25-chizma. Yalpi taklif egri chizig’i
YOtiq kesma milliy ishlab chiqarish potensial hajmi (chizmadagi Yt nuqta)dan ancha kam bo‘lgan ishlab chiqarishning real hajmi (chizmadagi Y nuqtaga qadar bo‘lgan hajm)ni o‘z ichiga oladi. YA’ni, bu oraliqda mamlakatdagi mavjud ko‘plab ishlab chiqarish quvvatlari, mashina, uskuna va ishchi kuchi ishlab chiqarishga jalb etilmaydi yoki ulardan to‘liq foydalanilmaydi. SHunga ko‘ra, mazkur resurslarning ishlab chiqarishga jalb etilishi narx darajasiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu oraliqda ishlab chiqarish real hajmi qisqarganda ham tovar va resurslar narxi eski darajada qoladi. SHunday qilib, yotiq kesmada narx darajasi o‘zgarmagan holda milliy ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyati mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |