan edi, xolos. Shu boisdan bu o‘lkada sotsialistik inqilobni amalga oshirishda asosiy kuch bo‘lgan yo‘qsillar - proletariat sinfining o‘zi hali shakllanib ulgurmagan edi. 1913-yilda Turkistondagi jami 10 million aholining faqat 1 foizdan kamrog‘ini ishchilar tashkil etgan, xolos.

Oktabr to‘ntarishi Turkistonga chetdan olib kelindi va zo‘rlik bilan amalga oshirildi. Bu to‘ntarishni mahalliy millat vakillari qoilab-quwatlamadi. Ular qo‘llab-quwatlamadigina emas, balki, oktabr to‘ntarishiga qarshi qo‘llariga qurol, belkurak, ketmon, bolta, tayoqlar olib kurashdilar. Bu haqda o‘z vaqtida mahalliy millatparvarlar vakillari orasidan chiqqan musulmon inqilobchilari Mustafo Cho‘qayev, Turor Risqulov, Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov,

39

Ahmad Boytursunov va boshqalar ham aytgan edilar. Afsuski, bulaming adolatli filer va xulosalari inobatga olinmadi. Aksincha, ular keyinchalik birin-ketin hibsga olinib qatag‘on qilindilar. Mana ulardan ba’zi bir namunalar: T.Risqulov 1919-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan Turkiston Kompartiyasi III syezdining milliy kommunistik seksiyasida qilgan ma’ruzasida «agar biz Turkistondagi haqiqiy vaziyatga e’tibor bersak ham ko‘chmanchi, ham o‘troq aholi shu paytga qadar ham 0‘rta asrehilik sharoitidadir»1, degan edi.

Mustafo Cho‘qayev o‘zining «Turkiston sho‘rolar hokimiyati ostida» deb nomlangan kitobida 1917-yilgi fevral inqilobi ulug‘ umidlar tug‘dirgan boisa, «Oktabr to'ntarishi bulaming hammasini yo‘qqa chiqargani»ni yozadi.

Ahmad Boytursunov «Inqilob va qirg‘izlar» maqolasida quyida- gicha yozadi: «В irinchi inqilob qirg ‘ izlar tomonidan (bu yerda «qirg ‘ iz» qozoqlar ma’nosida ishlatiladi) to‘g‘ri tushunilgan va xursandchilik bilan kutib olingan edi, chunki, birinchidan, inqilob ulami chor hukumati zulmi va zo‘rligidan ozod qildi va ikkinchidan, mustaqil boshqarishdan iborat tub maqsadlarining ro‘yobga chiqishiga umid- ishonchni mustahkamladi. Ikkinchidan, inqilobning qirg‘izlar uchun tushunarli bo‘lmaganligi aniq va soddadir: qirg‘izlarda kapitalizm ham, sinfiy tafovut ham yo‘qdir...

Oktabr to‘ntarishi o‘zining tashqi ko‘rinish bilan qirg‘izlarga dahshat soldi. Rossiyaning markaziy qismlarida bolshevistik hara- katning qanday amalga oshganligi qirg‘izlarga noma’lum edi. Chekka oikaliklarda esa hamma yerda zo‘rlik, talonchilik, suiiste’mollik va o‘ziga xos diktatorlik hokimiyati shaklida amalga oshdi13.

Hali Oktabr to‘ntarishi yuz bermagan 1917-yil yozidayoq bir guruh andijonlik jadidlar bolsheviklar, mensheviklar, eserlarga xat yo‘llab, ularning g‘oya va dasturlarini Turkiston musulmon xalqi qabul qila olmasliklarini bayon qilgan edilar. «Sizning va bizning hayot tarzimiz bir-birlariga sira to‘g‘ri kelmaydi, - deyiladi o‘sha xatda. Shuning uchun kelgusi davlatchilik hayotini birdaniga umum bir qolipga solish kerak emas. Umum qolip andozasini bu yerda qo‘llab bo‘lmaydi...

Bizda sizning sof ruscha ma’nodagi dehqonlar yo‘q. Harbiy

Yevropacha ma’nodagi fermerlar va ijarachilar ham yo‘q. Bizda erkin dehqon yashaydi. Ular hech qachon, hech qanday sharoitda krepostnoy qarolgina emas, balki, ijarachi fermer ham bo‘lmagan. U doimo katta-kichik mulkdor oq suyaklarga hech qachon qaram bo‘lmagan, erkin mulkdor bo‘lib kelgan. Muqaddas Islom bizni hech qanday tabaqalarga va sinflargabo‘lmagan, shuning uchun ham bizda sinfiy kurash uchun asos yo‘qdir. Zotan, barcha musulmonlar, ular xoh fuqaro, yo mulkdor bo‘lishidan qat’i nazar, teng huquqlidirlar»14.

«Oktabr to‘ntarishi o‘zbek xalqi uchun kutilmagan bir vo- qea edi, - deb yozgandi Raxim Inog‘amov, - va unga o‘zbek mehnatkashlari hozirlik ko‘rmagan edilar. Chunki, o‘zbeklar orasida o‘zgarishga hali zamin hozirlanmagan edi. 0‘zbeklar orasidagi oktabrgacha boigan harakatning eng kuchli yo‘li istilochilari istibdodiga qarshi bo‘lib, mustaqillikka intilish edi».

Keyinchalik sho‘ro hokimiyati vakillarining o‘zlari ham Turkiston xalqlari oktabr to‘ntarishi va sho‘ro hokimiyati prinsiplarini tan olmaganliklarini ro‘y-rost aytgan edilar. Jumladan, 1920-yil iyunda Bryushev imzosi bilan Turkiston jumhuriyati Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi nomiga yozilgan hisobotda aytiladiki, bu yerda sanoat yo‘qsillari shu darajada kamki, sho‘ro hokimiyati prinsiplarini yetarli darajada qabul qilishmaydi va o‘zida mustamlakachilik qoldiqlarini to‘la saqlagan. Juda oz sonli yo‘qsillar sinfi diktaturasini amalda qo‘llash nihoyatda xavflidir va bu mahalliy aholi bilan batamom aloqani uzishga olib kelishi mumkin.

  1. Safarov «Pravda» gazetasining 1920-yil 20-iyulida bosilgan maqolasida: «Proletariat diktaturasining Turkistondagi haqiqiy vakili rus xalqidir» deb juda to‘g‘ri yozgan edi.

Xullas, Oktabr to‘ntarishi Turkiston o‘lkasining obyektiv taraq- qiyot qonunlariga zid sur’atda o'lkaga chetdan - Rossiyadan kelgan bir guruh shaxslar tomonidan zo‘rlik bilan amalga oshirildi, ya’ni zo‘rlik yo‘li bilan eksport qilindi. Uni mahalliy xalq qabul qilmadi.



1 Геллер М., Некрич А. История России, книга первая.

28

2«Yangi Sharq» jurnali (Berlin), 1917-yil, 2-son, 69-bet.

29

3Qarang. «Ulug‘ Turkiston», 1917-yil, 30-sentabr.

31

4Geller М., Nekrich A. Istoriya Rossii. Utopiya u vlasti. Kniga pervava, 1996, 42-bet.

5' Geller М., Nekrich A. Istoriya Rossii. Utopiya u vlasti. Kniga pervaya, 1996, 42-bet.

34

6

Download 83,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish