33-chizma. Iqtisodiy sikl fazalarining klassik jihatdan ifodalanishi
Quyidagi 34-chizmada esa AQSh va boshqa ayrim mamlakatlar iqtisodchilari tomonidan tan olingan iqtisodiy sikl ko‘rsatilgan. Siklning eng yuqori nuqtasida iqtisodiyotda to‘liq bandlilik kuzatiladi va ishlab chiqarish to‘liq yoki deyarli to‘liq quvvat bilan ishlaydi. Siklning bu fazasida narx darajasi o‘sish tamoyiliga ega bo‘ladi, iqtisodiy faollikning o‘sishi to‘xtaydi.
34-chizma. Iqtisodiy siklning ikkinchi ko‘rinishi
Bu ikkala ko‘rinishdagi sikl bir-biridan shaklan farqlansada, mazmun jihatidan o‘xshash bo‘lib, inqiroz va o‘sishlarning muqarrar ravishda ma’lum davrlarda takrorlanib turishi tan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |