“qimmatbaho
qog‘ozlar, valyuta, tovar narxining pasayishidan foydalanuvchi birja chayqovchilari”
(IL,6). Bu tushuncha iqtisodchilar tilida ayiqlar deb
ataladi
O‘zbek tilida etuk so‘zidan etuklik yasalgan. Bu “jismoniy jihatdan to‘la
rivojlanganlik, kamolatga etganlik, bilimli, ilmlilik” ma’nolarini anglatadi. Iqtisodiyotda
esa etuklik maxsus termin sifatida quyidagi defirinitsiyaga ega: “Tovarni sotish
sur’atlarining asta-sekin pasayish davri” (IL) To‘g‘ri, bu kabi terminlar kam miqdorni
tashkil etadi. Biroq, iqtisodiyot terminologiyasida semantik-sintaktik usul bilan yasalgan,
ya’ni birikma terminlar tez-tez qo‘llanib turilishi mumkinligini tasdiqlovchi o‘nlab
dalillarga egamiz. Fikrimizning tasdig‘i uchun ayrim misollarga murojaat etamiz.
Biror komponenti boshqa sohaning “mulki” bo‘lgan leksema, obrazli qilib
aytganda, “etti uxlab tushga kirmaydigan” so‘zlardan ham iborat bo‘lishi mumkin. “Ona
jamiyat nazoratida bo‘lgan, bosh aktsionerlik korxonasining shoxobchasi”. “Ishbilarmon
lug‘ati”dan olingan bu definitsiya
qiz jamiyat
deb atalgan. Ko‘rinadiki, iqtisodiyotda,
birinchidan
ona jamiyat
, ikkinchidan
qiz jamiyat
terminlari mavjud bo‘lib, uning
ona va
qiz
leksemalari bu fanga va amaliyotga mutlaqo aloqador emas. Shu bilan birga, bu
birikmalar o‘ziga tegishli leksemalar qurshovida, ya’ni birikmalar tarkibida iqtisodiy
mazmun kasb etgan. Bunday o‘ziga xos “ajib” birikma terminlar jumlasiga yana
tavakkal
kapital, suzuvchi protsent, oltin qamal, valyuta qamali, qalqon kredit, iqtisodiy dastak
kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Quyidagi misolga ham e’tibor beraylik:
“...Pinxoniy bozor deganda qonunchilik tomonidan taqiqlangan tovar va xizmatlar bilan
oldi-sotdi qilish yoki faoliyat bilan shug‘ullanish tushuniladi” (BINA. 22-b). “To‘yingan
bozor” ya’ni tovarlar talabga etarli bo‘lgan bozor (BINA,14-b). Shubxali kreditlar deb 3
to‘lov davrida foiz yig‘indisi to‘lanmagan va 1 marta asosiy qarz yig‘indisi to‘lanmagan
kreditlarga aytiladi (Kredit, 101-b).
Shunday qilib, to‘plangan materiallarni tahlil qilish natijasida metaforik o‘xshatish
asosida semantik-sintaktik usulda termin yasashning ko‘lami kengroq ekanligi ayon
bo‘ldi. Bu jarayonda o‘zbek tilining quyidagi leksik qatlamlari, aniqroq qilib aytganda,
terminologik tizimlarining “boyligi”dan foydalanib kelinmoqda, ya’ni ular boshqa
leksemalar qurshovida iqtisodiyot terminologiyasining “mulki”ga aylanib qolmoqda:
30.......
Matematik terminlar iqtisod termini vazifasini bajarib
kelishi mumkin: Masalan:
chorak reja, normativ
qiymat, differentsial renta, yig‘ma ko‘rsatkich, ish
haqi darajasi, daromadning qoldig‘i, iqtisodiy
integratsiya, bozor hajmi, nisbiy daraja, narx darajasi,
foyda miqdori, qiymat o‘lchovi, bo‘linma, qiymat
solig‘i;
Yana misollar keltiramiz:
Bank va mijoz tomonidan belgilanadigan garov qiymati
shu mulkning balans qiymatidan farq qilishi mumkin
(Mulkdor, 26, 1997).
Iqtisodiyot bir
maromda, muttasil rivojlanib borishi uchun I bo‘linma mahsuloti resurs bozoridagi
talabga, II bo‘linma mahsuloti tovar bozoridagi talabga mos bo‘lishi mumkin
(
Iq. Naz.
396.)
Qoplash koeffitsenti-barcha likvidli mablag‘larning qanchalik darajada qisqa
muddatli majburiyatlarning jami yig‘indisini
qoplay olishini ko‘rsatadi
(Kredit, 62-b.)
Bank mijozning arizasida ko‘rsatilgan kredit yig‘indisining asoslanganligini tekshirishi
shart
(Kredit, 67-b.)
2.
Texnika vositalari va ularning qismlari hamda atributlarini anglatuvchi terminlar.
Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |