JAMIYATNI AXBOROTLASHTIRISH
Axborotlashgan jamiyatga o’tishga yo’naltirilgan barcha chora-tadbirlar, shu jumladan o’tish jarayonining o’zi ham jamiyatni axborotlashtirish deb ataladi. O’zbekiston Respublikasida 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan “Axborotlashtirish to’g’risida”gi № 560-II sonli qonuni 3-moddasida “axborotlashtirish” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan:
“axborotlashtirish – bu yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidir” 3.
Mazkur qonunda yana axborot resursi, axborot texnologiyasi, axborot tizimi tushunchalariga ham ta’riflar berilgan.
Axborot resursi – bu axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |